Hayvonlar haqidagi ertaklarda raqib personajlar talqini Hayvonlar haqidagi ertaklarning personajlari tizimida raqib obraz alohida o'rin tutadi. Raqib personajlar ertaklar syujetida yetakchi yoki yordamchi qahramonlar harakati va maqsadiga zid, yani qarama-qarshi munosabatda turib harakat qiluvchi, talqinida salbiy xususiyatlarni mujassamlashtirgan muxolif yoki raqib kuch qiyofasida namoyon bo'ladi. Biroq bu muxoliflik mohiyat etiboriga ko'ra ijtiomiy-siyosiy manoda emas, balki maishiy-estetik mazmunni ifodalovchi voqelik sifatida aks etadi. Binobarin, mazkur turdagi ertaklarda konfliktlar xarakteri aynan shu holat bilan izohlanadi. Raqib personajlarning u yoki bu darajadagi xatti-harakatlari syujet tizimida alohidalik kasb etadi. Ularning funksional harakatlarida ko'zga tashlanuvchi eng asosiy jihatlar syujet dinamikasini taminlovchi ziddiyat va to'qnashuvlarni keltirib chiqarishi bilan tavsiflanadi. Ayni hodisa yetakchi yoki yordamchi personajlar xarakterini ochishda, talqiniga xos ijobiy sifatlarini rivojlantirish va to'ldirishda bosh vosita bo'lib xizmat qiladi. Demak, to'qnashuv ikki tomon sifatlarini belgilaydi va umumlashtiradi. Raqib personajlar tarkibi bo'ri, shoqol, o'rni bilan tulki, ilon, qarg'a kabi parranda-darrandalardan iborat bo'lib, bo'ri shu guruh vakillari orasida faol harakati va o'ziga xos qator xarakterli xususiyatlari bilan ajralib turadi. Turkiy xalqlarda, jumladan, o'zbek folklorshnosligida bo'ri obrazi, uning tarixiy kelib chiqish asosi - genezisi, ayniqsa, qadimiy turkiylar madaniyati, diniy-e'tiqodiy qarashlari tizimida tutgan o'rni va ahamiyati bir qator ilmiy monografik hamda ilmiy-tarixiy tadqiqotlar mazmunida keng, va atroflicha yoritilgan. Bo'ri hayvonlar haqidagi ertaklarda, asosan, salbiy xislatlar bilan ko'zga tashlanuvchi obraz sifatida mashhurdir. Ilmiy adabiyotlardan, yirik folklorshunoslarning tadqiqotlaridan malum bo'lishicha, bo'rining ertaklardagi muayyan shaklga kirgan badiiy obrazi o'zining afsonalardagi o'tmishdoshidan farqli o'laroq hech bir asosda ijobiylik kasb etmaydi. Bundan sehrli ertaklar mustasno, albatta. Chunki sehrli ertaklarda bo'rining totemistik e'tiqodlar bilan bog'liq jihatlari muayyan darajada saqlanib qolgan, yani afsonalarda asos solingan mifologik totem sifatidagi umrini sehrli ertaklar tarkibida davom ettirib, yashab kelmoqda. Biroq etirof etish kerakki, uning badiiy ko'chim doirasiga tushgan dastlabki, arxaik shakli va mazmuni sehrli ertaklar talabi hamda tabiatiga moslashgan holda voqelikka aylangan. Hayvonlar haqidagi ertaklarda esa bo'riga bo'lgan mifologik e'tiqod izlari saqlangan. U salbiy personaj sifatida namoyon bo'ladi. Ertaklarda «Bo'ri, - deb yozadi M.I.Afzalov «O'zbek xalq ertaklari haqida» nomli monografik tadqiqotida, - eng ochko'z, mug'ombir, ahmoq, go'l sifatida tasvirlanadi». K.Imomov ham xuddi shunday fikr bildirib, «Bo'ri obrazi talqinida ikki xil belgi aniq ko'rinadi. Biri, bo'ri-qonxo'r, ikkinchisi esa bo'ri-laqma. Laqmalik belgisi ijtimoiy hayotning chorvachilik bosqichida vujudga kelgan uydirma. U zarar keltirgan hayvonlardan qasd olish, mazax qilish niyatida to'qilgan va u an'anaga aylangan», ekanligini takidlab ko'rsatadi. Ko'rinadiki, hayvonlar haqidagi ertaklarda bo'rining salbiy personaj sifatida konkretlashuvi jamiyatdagi ijtimoiy -iqtisodiy jarayonlar mahsuli tariqasida yuzaga kelgan. Binobarin, avval takidlaganimizdek, chorvachilik munosabatlari iqtisodiy tarmoq sifatida qaror ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.98 KB
Ko'rishlar soni
34 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.98 KB
Ko'rishlar soni
34 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:02 ]
Arxiv ichida: doc