Mavzu : Hamkorlik pedagogikasining konseptual g'oyalari Hamkorlikda o'qitish g'oyasi turli mamlakatlardagi, jumladan, Amerikadagi J.Xopkins universiteti professori - R.Slavin (1990), Minnesot universiteti professori - R.Jonson, D.Jonson (1987), Koliforniya universiteti professori - SH.Sharon (1988), tomonidan ishlab ishlab chiqilgan. Hamkorlikda o'qitish g'oyasi didaktikada 1970 yillarda paydo bo'lgan. Hamkorlikda o'qitish texnologiyasi Buyuk Britaniya, Kanada, Germaniya, Avstraliya, Niderlandiya, Yaponiya, Isroil mamlakatlari ta'lim muassasalarida keng qo'llanila boshlagan. Shaxs - insonning ruhiy, ma'naviy mohiyati bo'lib, unda quyidagi sifatlar umumlashgan tizim holatida bo'ladi: Ijtimoiy ahamiyatga molik xususiyatlar majmuasi; Atrof-muhitga, o'ziga va dunyoga bo'lgan munosabatlar tizimi; hayot davomida turli ijtimoiy vazifalarni bajarishi orqali vujudga keladigan faoliyat tizimi, xulq-atvor majmuasi; Dunyoni va unda uzining o'rnini anglash; ehtiyojlar tizimi; Qobiliyat va ijodiy imkoiiyatlar majmuasi; Tashqi muhit ta'sirlariga javob berish reaksiyasi va x.k. Bilim - atrof-muhitli o'rganish jarayonida tekshirilgan nazariy va amaliy faoliyatning natijasi bo'lib, uning inson miyasida to'g'ri aks ettirilishi sanaladi. Bilim - atrof-muhitli o'rganish jarayonida tekshirilgan nazariy va amaliy faoliyatning natijasi bo'lib, uning inson miyasida to'g'ri aks ettirilishi sanaladi. Ta'lim tizimi bilim, ko'nikma va malakalarning individual tarzda, xar bir shaxsda aks etishni ta'minlashi lozim. Hamkorlikda o'qitish texnologiyasida talabalarni hamkorlikda o'qitishni tashkil etishning bir necha metodlari mavjud: Kichik guruhlarda hamkorlikda o'qitish (R.Slavin, 1986). Bu yondashuvda kichik guruhlar 4 ta talabadan tashkil topadi. O'qituvchi avval mavzuni tushuntiradi, so'ngra talabalarning mustaqil ishlari tashkil etiladi. Talabalarga berilgan o'quv topshiriqlari 4 qismga ajratilib, har bir talaba topshiriqning ma'lum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har bir talaba o'zi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, o'rtoqlarini o'qitadi, so'ngra guruh a'zolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi. «O'ylang-juftlikda ishlang-fikr almashing» «O'ylang-Juftlikda ishlang-fikr almashing» texnikasidan foydalangan holda guruhlarda ishni tashkil etish jarayonining tuzilishi 1.O'qituvchi savol va topshiriq beradi: oldin o'ylab chiqish, so'ng qisqa javoblar yozish tartibida. 2.Talabalar juftliklarga bo'linib, biri biri bilan fikr almashadilar va ikkala javobni mujassam etgan umumiy javobni ishlab chiqishga harakat qiladi. 3.O'qituvchi bir necha juftliklarga o'ttiz sekund davomida auditoriyaga o'z ishining qisqa yakunini ifodalab berishni taklif qiladi. Quyidagi o'quv topshiriqlarini bajarish uchun 3 guruhga bo'lining. Mustaqil xohlagan shaklda «hamkorlikdagi o'qish», «o'zaro o'qish», «birgalikda o'qish» tushunchalariga, sizning fikringiz bo'yicha, munosib tavsif va belgilarni yozing. Guruhda birgalikda yozilganni muxokama qiling va ushbu tushunchalarni birga taqqoslab tahlil qilishga harakat qiling (grafik tashkil etuvchilaridan foydalani-shingiz mumkin). «Veer» texnologiyasi. Bu texnologiya murakkab, ko'ptarmoqli, mumkin qadar, muammo xarakteridagi mavzularni o'rganishga qaratilgan. Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo'yicha bir yo'la axborot beriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
151.05 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:01
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
151.05 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:01 ]
Arxiv ichida: pptx