Hayvonlar haqidagi ertaklarda yordamchi personajlar talqini Hayvonlar haqidagi ertaklarning syujet chizig'ida yetakchi personajlar bilan bir qatorda yordamchi personajlar ham faol ishtirok etadilar. Yordamchi personajlar ertaklar syujetida tutgan o'rni, vazifasi hamda ahamiyatiga ko'ra o'ziga xos alohida mavqeni egallaydi. Yordamchi personajlarning o'ziga xos xususiyatlari, asosan, ularning funksional harakatlarida, yani bajaradigan vazifalarining xarakterida ko'zga tashlanadi. Binobarin, personajlar funksiyasining xarakteri va mazmuni ularning o'ziga xos xususiyatlarini oydinlashtiruvchi asosiy mezon hisoblanadi. Shu jihatdan yondashganda V.Ya.Proppning nazariy qarashlari katta ahamiyatga ega. U o'zining «Ertaklar morfologiyasi» nomli kitobida sehrli ertaklarda ishtirok etuvchi yordamchi personajlarning xarakterli xususiyatlarini funksional harakatlari doirasida asoslaydi. Olimning etirof etishicha, sehrli ertaklarda yordamchi (kuchlar) qahramonlar «Musibat (faloqat) yoki qashshoqlikni bartaraf etish, og'ir vaziyatlarda yordam berish, taqib, ularni himoya qilish, mushkul masalalarni, vazifalarni hal qilishda ko'maklashish» kabi funksiyalarni bajaradi.Shunga ko'ra, V.Ya.Proppning tahliliy tadqiqini yordamchi personajlarning asosiy xususiyatlarini yoritishda eng to'g'ri yo'l, deb baholaganimiz holda, unga ayrim aniqliklar kiritish orqali quyidagi mulohazalarni bayon qilishimiz o'rinlidir: 1. Xoh sehrli ertaklar, xoh maishiy yoki xoh hayvonlar haqidagi ertaklar bo'lsin, tarkibida ishtirok etuvchi yordamchi personajlarning funksional xususiyatlari, asosan, yetakchi yoki bosh qahramonlarga yordam, ko'mak berish harakatlari bilan belgilanadi. 2. Yordamchi personajlar ichki turga oid ertaklarning har birida hamma vaqt ijobiy sifatlarda talqin etiladi. Biroq mazmuniga ko'ra, personajlar funksiyalarining amal qilish tartiblari, usullari va darajalari ichki tur ertaklarning o'ziga xos tabiati, xususiyati va qonuniyatiga asoslanib voqe bo'ladi. Masalan, V.Ya.Proppning tahlilidagi yordamchi personajlar, asosan, ko'p plandagi sarguzashtli voqealar va murakkab hodisalar ichida harakat qiladi. Binobarin, sehrli ertaklar kompozitsiyasining murakkabligi, syujet tarkibining keng ko'lamdorligi, obrazlar talqinidagi ko'p qirralik, zaminida xayoliy uydirmalarga asoslangan hodisalarning sarguzasht tipida voqe bo'lishi kabi qator o'ziga xos jihatlari tarkibidagi yordamchi va umuman, barcha personajlarning harakat doirasini o'z imkoniyati hamda talablari darajasiga moslashtirib amal qilishni taqozo etadi. Hayvonlar haqidagi ertaklarning yordamchi personajlari esa qisqa syujetli voqealar ichida harakat qiladi. Mantiqiy jihatdan yondashganda anglashiladiki, bu tur ertaklarning kompozitsion tuzilishi oddiy, syujet tarkibidagi konflikt va uning yechimini tashkil etuvchi epizodlar hajmi ixcham, personajlar tizimi va talqinida ko'p qirrali xususiyatlar ko'zga tashlanmaydi. Mana shu xususiyatlarga ko'ra hayvonlar haqidagi ertaklarda ishtirok etuvchi qahramonlar, jumladan, yordamchi personajlar tabiatida sehrli yoki maishiy ertaklar personajlariga xos funksional ko'lamdorlik va murakkablik ko'rinmaydi. Bu narsa mazkur tipdagi ertaklarning o'ziga xos xususiyatlarini belgilaydi. Anglashiladiki, yordamchi personajlar ular qaysi turdagi ertaklarga mansub bo'lishidan qatiy nazar, funksional xususiyatlari o'rtasida mazmuniy yaqinlik (og'ir vaziyatlarda yordam beruvchi, mushkul vaziyatlarni hal qilishda ko'maklashuvchi), tashqi jihatdan hattoki, mushtaraklik mavjudligi ko'zga tashlanadi. Biroq ichki turga oid ertaklarning o'ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlariga ko'ra funksional harakatlarning voqe ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
75.34 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
75.34 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:02 ]
Arxiv ichida: doc