Harbiy rahbarning uslubiy tayyorgarligining shakllanishi Har bir harbiy rahbar barcha chaqiriqqacha tayyorgarlik bo'limlari bo'yicha o'quv mashg'ulotlarni uslubiy to'g'ri olib borishni bilishga majbur. Uslubiy mahorat asosida ularning pedagogik va harbiy bilimlarini, yaxshi amaliy tayyorgarlik va o'quvchilar ta'lim-tarbiya tamoyillari, uslublari va uslubiy yo'llarini ijodiy tatbiq qilishga qobiliyat yotadi. Nazariy mashg'ulotlarda o'quvchilar mashqlar, usullar, harakatlar va normativlarni bajarish texnikasini o'rganish va mustahkamlash hamda jihozlangan maydonchalar va mashg'ulotlari joylari, asbob-uskunalari, shuningdek qurol, asbob, individual himoya, muhandislik qurollanish vositalari, sport - snaryad va jihozlaridan foydalanilgan hamda o'q otish va boshqa vazifalarni hal qilishga o'rganishlari kerak. Amaliy mashg'ulotlarni to'g'ri tashkil qilish va o'tkazish uchun harbiy rahbarning shaxsiy misoli, darsga munosabati va shug'ullanuvchilarga ta'siri katta ahamiyatga ega. Ijobiy shaxsiy misol rahbarning yuqori amaliy tayyorgarligi, mashg'ulot to'g'ri o'tkazish qobiliyati, mashqni chiroyli va to'g'ri ko'rsatish (usul, harakat), ularni qisqa va tushunarli qilib tushuntirish va shu bilan birga ta'lim oluvchilarni qiziqtira olish orqali ifodalanadi. Rahbar dars vaqtini tejamli ishlatish, uning natijali zichligiga rioya qilish hamda har bir mashg'ulot kerakli mashq, usul va harakatlarni to'g'ri tanlay olishni bilish, ularning bajarilishi tezligini aniqlash, yani boshqa so'zlar bilan aytganda, dars jarayonida dars hajmini to'g'ri qismlarga bo'lishni bila olishga majbur. Tajribali rahbar ta'limni murakkab bo'lmagan mashqlar bilan belgilar bo'yicha emas, balki butunligicha olib boradi va imkon boricha mashq qilishga darhol o'tadi. Barcha hollarda ta'limni batafsil tushuntirishlar va qayta ko'rsatib berishlarga ortiqcha bir daqiqani ham ishlatmasdan g'ayrat bilan, yaxshi tezlikda olib borish muhim. Amaliy mashg'ulotni aniq o'tkazish uchun rahbar o'quvchilarni qurol, jangovar texnika, qurol-aslahalar bilan o'rganishida havfsizlik choralariga rioya qilishga majbur, yordam va havfsizlikni amalga oshirishni bilishi, jarohat va baxtsiz hollar oldini olish choralarini qabul qilishi kerak. Rahbar darsga ongli, vijdonan yondashishi kerak. Darsni qiziqarli olib borishga ishonchli va aniq buyruqlar, ta'lim oluvchilarga do'stona murojaat qilish yordam beradi. Ortiqcha xovliqmalik, baqiroqlik va shug'ullanuvchilar bilan qo'pol munosabatda bo'lishga yo'l qo'ymaslik kerak. Rahbar nafaqat o'quvchilar eng muhim qobiliyat va ko'nikmalarini takomillashtirish haqida o'ylashi, balki ularni Harbiy qasamyod va Umumharbiy nizomlar talablari ruhida tarbiyalashi, barcha imkoniyatlarni ishga solib, yuqori intizomiylik va ishchanlikni oshirishga erishishi lozim. O'quv mashg'ulotlarini o'qishda rahbar saf nizomi talablarini buzishga yo'l qo'ymasligi, bunda asosiy etiborni amaliy harakatlarni to'g'ri bajarishga qaratish, turli shartliliklar va mashqlarni butun kuch bilan bajarmaslikni bartaraf etish lozim. Darsda yuqori tashkiliylikni ushlab turish uchun rahbarlarning o'zini tutishi katta ahamiyatga ega. Uning toza ko'rinishi, yaxshi qaddi rostligi, o'quvchilarga yuqori talabchanligi mashg'ulotlarni yanada muvaffaqiyatli o'tishiga yordam beradi. Intizomni mustahkamlash va o'quv mashg'ulotlariga o'quvchilarni qiziqtirish maqsadida rahbar eng harakatchan intizomli va epchil o'quvchilarni rag'batlantirishi, beparvolarni ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.68 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.68 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:02 ]
Arxiv ichida: doc