MUNDARIJA KIRISH3-7 I BOB. HARAKATLI O'YINLAR VOSITASIDA O'QUVCHILARNING JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI……8-37 Harakatli o'yinlarning umumiy tavsifi, xilma-xilligi va ularning o'quv jarayonida qo'llanilishi…….8-18 Harakatli o'yinlar - o'quvchilarning jismoniy sifatlarni rivojlantirish vositasi sifatida…….18-28 Jismoniy tarbiya darslarida milliy harakatli o'yinlardan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari……28-37 II BOB. HARAKATLI O'YINLAR VOSITASIDA O'QUVCHILARNING JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK SHART-SHAROITLARI……38-58 2.1. Harakatli o'yinlar vositasida o'quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish jarayonining mazmuni……38-49 2.2. O'quvchilarni harakatli o'yinlar orqali jismoniy sifatlarini rivojlantirishda didaktik prinsiplar, metodlar va vositalarga tayanish……49-58 XULOSA…….59-61 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI……62-64 KIRISH Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi. O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportning rivojlantirilishiga katta e'tibor qaratilmoqda. So'nggi yillarda Respublikamizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga doir bir qator me'yoriy hujjatlar qabul qilindi. Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganidek: «Sog'lom avlodni tarbiyalash buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asosini qurish deganidir. Shu jihatdan olganda, mamlakatimizda sog'lom avlod dasturi harakatining keng tus olgani, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida ta'lim-tarbiya tizimining tubdan isloh etilayotgani ham ana shu ulug'vor vazifani amalga oshirish yo'lidagi muhim qadamdir. Huquqiy demokratik davlatimiz, ochiq fuqarolik jamiyatining eng ustuvor yo'nalishlaridan biri sanalmish ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi- bu jarayonning sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar majmuasidan iborat. Shu boisdan, mamlakatimiz mustaqilligidan so'ng yosh avlodning tarbiyasiga, sog'ligiga alohida e'tibor qaratila boshlandi. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan chiqarilgan «Mamlakatimizda sportni rivojlantirish to'g'risida»gi Farmoni,O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi hamda Davlat jismoniy tarbiya va sport qo'mitasining «O'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish va foydali mashg'ulotlar bilan ta'minlash to'g'risidagi (199 yil 21 sentyabr, 277q201q693 sonli) bo'yrug'i kabi me'yoriy hujjatlarda yoshlarning jismoniy kamoloti masalasiga alohida e'tibor qaratilgan. Jismoniy tarbiya yosh avlodni taraqqiy ettirishda muhim vosita hisoblanadi. Tana a'zolarining mo'tadil faoliyati uchun harakat juda zaruriydir. Buyuk hakim, mutafakkir Abu Ali ibn Sino: «Badantarbiya-sog'liqni saqlashda ulug'vor usuldir», -deydiki, bu fikr xalq pedagogikasidagi: «Kimki qilsa harakat- sog'ligida bo'lar barakat» degan naqlni eslatadi. Jismoniy tarbiyaga e'tiborni kuchayganligini umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilari o'rtasida «Umid nihollari», kollej va akademik litsey tinglovchilari ishtirokida «Barkamol avlod», oliygoh talabalari o'rtasida «Universiada» sport musobaqalarining tashkil etilganligi va muntazam o'tkazilib kelinayotganligida, yoki sportning ko'plab turlari bo'yicha O'zbekistondan Olimpiada va jahon chempionlari etishib chiqib, mamlakatimiz dovrug'ini butun dunyoga tarannum etishida ham ko'rish mumkin. Bundan tashqari barcha maktablarda, mahallalarda ham turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda, ayrim oilaviy musobaqalar ham o'tkazish yo'lga qo'yilib borilmoqda. Jismoniy tarbiya - bu sof sport musobaqalaridan iborat bo'lgan soha emas. Bu tarbiya orqali bolalarda ko'plab axloqiy-irodaviy xislatlar tarkib toptiriladi. Mashqlarni bajarish davomida bolalarda iroda, tezlik, chaqqonlik, chidamlilik tarbiyalanadi, ularning sog'ligi mustahkamlanadi, ish ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
91.13 KB
Ko'rishlar soni
33 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
91.13 KB
Ko'rishlar soni
33 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:01 ]
Arxiv ichida: doc