Harakat - tayanch a'zolari jarohatlangan bolalar va ular bilan olib boriladigan korreksion ishlar

Harakat - tayanch a'zolari jarohatlangan bolalar va ular bilan olib boriladigan korreksion ishlar

O'quvchilarga / Pedagogika
Harakat - tayanch a'zolari jarohatlangan bolalar va ular bilan olib boriladigan korreksion ishlar - rasmi

Material tavsifi

harakat - tayanch a'zolari jarohatlangan bolalar va ular bilan olib boriladigan korreksion ishlar Reja: Harakat - tayanch a'zolari buzilgan bolalarning boshqa toifadagi anomal bolalardan farqi. Ushbu bolalardagi nuqsonning kelib chiqish sabablari. Bolalar tserebral falajligi. Harakat - tayanch a'zolari jarohatlangan bolalar bilan kompleks yondashgan holda olib boriladigan korreksion ishlar. Harakat - tayanch a'zolari jarohatlangan bolalar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiya ishlari. Harakat - tayanch a'zolari jarohatlangan bolalar anomal bolalar toifasidan biri sifatida. Bolaning harakat - tayanch a'zolari jarohatlanishining sabablari. Harakat - tayanch a'zolari jarohatlangan bolalar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiya ishlarining o'ziga xosligi. Harakat - tayanch a'zolari jarohatlangan bolalar uchun defferentsial va integratsiyalashgan ta'limni tashkil etish. Har qanday ota - ona o'z oilasida sog'lom farzandni, jismonan baquvat, ruhiy tetik, fikrlash qobiliyati sog'lom, iymon - e'tiqodi butun, bilimli, ma'naviyati yuksak, mard va jasur, har tomonlama kamol topishini istaydi. Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq Respuplikamizda sog'lom avlodni tarbiyalashga katta etibor berilmoqda. Barkamol avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilib, bu masalaga ustuvor vazifa deb qaralmoqda. Mustaqil vatanimizning birinchi ordeni Sog'lom avlod uchun deb atalgan, Sog'lom avlod uchun xalqaro xayriya jamg'armasining tuzilganligi. 200 yilni Sog'lom avlod yili, 2001 yilni Ona va bola yili deb elon qilinganligi fikrimizning dalilidir. Prezidentimiz tomonidan Sog'dom avlod rukunidagi, maxsus yordamga muhtoj bo'lgan bolalarni sog'lomlashtirish, ularni sog'lom kishilar qatoriga qo'shish, ijtimoiy moddiy jihatdan himoyalash, mehnatga, ijtimoiy hayotga moslashtirish masalalariga doir qator qarorlar, hujjatlar chiqarilmoqda, qabul qilinmoqda. Respublikamizda so'ngi paytlarda bolalarning sog'lom tug'ilishini ta'minlash, anomaliyalarni oldini olish hamda jismoniy yoki ruhiy rivojlanishda kamchiliklari bo'lgan bolalarni ertaroq aniqlash chora - tadbirlari ustida talaygina ishlar amalga oshirilmoqda. Bu masalani tez va samarali hal bo'lishini ta'minlash maqsadida onaning homiladorlik davridan boshlab, to bola voyaga etgunga qadar uning rivojlanishi tibbiyot xodimlari, o'qituvchi va tarbiyachilar, psixolog, defektologlar tomonidan nazorat qilinib, Sog'lom avlod dasturini to'g'ri amalga oshirilishini ta'minlash chora - tadbirlari ishlab chiqilmoqda, tashkil etilmoqda. Natijada, harakat - tayanch a'zolari jarohatlangan bolalar ham aniqlanib, ularga maxsus yordam ko'rsatilmoqda. Harakat - tayanch a'zolari jarohatlangan bolalarning ko'pchiligiga nogironlar aravachalari olib berilganligi sababli, ular bog'cha va maktablarga qatnay boshladilar. Harakat - tayanch a'zolari jarohatlangan bolalar tserebral falaji, poliomielit (shol kasalligi asorati), harakat tayanch a'zolarining turli tug'ma va ottirilgan deformatsiyasi - artrogripos, oyoq qo'llarning majruxligi axondroplaziya yoki xondrodistrofiya - tana, bo'yin, boshning normal rivojlanayotgan bir paytda tug'ma oyoq - qo'l suyaklari o'sishining orqada qolishi, miyopatiya - mushak to'qimalarida modda almashinuvi bilan bog'liq bo'lgan irsiy kasallikda mushaklar yaxshi qisqarmaydi, kishi qo'l - oyoqni harakatga keltira olmaydi. Harakat - tayanch a'zolari jarohatlangan bolalarning ko'pchiligida miya falaji kuzatiladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.75 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.75 KB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga