Hamkorlik pedagogikasi texnologiyasi Reja: Hamkorlik pedagogikasi texnologiyasi 2. Hamkorlikda o'qitish texnologiyasining afzalliklari va istiqbollari. 3. Hamkorlikda o'qitish texnologiyalari 4. Kichik guruhlarda hamkorlikda o'qitish O'qituvchi bilan ta'lim oluvchi hamkorligini tashkil etish muammosi barcha davrlarda ham o'ta dolzarb masalalardan bo'lib, mazkur hamkorlikning nazariy asoslari pedagogik sinergetika doirasida tadqiq etilmoqda. Pedagogik sinergetika, yani o'qituvchi~o'quvchi hamkorligi masalasi, ayniqsa, o'rta umumta'limning boshlang'ich jarayonida muhim ahamiyatga ega. Bu ta'lim beruvchi uchun ham, ta'lim oluvchi uchun ham o'z faoliyatini mustaqil tarzda tashkil etishga oid nazariy yondashuvlardan biri bo'lib, mazkur nazariya o'qituvchi~o'quvchi hamkorligini to'g'ri tashkil etish hodisasi bilan bog'liq bo'lgan yangi dunyoqarashdir. Sinergetika (yunon. sunergeia−hamkorlik, hamjihatlik) −tizimlarning o'z-o'zini mustaqil tarzda tashkil etish nazariyasi, o'z-o'zini boshqarish, nomuntazam hodisalarni o'rganish, dunyoviy hodisalarni yangicha izohlash, tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy murakkab tizimli jarayonlarning tabiatini bilishga qaratilgan ilmiy yo'nalish, tafakkur usulidir. Sinergetika fanlarning asosiy metodologik ilmiy yo'nalishi sifatida XX asrning 60-70-yillarida shakllangan. Pedagogik sinergetikani esa XXI asrda paydo bo'lgan ta'lim-tarbiya jarayoni subyektlari hamkorligini anglashga ko'maklashadigan yangicha nazariy-amaliy yondashuv sifatida talqin etish o'rinlidir. Malumki, XX asrning oxiri XXI asrning boshlariga kelib, ta'lim jarayoni subyektlari faoliyatiga nisbatan yangicha yondashuvlar vujudga keldi. Bu yondashuvlarning mushtarak ahamiyati shundaki, shaxslararo munosabatlar o'zaro hamkorlik jarayonida yangi sifat ko'rsatkichlariga ega bo'ladi va kutilgan natijani beradi. Pedagogik hamkorlik ta'lim jarayoni subyektlari faoliyatida yangicha sifat o'zgarishlarining shakllanishi va namoyon bo'lishiga ko'maklashadi. Pedagogik hamkorlikning muhim jihati shundaki, u ta'lim jarayoni subyektlari faoliyatini muayyan tarzda uyg'unlashtirishga xizmat qiladi. O'rta Osiyo mutafakkirlari al-Buxoriy, at-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, al-Forobiy, ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy kabilarning ilmiy-nazariy merosida o'qituvchilar va ta'lim oluvchilar orasidagi hamkorlik, do'stona munosabat masalasiga ham alohida etibor qaratilgan va ijtimoiy hamkorlik muammosining ijtimoiy-psixologik jihatlari hamkorlikdagi faoliyat ko'rinishi tarzida bayon etilgan va ilmiy jihatdan malum darajada asoslangan. Bu boradagi izlanishlarning ayrimlarida hamkorlikdagi faoliyatni ishlab chiqarish jarayonining ijtimoiy psixologik jihati nuqtai nazaridan o'rganish, yani jamoadagi ijtimoiy-psixologik muammolarni tadqiq etishga urg'u berilgan. Demakki, biz tadqiq uchun tanlagan muammoning ayrim qirralar sharqning qomusiy olimlari nazaridan ham chetda qolmagan. Pedagogik hamkorlik masalasining samaradorlik jihatini ajdodlar tajribasi ham kafolatlaydi, desak mubolag'a bo'lmas. Tom manoda, pedagogik hamkorlik masalasi uzoq yillardan buyon dunyo didaktlari va pedagoglarini qiziqtirib kelgan. Jumladan, rus olimi V.M.Myasishevning qarashlarida, shaxs - o'zaro hamkorlik va boshqalar bilan munosabatning mahsuli sifatida namoyon bo'lishi takidlangan. O'tgan XX asrning 80-90-yillarida ijtimoiy-psixologiya, mehnat va boshqaruv psixologiyasi sohalarida hamkorlik faoliyatini amalga oshiradigan guruhli faoliyat muammosini o'rganishga qiziqish birmuncha o'sdi. Xuddi shu sababli ham rus olimi B.F. Lomov individual faoliyat o'z-o'zidan bo'lmaydi, balki jamiyat faoliyati bilan uyg'unlashgan holda namoyon bo'ladi, deb takidlagan edi. Rus pedagogi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.16 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.16 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:01 ]
Arxiv ichida: doc