Harakatli o'yinlar bolalarda jismoniy madaniyatni tarbiyalshning asosiy metodi va vositasi sifatida

Harakatli o'yinlar bolalarda jismoniy madaniyatni tarbiyalshning asosiy metodi va vositasi sifatida

O'quvchilarga / Pedagogika
Harakatli o'yinlar bolalarda jismoniy madaniyatni tarbiyalshning asosiy metodi va vositasi sifatida - rasmi

Material tavsifi

Harakatli o'yinlar bolalarda jismoniy madaniyatni tarbiyalshning asosiy metodi va vositasi sifatida Reja: 1.Harakatli o'yinlar haqida tushuncha uning o'ziga xosligi. 2.Harakatli o'yinlarning bolalarni tarbiyalashdagi ahamiyati va harakatli o'yin jismoniy tarbiyaning metodi hamda vositasi sifatida. 3.Harakatli o'yinlarning yaratilish nazariyasi. Harakatli o'yinlar jismoniy tarbiyaning eng ta'sirchan usullaridan bo'lib, o'quvchilarda aqliy, axloqiy va nafosat tarbiyasini birgalikda muvaffaqiyatli amalga oshirishda muhim vositadir. Shuning uchun bolalar o'yinlarining ruhi, tabiati, saviyasi, ishtirokchilarning xatti-harakatlari kabi jihatlariga ham e'tibor berish zarur. Harakatli o'yinlar o'quv-trenirovka mashg'ulotlarida yordamchi vosita sifatida qo'llaniladi. Chunki o'yin shug'ullanuvchilarda qiziqishni oshiradi, ularga zavq bag'ishlaydi, ish qobiliyatini tezroq tiklanishini ta'minlaydi. O'yin tufayli charchashni unutadilar, trenirovka mashg'ulotlarini diqqat bilan bajaradilar (A.Sh.Qosimov). Hamma o'yinlar shug'ullanuvchilar organizmiga kompleks ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun ham o'yinlarga umumiy jismoniy ta'sir ko'rsatuvchi mashq sifatida rivojlantiruvchi vosita bo'lib hisoblanadi. XIX asrda V.G.Belinskiy, N.G.Chernishevskiy, N.A.Dobrolyubov va D.N.Pisarevlar Rossiyada o'quv-tarbiya ishlarida, jumladan, jismoniy tarbiyada harakatli o'yinlardan keng ko'lamda foydalanish lozimligini aytganlar. Ular harakatli o'yinlarga xalqning sog'lig'ini mustahkamlash va har tomonlama tarbiyalash vositasi sifatida qaraganlar. G.V.Plexanov jamiyatning tarixiy rivojlanish jarayonida mehnat o'yindan yuqori tursa ham, lekin bola hayotida o'yin faoliyati mehnatdan oldin ekanligini birinchi bo'lib isbotlab bergan edi. P.F.Lesgaft o'zining jismoniy mashqlar sistemasida o'yinlarni jismoniy tarbiya vositasi sifatida ifodalaydi. U o'yin yordamida hayotga tayyorlanishini aytadi. P.F.Lesgaftning harakatli o'yinlarni yotkazish uchun qo'ygan talablari hozirgi paytgacha o'z qimmatini yo'qotgani yo'q; chunonchi, u har bir o'yin oldiga aniq maqsadlar qo'yishi, o'tkazilayotgan o'yinlar qatnashuvchilarning kuch va qobiliyatlariga mos kelishi, o'yin shug'ullanuvchilarga ijobiy emosional ta'sir ko'rsatishi lozimligini, o'yinlarni sistemali tarzda va muntazam ravishda o'tkazish, qatnashuvchilarning aktivligi va mustaqilligini oshirishga harakat qilish zarurligini o'qtirgan edi. N.K.Krupskaya o'yinlar bola hayotida katta rol o'ynashini ta'kidlab, shunday degan edi: «Bolalar faqat to'qish mobaynida o'sib qolmay, balki o'yin jarayonida ham o'rganadilar, ular uyushishni o'rganadilar, hayotni tushunishni o'rganadilar». N.K.Krupskayaning fikricha, ishni shunday tashkil qilish kerakki, o'yinlar yosh avlodni tarbiyalashga yordam bersin. O'yinlar har xil bo'ladi. Ba'zi o'yinlar borki, ular bolalarda qo'pollikni, maqtanchoqlikni, kekkayishni va boshqalarni o'stiradi. Shunday o'yinlar borki, ular o'z o'rtog'iga yordam berish, chidamli bo'lish kabi fazilatlarni tarbiyalaydi. A.S.Makarenko o'yinlar bolalar va yoshlarni mehnatga tayyorlaydi, deb hisoblardi. Uning fikricha, kattalar hayotida mehnat qanday ijobiy rol o'ynasa, bolalar hayotida ham o'yin shunday katta ahamiyatga ega. A.S.Makarenko maxsus ish harakatlariga o'xshash harakatlarni talab etuvchi o'yinlarni birinchi o'ringa qo'yar edi. Harakatli o'yinlar, estafeta o'yinlari maktab sport seksiyasida yetakchi o'rin olishi kerak. Harakatli o'yinlar basketbol, voleybol, futbol, qo'l to'pi va boshqa seksiyalarda ko'proq qo'llanadi. Shuningdek, gimnastika, yengil atletika va suzish seksiyalarida ham harakatli o'yinlardan foydalaniladi. Seksiyalarda har xil o'yinlardan muntazam ravishda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 490.76 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:01 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 490.76 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga