Harakatni kelib chiqishi tarixi. Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda ibtidoiy ovchilar hayotida ovchilik o'yinlari muhim o'rin tutgan. Bazi manbalarda ular ovdan oldin o'tkazilishi yozilgan bo'lsa, boshqalarida ovdan so'nggi o'yinlar o'yinlar haqida fikrlar bayon etilgan. Agar bu ma'lumotlarni chuqurroq tahlil etadigan bo'lsak, unda ovchilik o'yinlari ovdan oldin ham, undan so'ng ham o'tkazilgan, deyish mumkin. Ovdan oldingi o'yinlar - avvalda mashq (ovga tayyorgarlikni tekshirish, ovga ruhiy va jismoniy tayyorgarlik) vazifasini o'tagan hamda jiddiy o'ziga xos kichik ibtidoiy odamlar o'ljani osongina qo'lga tushirish, unga yaqinlashishni o'rganishgan, buning uchun niqob kiyib, hayvon qiyofasiga tushishni, uning yurish-turishlari va tovush chiqarishlarini mashq qilishgan. Aynan ana shunday o'yinlar jarayonida yoshlarni ham ov qilishga o'rgatishgan. Shu boisdan ham u o'ziga xos maktab vazifasini o'tab, bir tomondan, ovchilar mahoratini o'stirishga yordam bergan bo'lsa, ikkinchi tomondan esa, ularda taqlid san'atini shakllantirgan va rivojlantirgan. Ovdan so'ngi o'yinlar ov muvoffaqiyatli tugagandangina uyushtirilgan deb tahlil qilish mumkin. Chunki obdon o'lja bilan qaytish, bu ziyofat, xursandchilik qilishga, butun jamoaning bayram qilishiga imkon yaratgan. O'rta Osiyo territoriyasida ibtidoiy odamlar hayotida ham ovchilik o'yinlari bo'lgan degan taxminiy isbotni biz paleolit davri Boysun tog'idagi Teshiktosh g'oridan bundan yuz ming burungi pespertol (o'rta paleolit) odam suyagini topilishi, Samarqandagi Omonko'ton qishlog'idagi gordan topilgan tosh qurollar. Surxandaryoning Zarko't kamarida olvon rangdagi suratlar. Xo'jakent qishlog'idagi toshlarga chizilgan kiyik va xo'kiz tasviri va boshqa ko'pgina arxeologik topilmalar va ulardagi tasviriy san'atga oid elementlar, bu raqs o'yinlarining, shu jumladan bolalar folklor o'yinlarining eng sodda shoxobchalarga ega ekanligidan dalolat beribgina qolmay, balki uning tug'ilishi bosqichlarini aniqlashga ham yordam beradi. Mazkur suratlarda ibtidoiy kishilarning qadimgi ovchiligi, hayvonat va tabiiy borliq bilan bog'liq rituallar aks etib, ov vaqtida janivorlar terisidan niqob qilib yurishlari, bir tomondan ov jarayonida yovvoyi hayvonlarni xurkitib yubormaslikni ko'zlasa, ikkinchi jihatdan, ularning tushuncha va e'tiqodlarini etnografik hamda urf-odatlari, qadriyatlarining ham ifoda etadi. Farg'onaning Saymalitosh tog'i g'orlariga chizilgan rasmlar (Eramizdan oldingi II-I asrlar) hayvon terisini yopinib, o'yinga tushayotgan ishkor marosimlaridan dalolat beradi. Hayvonlar to'dasiga yaqinlashish uchun ibtidoiy odam hayvon yoki qushlarga aynan taqlid qilish, buning uchun esa ularning o'ziga xos xususiyatlarini, yurish-turishlarini, o'tlashlarini, bir-birlari bilan olishishlarini, xurkib qochishlarini, hatto tovushlarini ham o'rganishga to'g'ri kelardi. Nixoyat, yovvoyi hayvonlarni ov lish shart-sharoiti odamning chaqqon va abjir, jasur va toliqmas bo'lishini, buning uchun doim tinimsiz shug'ullana borishini talab qilardi. Bularning xammasini o'z navbatida ibtidoiy odamda jismoniy - ritmik harakatning feli yoki tabiat hodisalariga taqmod qiluvchi pantomim harakat va o'yinlarning, qahramonlik raqslarining tug'ilishiga olib kelar edi. Tog' qoyalari va g'orlarda chizilgan suratlardagi o'yin tasviri mazmun-mano, va shakl-shamoyil jihatdan turlariga xarakterga ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.09 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.09 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:02 ]
Arxiv ichida: doc