Hamkorlikda ta'lim olish metodi haqida

Hamkorlikda ta'lim olish metodi haqida

O'quvchilarga / Pedagogika
Hamkorlikda ta'lim olish metodi haqida - rasmi

Material tavsifi

hamkorlikda ta'lim olish metodi haqida Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta'limga joriy qilishda asosiy metodlaridan biri hamkorlikda ta'lim olishdir. Hamkorlikda ta'lim olish texnologiyasidagi asosiy g'oya turli o'quv holatlarida o'quvchi va talabalarning hamkorlikdagi (birgalikdagi) faol o'quv faoliyati uchun sharoit yaratishdan iboratdir. O'quvchi va talabalarning qobiliyati turlicha bo'lib, bazilari o'qituvchining aytganlarini tez tushunishadi va ular muloqot qilish ko'nikmalarini ham tez egallashadi. Bazi o'quvchi va talabalarda bu jarayon qiyinchilik bilan kechadi, yani buning uchun nafaqat ko'proq vaqt, balki o'quv materiali mazmunini manosini to'liq tushunib etishlari uchun qo'shimcha misollar, mashqlar yoki tushuntirishlar olib borilishi talab qilinadi. Bunday o'quvchi (talabalar) dars jarayonida barcha o'quvchilar oldida savol berishga, tushunmaganlarini oydinlashtirishga tortinishadi. Hattoki, bazi o'quvchilar tushunmaganliklarini tan olishmaydi yoki to'g'ri izohlay olishmaydi. O'quv faoliyatida o'rganilayotgan materialni o'quvchi (talaba)larning tushunishi ta'limdagi eng muhim psixologik jarayon hisoblanadi. Bizning izlanishlarimizda eksperimental psixologiya (pedagogik texnologiya asoslanadigan) va an'anaviy metodika (didaktika asoslanadigan) bir-birini boyitishi va shu bilan yangi pedagogik texnologiyalarning yaratilishiga olib kelish kuzatilmoqda. Endi pedagogik texnologiyalarning tamoyillari(kafolatlangan yakuniy natija, ta'lim samaradorligi, qaytuvchan aloqalarning mavjudligi, ta'lim maqsadlarining aniq shakllanganligi)ga asoslanib, ta'lim jarayonida turli holatlar(situatsiyalar)da o'quvchi(talaba)larning hamkorlikda ta'lim olishlarini tashkil qilish metodlari haqida fikr yuritamiz. Sinf-dars sistemasida (hozircha bu sistema saqlanayapti) hamkorlikda ta'lim olish muammoni yechishga maksimal sharoit yaratish yo'llarini izlash lozim. Bunday sharoitni sinf dars jarayonida texnika vositalari, tarqatma materiallar, ko'rgazmalilik vositalari yordamida yaratish mumkinligi A.Lure, Ye.S.Polat kabi olimlarning ilmiy metodik ishlarida aytilgan fikrlar asosida tashkil etish mumkin Dunyodagi ko'p davlatlar ta'limida shaxsga yo'naltirilgan muammolarni yechishning turli yo'llari malum. Bu muammolarning yechimlari tahliliga qisqacha to'xtaymiz. Bizning vazifamiz sharoitimizni hisobga oluvchi darslarda bu yondashuvning amalga oshirilishi mumkin bo'lgan holatlarni ko'rsatishdir. Hozirgi vaqtda pedagogika va psixologiya o'quv qo'llanmalarida ta'limning ijtimoiy yo'nalishida 3ta didaktik sistema kiritilgan. Bular ochiq maktablar, individual ta'lim usuli va hamkorlikda ta'lim olishdir. Avstraliya, AQSH, Angliyada individual reja bilan o'qish tajribasi keng yoyilgan. Bu individual uslubda o'qitishga mos keladi. AQSHda hozir ham ochiq maktablar ko'p. Ko'pchilik bunday maktablar ta'limning boshlang'ich bosqichlariga to'g'ri keladi. Bunday maktablarda individual reja bilan o'qitishadi. Individual reja o'qituvchi rahbarligida tuziladi, keyingi bosqichlarda esa bu rejani o'quvchining o'zi o'ziga mos holda tuza boshlaydi. Bunday rejalar kunlik, haftalik, oylik shaklda tuziladi va h.k. Lekin bunday ta'limni ommaviy qo'llash kerak emas. Ommaviy maktablar uchun hamkorlikdagi ta'lim olish tajribasining ahamiyati katta. Hamkorlikda ta'lim olish texnologiyasida ommaviy maktablarda sinf-dars sistemasi mos keladi. ta'lim mazmuni bunda o'zgarmaydi. Natijani oldindan aytish (tashxis)ga imkoniyat yaratiladi. Natijani olish har bir o'quvchining bilim olishini faollashtirish uchun etarli sharoitlar yaratuvchi texnologiyalar topiladi. Olingan bilimlarni chuqurlashtirish, malum darajada amaliy ko'nikma hamda malaka ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.82 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.82 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga