hozirgi zamon an'anaviy ta'limi Reja: an'anaviy ta'limning tamoyillari, mazmuni. an'anaviy ta'lim usullarining xususiyatlari. an'anaviy ta'lim shakllarining ijobiy va salbiy tomonlari. Mavzuda pedagogik texnologiyalar tushunchasi va uning aspektlari: ilmiy, jarayonli - ifodaviy (ifoda etish, o'quv jarayoni agoritimi), jarayonli - amaliy (o'quv jarayonini amalga oshirish). Pedagogik texnologiyalar darajalari; umumpedagogik (umumdidaktik), xususiy metodik (predmetli), lokalp (moduli). Pedagogik texnologiyalarning tarkibiy tuzilishi; kontseptualp asosi, mazmunli yaxlit, protsessualp qismi - texnologik jarayon. Pedagogik texnologiyalarga qo'yiladigan talablar (texnologik ko'rsatkichlari); tizimliylik, boshqaruchanlik, samaralilik, qayta takrorlash. Pedagogik texnologiyalarning ilmiy asoslari; materialistik va idealistik, dialektik va metodik, ilmiy va diniy, insonparvarlik va insonparvarlikka qarshi progmatik va ekstensiyalistik, erkin tarbiyalash va majburlash nazariasi va boshqalar yoritilgan. Mavzuda ko'riladigan masalalarning qisqacha mazmuni (annotatsiya): Mavzuda an'anaviy sinf - dars texnologiyasining farqlanish belgilari, an'anaviy ta'limning klassifaksion tamoyillari, an'anaviy ta'limning prinsiplari, an'anaviy ta'lim mazmuni va metodikasi xususiyatlari, ta'limning an'anaviy shaklining ijobiy va salbiy tomonlari yoritib berilgan. Maqsadlar katalogi - talaba bu mavzuni to'la o'zlashtirgandan so'ng: an'anaviy sinf - dars texnologiyasi eng avvalo o'zining avtoritar xarakterga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Avtoritar pedagogikaning yaroqsiz tomonlari nimadan iborat edi? degan savolga O'zbekiston Milliy Universiteti xuzuridagi Oliy pedagogika institutining Oliy ta'lim pedagogikasi kafedrasi mudiri, O'zPFITIning Yangi pedagogik texnologiyalar ilmiy asoslari laboratoriyasi rahbari Nurali Sayidaxmedov quyidagicha javob beradi: Sho'ro davlatiga xizmat qilib kelgan pedagogikaga obyektiv baho bermasdan turib yangi asr pedagogikasi haqida fikr yuritish mutloqo mumkin emas. Pedagogika inson faoliyati bilan shug'ullanuvchi soha sifatida o'z tuzilmasida jarayonning subyekt va obyektlarini qamrab oladi. an'anaviy subyekt-obyekt pedagogikasida o'quvchi obyekt hisoblanib, o'qituvchi unga tajriba uzatar edi. Zamonaviy pedagogika, ko'proq, bolaga o'quv faoliyatining subyekti sifatida, o'z-o'zini boshqaradigan va o'zini namoyish etishga intilayotgan shaxs sifatida murojaat qilmoqda. an'anaviy pedagogika xususida matbuotda, dissertatsiyalarda bazi bir tanqidiy mulohazalar bildirilmoqda. Bizningcha, avtoritar pedagogikaning haqiqiy qiyofasini ochish uni pedagogik tizim nuqtai nazardan batafsil tahlil etish kerak bo'ladi. Chunki, XXI asrda ta'lim-tarbiyani harakatga keltiruvchi kuch o'zida aniq didaktik masalalarni ifodalagan va ularni hal etish texnologiyalarini biriktirgan pedagogik tizim hisoblanadi. Endi tabiiy holda savol tug'iladi: Pedagogik tizim nima? Pedagogik tizim deganda, o'quvchi (talaba)larda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini shakllantirishga maqsadli pedagogik ta'sir etishni yuzaga keltira oladigan vositalar, metodlar, jarayonlarning o'zaro bog'liq majmuasi tushuniladi. Har qanday istiqbolli pedagogik innovatsiyaga baho berishda tizimli yondashilgandagina o'zining obyektiv bahosini olishi mumkin. Keling, endi an'anaviy pedagogika fanning asosiy masalalarini pedagogik tizim yordamida qiyoslashga kirishaylik. Birinchidan, sovet pedagogikasida ta'lim-tarbiya maqsadi har bir o'quvchi shaxsini har tomonlama va garmonik rivojlantirish, mazmunan esa ko'proq fan asoslari bo'yicha bilimlar tizimini shakllantirishdan iborat edi. Afsuski, har tomonlama rivojlantirish, dekloratsiya, chaqiriq edi, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.29 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.29 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:02 ]
Arxiv ichida: doc