Harakatli o'yin haqida asosiy tushuncha

Harakatli o'yin haqida asosiy tushuncha

O'quvchilarga / Pedagogika
Harakatli o'yin haqida asosiy tushuncha - rasmi

Material tavsifi

Harakatli o'yin haqida asosiy tushuncha. O'yin - tarixiy tashkil topgan ijtimoiy voqa, mustaqil faoliyat turi, kishiga xosdir. O'yin faoliyati juda ham turli-tumandir: o'yinchoqlar bilan o'ynaladigan bolalar o'yinlari, stol o'yini, doira bo'lib o'ynaladigan o'yin, harakatli o'yinlar, sport o'yinlari. O'yin o'zi-o'zini bilish vositasi, o'yin-kulgi, dam olish, jismoniy va umumiy ijtimoiy tarbiya vositasi, sport vositasi bo'lishi mumkin. O'yin madaniyati elementi sifatida jamiyatni barcha madaniyati va kishilarning har xil ehtiyojlari bilan rivojlanadi: o'yin-kulgi, dam olishda, ma'naviy, aqliy va jismoniy kuchni rivojlanishida katta o'rin egallaydi. O'yin faoliyati- nafaqat madaniyatni bir elementi hisoblanadi, balki u bolalar va o'smirlarni tarbiyalashda ham foydali vosita hisoblanadi. U hardoim maqsadga yo'naltirilgan va turli-tuman maqsadli yo'l-yo'riq hamda asoslangan harakat bilan o'ziga xos xususiyatni ko'rsatib turadi. O'yin faoliyati ko'proq mehnat bilan umumiylikka ega, ayniqsa bolalik davrida. Biroq o'yin jarayonida hayotiy ehtiyojlarni qondirish uchun kishi moddiy boylikni yarataolmaydi. O'yin-juda ham quvnoq jo'shqin faoliyatidir, shuning uchun u yoshlar va bolalar bilan tarbiyaviy ish olib borishda katta boylik kasb etadi. O'yinni turli-tumanligi katta-kichiklar orasida ayniqsa o'smirlar va bolalar o'rtasida eng keng tarqalgani bu harakatli o'yinlardir. Ular esa ushbu o'quv qo'llanma fani hisoblanadi. Harakatli o'yinlarni o'ziga xos fazilati o'yinni mazmuni harakatni rolini yorqin ifoda qilish hisoblanadi (yugurish, sakrashlar, uloqtirish, otish, to'pni uzatish va ilib olish, qarshilik ko'rsatish va b.q). Bu harakatlantiruvchi harakatlanish uni mazmunini asoslab beradi (mavzu, g'oyasi). U o'yinda qo'yilgan maqsadga erishish yo'lida, turli-tuman qiyinchiliklarni, to'siqlarni engib o'tishiga yo'naltiriladi. Harakatli o'yinlarni orasida xaqiqatdan ham (elementar) harakatli o'yinlar va sport o'yinlari bilan farq qiladi. Xaqiqatan ham (elementar) harakatli o'yinlar o'ynovchilarning o'zlarini ixtiyoriy ravishda o'rnatilgan, maqsadga shartli ravishda erishishga yo'naltirilgan, o'zida ongli ravishda tashabbuskorlik faoliyatini mujassamlashtirgan bo'ladi. O'ynovchilarning maqsadga erishishda faol harakatlantiruvchi harakat talab qiladi, uni bajarishi o'ynovchilarni o'zlarining ijod qilishiga va tashabbuskorligiga bog'liqdir (nishonga tezda yugurib borish, nishonga tez otish, Raqibiga tez va epchillik bilan etib olish yoki undan qochib ketish va x.k). Harakatlantiruvchi harakatli o'yin qoidalari bilan belgilanadi, uni bajarilishini o'yinchilardan tashabbuskorlik xulqini o'rnatilgan qoidalar chegarasida mos kelishini talab qiladi. O'yin qoidasi maqsadga erishish yo'lida o'yindagi qiyinchiliklarni va to'siqlarni xarakterini aniqlaydi. Qoidani soni va murakkabligi jihatdan o'yinni o'zining murakkabligiga bog'liqdir. Xaqiqatdan ham harakatli o'yinlar o'yin qatnashchilaridan maxsus tayyorgarlikni talab qilmaydi. Shuning uchun o'yin qoidasi o'yin qatnashchilarini va rahbarlarni (o'qituvchilar) o'zlari o'tkazilayotgan o'yinni sharoitiga qarab uni o'zgartirib boradilar. Chunki unda o'ynovchilarni aniq belgilangan soni, maydonni aniq katta kichikligi yo'q, shuningdek asbob-anjomlar ham o'zgartirib turiladi (bulava yoki kegli, voleybol yoki oddiy to'p, kichik koptoklar yoki qum solingan xaltachalar, gimnastika yoki oddiy tayoqchalar va x.k). Sport o'yinlari - ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.92 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.92 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga