Mavzu: Hamkorlikda o'qitish texnologiyalari Reja: 1. Hamkorlikda o'qitish texnologiyalari. 2. Komandada o'qitish, kichik guruhlar, zigzag (yoki arra) metodlari. 3. Birgalikda o'qiymiz va kichik guruhlarda ijodiy izlanish metodlari. Hamkorlikda o'qitish g'oyasi turli mamlakatlardagi, jumladan, Amerikadagi J. Xopkins universiteti professori -R.Slavin(1990), Minnesot universiteti professorlari -R.Jonson, D.Jonson(1987), Kaliforniya universiteti professori -J.Aronson(1978), Isroildagi Tel-Aviv universiteti professori -SH.SHaran(1988) tomonidan ishlab chiqilgan. Amerika olimlari tomonidan ishlab chiqilgan hamkorlikda o'qitish, asosan o'quvchilarda DTS va fan dasturida qayd etilgan bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish, Isroil va Yevropaolimlari tomonidan tavsiya etilgan hamkorlikda o'qitish, yuqorida qayd etilganidek, ko'proq o'quvchilar tomonidan o'quv materialini qayta ishlash, loyihalash faoliyatini rivojlantirish, o'quv bahsi va munozaralar o'tkazishni nazarda tutadi. Hamkorlikda o'qitish g'oyasi didaktikada 1970 yillarda paydo bo'lgan. Hamkorlikda o'qitish texnologiyasi Buyuk Britaniya, Kanada, GFR, Avstraliya, Niderlandiya, Yaponiya, Isroil mamlakatlari ta'lim muassasalarida keng qo'llanila boshlangan. Hamkorlikda o'qitishning asosiy g'oyasi -o'quv topshiriqlarini nafaqat birgalikda bajarish, balki hamkorlikda o'qish o'rganishdir. Hamkorlikda o'qitish o'quvchida quyidagilarni shakllantirishni ko'zda tutadi : 1. Har bir o'quvchini kundalik qizg'in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o'rgatish; 2. SHaxs sifatida onglilik, mustaqillikni tarbiyalash; 3. Har bir o'quvchida shaxsiy qadr-qimmat tuyg'usini vujudga keltirish; 4. O'z kuchi va qobiliyatiga bo'lgan ishonchini mustahkamlash; 5. Tahsil olishda mas'uliyat hissini shakllantirish. Hamkorlikda o'qitish texnologiyasi har bir o'quvchining tahsil olishdagi muvaffaqiyati guruh muvaffaqiyatiga olib kelishini anglagan holda muntazam va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, o'quv topshiriqlarini to'liq va sifatli bajarishga, o'quv materialini puxta o'zlashtirishga, o'rtoqlariga hamkor bo'lib, o'zaro yordam uyushtirishga zamin tayyorlaydi. Hamkorlikda o'qitish texnologiyasida o'quvchilarni hamkorlikda o'qitishni tashkil etishning bir necha metodlari mavjud: 1. Komandada o'qitish(R.Slavin). 2. Kichik guruhlarda hamkorlikda o'qitish(R.Slavin, 1986). 3.Hamkorlikda o'qitishning zigzag yoki arra metodi(E.Aronson, 1978). 4.Hamkorlikda o'qitishning Birgalikda o'qiymiz metodi(Minnesot universiteti professorlari -R.Jonson, D.Jonson,1987). 5.Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodi(Isroildagi Tel-Aviv universiteti professori -SH.SHaran(1988) tomonidan ishlab chiqilgan.) Komandada o'qitish(R.Slavin) Komandada o'qitishda o'quvchilar teng sonli ikki komandaga ajratiladi. Har ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradi. Komanda a'zolari o'quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir o'quvchi mavzuda ko'zda tutilgan bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishiga e'tibor qaratadi. R.Slavinning ta'kidlashicha, o'quvchilarga topshiriqlarni hamkorlikda bajarish uchun ko'rsatma berilishi yetarli emas. O'quvchilar o'rtasida tom ma'nodagi hamkorlik, har bir o'quvchining qo'lga kiritgan muvaffaqiyatidan quvonish, bir-biriga sidqidildan yordam berish hissi, qulay ijtimoiy-psixologik muhit vujudga kelishi zarur. Mazkur texnologiyada o'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirish sifatini aniqlashda ularni bir biri bilan emas, balki har bir o'quvchining kundalik natijasi avval qo'lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi. SHundagina o'quvchilar o'zining dars davomida erishgan natijasi komandaga foyda keltirishini anglagan holda mas'uliyatni his qilib, ko'proq izlanishga, bilim, ko'nikma va malakalarni puxta ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
139.26 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:01
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
139.26 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:01 ]
Arxiv ichida: ppt