harakatli o'yinlarning tasnifi Reja: Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun harakatli o'yinlarni tasnifi. Kichik yoshdagi o'smirlar uchun harakatli o'yinlarni tasnifi. O'smirlar uchun harakatli o'yinlarni tasnifi. O'spirin va qizlar uchun harakatli o'yinlarni tasnifi. Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun harakatli o'yinlarni tasnifi. 7-10 yoshli bolalar (1-4 sinf o'quvchilari) barcha tabiiy harakatlarni (yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish) xali mutlaqo egallashmaganlar, shuning uchun harakatli o'yinlar, tabiiy harakatlar bilan bog'liq bo'lib ularda katta o'rinni egallashi kerak. Shuni esda saqlash keraki, yani bu yoshda bilim va malakalarni egallash g'ayri ixtiyoriy darajada ko'proq samarali o'tadi (xususan o'yinda), ixtiyoriyga nisbatan. Bundan tashqari bu yoshdagi bolalarni anatomo-fiziologik, psixologik xususiyatlarini hisobga olish kerak. O'rab turgan turli-tuman muhitni, organizmga ta'sir etishgi va tez charchab qolishi ularda ko'proq ko'ngilchanlik bilan kuzatiladi. Bu shu bilan bog'liq bo'ladiki, bu yoshdagi bolalarda yurak, o'pka va tomirlar sistemasini rivojlanishi orqada qoladi, muskullari esa xali bo'sh, ayniqsa qorin pressi va orqa mushaklari. Shuningdek tayanch apparatini mustahkamligi yanada katta emas, shunday ekan, uni shikastlanish imkoniyati yuqori darajada bo'ladi (muskullarini bo'shligi, bo'g'inni cho'zilishini kuchayishi qaddi-qomatni buzilishi imkoniyatini oshiradi). Yugurish va sakrash bilan o'tkaziladigan harakatli o'yinlar vaqti bo'yicha qisqa bo'lishi kerak va dam olish tez-tez takrorlanish bilan birga o'tadi. Xudi shu vaqtda shu yoshdagi bolalar sakrash bilan o'ynaladigan o'yinlarni juda yoqtiradilar (Arg'amchida, do'ngdan-do'nga sakrash va b.q). Bu yoshdagi bolalar uchun ko'proq qulay o'yinlar chopib o'tish o'yinlari hisoblanadi masalan, Chaqqon bolalar, Bo'ri zovurda, Ikii sovuq, bu yerda bolalar qisqa chopib o'tishdan keyin dam olish imkoniyatiga ega bo'ladi, yoki o'ynovchilar harakatda navbati bilan qatnashadigan o'yinlar, masalan Xamma o'z bayroqchasiga, Uysiz quyon, Bo'sh o'rin. Bu yoshdagi bolalarda mushak va bo'g'inlarni yanada etarli darajada o'smaganligini, hisobga olib katta kuchli zo'riqish bilan o'ynaladigan o'yinlarni bermasligi kerak. Bolalarga bu davrda yani alohida haraktni ajratish va uning alohida parametrlarini aniq boshqarishi qiyin bo'ladi. Bolalar tez charchaydilar, xuddi shunday harakatga tayyorgarlik tezda tiklanadi. Xususan ularni harakatni bir xilligi charchatib qo'yadi. Kichik maktab yoshidagi bolalarni diqqati etarli darajada barqaror emas. Shuning uchun bola diqqatini bo'ladiki, yani bunday holatda unga ko'proq qiziqarsiz tuyiladi. Shu sababli bu harakatli o'yinlar ularda uzoq vaqt etiborni bir yerga to'plashni talab qilmaslik kerak. Aks holda bolalar qoidaga rioya qilishni to'xtatadilar, o'yinni borishi yoki o'ynalishi buziladi va ularda o'yinga bo'lgan qiziqish yo'qoladi. Bolalarda iroda va tormozlanish vazifasi bo'sh rivojlangan. Ularga o'yinni tushintirishni uzoq va diqqat bilan eshitish qiyin tez-tez o'yinni tushuntirishini oxirigacha eshitmasdan o'yinda u yoki bu rolni o'ynashda o'zlarini yordamini taklif qiladilar. Shu bilan bog'liq unga katta bo'lmagan miqdordagi o'yin qoidalari (2-3) bo'lgan o'yinlardan foydalaniladi. O'yin qoidasini ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.9 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.9 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:02 ]
Arxiv ichida: doc