Hayvonlar haqidagi ertaklarda hokim yoki hukmdor obrazi talqini Hayvonlar haqidagi ertaklarda ishtirok etuvchi personajlardan yana biri hokim yoki hukmdor obrazidir. Mazkur obraz o'ziga xos alohida belgi-xususiyatlari va funksional harakatlari bilan boshqa personajlardan tubdan ajralib turadi. Hokim personaj o'zida hukmdorlik munosabatlarini ifoda etuvchi, hayvonlar manfaatlarini himoya qiluvchi va ayni paytda, ular joniga tahdid soluvchi, shuningdek, bazi jihatlari bilan masal qahramoniga yaqin turuvchi, goh ijobiy, goho esa salbiy qiyofalarda namoyon bo'luvchi ko'p qirrali obrazlardan sanaladi. Hokim personaj ertaklar mazmunida asosiy bo'lmagan obraz sifatida tasnif etiladi. Bunga sabab, mazkur personaj ertaklar konfliktida tutgan o'rni hamda vazifasiga ko'ra kam ishtirok etadi va syujet tarkibida u yoki bu darajada faollik ko'rsatmaydi. Binobarin, uning hukmdor yoki o'rmon hokimi sifatidagi qiyofasi, xarakter xususiyati, buyruq berish funksiyasi, harakat va holati, nutqiy munosabati, ko'pincha, ommaviy epizodlarda - guruhlashgan personajlar tarkibida voqe bo'ladi. Hayvonlar haqidagi ertaklarda ishtirok etuvchi hukmdor personajlarni yozma adabiyotdagi shoh va shohlikka aloqador talqinlarning boshlamasi sifatida baholash mumkin. Bundan anglashiladiki, ertaklarda qatnashuvchi hukmdor personajga berilgan ta'rif ijtimoiy mohiyati va mantiqiy asosiga ko'ra nisbatlangan xarakterga ega. Chunonchi, inson tafakkurining boshlang'ich tabiati taraqqiyotning ibtidoiy bosqichlariga xos cheklangan va shaqlan oddiy tuzilishga ega bo'lib, uning badiiy ijoddagi inikosi ham voqelikni o'ziga xos sodda, ixcham va cheklangan tarzda aks ettirishi bilan tavsiflanadi, bu birinchidan. Ikkinchidan, bu tipdagi personajlarning yaratilish tarixi va o'sish, o'zgarish evolyutsiyasi, transformatsiyalanish xususiyatlari, shuningdek, ramziylikka daxldor jihatlari yozma adabiyot uchun asos-zamin bo'lganligini ko'rsatadi. Mana shunday takidlarga asoslanib, hayvonlar haqidagi ertaklarda ishtirok etuvchi hokim yoki hukmdor personajlarni quyidagi yo'nalishda tahlil va talqin etish maqsadga muvofiqdir: a) hukmdorlikka aloqador talqinlarning o'ziga xos ohoriy jihatlarini ko'rsatish maqsadida hokim (hukmdor) obrazi qiyofasini belgilash, ahamiyatini aniqlash; b) hukmdorlik talqinini ertak talabi nuqtai nazaridan oydinlashtirish. Takidlash joizki, ertaklarda hukmdor (hokim) obrazi goh yo'lbars, goh sher, goh arslon tipida uchrashi sababli, bu boradagi fikrlarimiz yaxlitligi va mukammalligini ta'minlash maqsadida har uch personaj harakatini umumiy holatda baravar tahlil etib boramiz. Darhaqiqat, hayvonlar haqidagi ertaklarda hukmdorlikka aloqador talqin va xususiyatlar yo'lbars, sher, arslon tipidagi kuchli hayvonlar qiyofasida namoyon bo'ladi. Bu obraz, uning kelib chiqishi va yaratilish asosi, ertak syujetida tutgan o'rni, funksional harakatlari va talqiniy jihatlari folklorshunoslikda jiddiy tadqiq etilishi lozim bo'lgan masalalardan biri hisoblanadi. Chunonchi, ertakshunosligimizda u yoki bu yo'nalishda obrazlar tahliliga bag'ishlangan bir qancha ilmiy tadqiqotlar mavjudligiga qaramay, mazkur personaj xususida jiddiy kuzatish olib borilmagan. Bildirilgan fikr va mulohazalar esa umumiy mazmundagi munosabat xarakteriga ega bo'lib, o'zida mavzu mohiyatini to'la qamrab ololmaydi. Masalan, M.I.Afzalovning fikriga ko'ra, hayvonlar haqidagi ertaklarda arslon tipidagi « kuchli, yirtqich hayvonlar ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.79 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.79 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:02 ]
Arxiv ichida: doc