havaskorlik xori ishining tashkiliy asoslari havaskorlik xorining vazifalari. Reja: havaskorlik xorini tashkil qilish. Xonandalarning ovoz va musiqa qobiliyatlarini aniqlash. Xor rahbari-xor kollektivi ijodiy faoliyatining tashkilotchisi. havaskorlik san'ati quyidagi vazifalarni o'z ichiga oladi: Keng xalq ommasini g'oyaviy va estetik tarbiyalash Xor kollektivi va qatnashchilarining ma'naviy ehtiyojlarini va ularning madaniy, estetik saviyalarini oshirish Xor ishtirokchilariga musiqa ma'lumoti berish havaskor artistlarni badiiy ijro mahoratiga ega qilish, ularning kontsert ijrochilik faoliyatini tashkil qilish. Xar bir xor azosi kollektiv oldiga qo'yilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun aktiv bo'lishi kerak. havaskorlik xor kollektivi faqat dam olish, ko'ngil ochish maqsadlari uchun tuziladi, deb qarash aslo noto'g'ri. Bunday holda kollektivning tarbiya funksiyasi yo'qoladi, u kundalik ijtimoiy-siyosiy hayotdan chetda qoladi. Xor a'zolarining ma'naviy ehtiyojlarini qondirish havaskorlik xorlarining muhim vazifalaridan hisoblanadi. Malumki, kishilar havaskorlik xorlariga o'zlarining dam olish vaqtlarida, o'z xoxishlari bilan qatnashib, madaniy saviyalarini oshiradilar, qo'shiq aytish, musiqa tinglash va musiqa savodi kabi bilimlarga ega bo'ladilar. Bu esa ularning badiiy didlarini oshira boradi. Xavskorlik xorlarining yana bir muhim ahamiyati shundaki, ular keng kontsert chiqishlari, kontsert-leksiya, kontsert-suhbat, har xil uchrashuvlar bilan xalqimizda xalq qo'shiqlari, vatanparvarlik mavzusidagi qo'shiqlar, klassik asarlarni targ'ibot qilib, o'ziga xos madaniy oqartuv ishlarini olib boradilar. Shunday qilib, havaskorlik xor kollektivlari o'zlarining badiiy-ijrochilik mahoratlarini oshirishni o'quv-tarbiya va g'oyaviy tarbiya ishlari bilan bog'langan holda olib boradilar va ular mehnatkashlarga madaniy xizmat qilish vazifasini bugungi kun talabiga mos ravishda bajaradilar. havaskorlik xorini tashkil qilish. havaskorlik xorini tashkil qilish, asosan, ikki davrga bo'linadi. Birinchi davrga, havaskorlik xor kollektivini tashkil qilish uchun bajariladigan barcha tayyorgarlik ishlari kiradi. Ikkinchi davrga, rahbarning xor bilan birinchi uchrashuvi, xonandalarning vokal, musiqiy qobiliyatlarini tekshirish va ovozlarni aniqlay borish, xor partiyalarini butlash ishlari kiradi. Mana shu ishlarning hammasi xor tuzishning tashkiliy davri hisoblanadi. Xor rahbari o'z atrofidagi aktivlar bilan xor tashkil qilish uchun keng agitatsiya ishlari olib bormog'i lozim. bu ishda barcha agitatsiya vositalaridan keng foydalaniladi. Bo'lajak xor a'zolari bilan bo'ladigan birinchi uchrashuvga jiddiy qarash, puxta tayyorgarlik ko'rish lozim. agar birinchi yig'ilish yomon tashkil qilinsa, bu ish qo'shiq-xor ijrochiligini sevuvchilarga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Xor rahbari mahalliy sharoit bilan, shu yerning qo'shiqchilik an'analari bilan yaxshi tanishgan va yuqoridagi ko'rsatmalarga amal qilgan holda xor tuzishga kirishadi. Shundan keyin ikkinchi tashkiliy davr rahbarning xor a'zolari bilan birinchi rosmana uchrashuvidan boshlanadi. Puxta tayyorgarlik ko'rilib o'tkaziladigan birinchi tashkiliy mashg'ulotda xodimlardan biri yig'ilgan kishilarga xor rahbarini tanishtiradi. Shundan so'ng xor rahbari oldinga qo'yilgan vazifalar haqida, xor qo'shiq san'ati haqida gapirib beradi. To'garak a'zolarini yangi qo'shiqlar bilan tanishtiradi va tanish qo'shiqlardan bir-ikkitasini aytib ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.23 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.23 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:02 ]
Arxiv ichida: doc