Reja: 1. Hozirgi zamon ilmiy-texnika taraqqiyoti davrida maktab ta'limi 2. Ta'limning iqtisodiy ahamiyatining oshib borishi 3. Jahonda xalq ta'limi taraqqiyotiga dunyoviy maktab nazariyasi va amaliyotining ta'siri 1. Hozirgi zamon ilmiy-texnika taraqqiyoti davrida maktab ta'limi Har kuni ertalab dunyo maktablarining eshigi ochilib, qo'ng'iroq chalinadi. Piyoda, avtomobil, qayiq va otlarda, chanada yer yuzi bo'ylab bolalar maktabga shoshiladilar. Jahon o'quvchilari armiyasi soni yarim milliarddan ortiqdir. Barcha maktablarda maktablarning tashqi belgilari bir xil: o'quvchilar va o'qituvchilar. sinf xonalari va partalar, doskalar va bo'r. Ammo, bu faqat tashqi o'xshashlik. Aslida, maktab jamiyatning tirik hujayrasi.tinimsiz hayot kaynaydigan manzil. Milliy istiqlolgacha jahon maktablari yuqori tabaqa vakillari va mehnatkashlar maktablariga bo'lib kelindi. Hozir Respublikamizda yaratilgan maktab nazariyasi va amaliyoti jahondagi xalq ta'limi rivojiga ta'sir etmoqda.CHunki. insoniyat taraqqiyoti avlodlar vorisiyligisiz amalga oshmaydi: to'plangan bilimlar yoshlarga meros qoldiriladi. Yoshlarni o'qitish, tarbiyalash hamisha jamiyat hayotining ajralmas qismi bo'lib kelgan. Shunga ko'ra tarbiya abadiy kategoriya hisoblanadi. Tarbiya dialektikasi ma'lum tarixiy sharoitlarda o'ziga xos vazifa, maqsad, mazmun, shakllarga ega. Jamiyat tuzumi, mafkurasi o'zgarib borishi bilan ular ham o'zgarib boradi: quldorlik, feodal, kapitalizm tuzumlaridagi o'zgarishlar shu jumladandir. Qiyosiy pedagogika fani turli davr va tuzumlardagi mamlakatlar xalq ta'limi tuzilishi, ulardagi ta'lim-tarbiya shakllari va mazmunini qiyosiy o'rganib, ilg'or jihatlarini amaliyotga tavsiya etadi. Uning maqsadi jahon mamlakatlarida tarkib topgan xalq ta'limi tizimlarini o'rganish, vazifasi esa ularning progressiv jihatlarini pedagogik amaliyotga tadbiq etishdan iborat. Qiyosiy pedagogika fanining metodologik asosi Prezidentning xalq ta'limiga doir g'oyalari, falsafadagi ong, shaxs va jamiyat haqidagi qonunlar, buyuk allomalarning pedagogik qarashlari.hozirgi zzamon pedagogika nazariyasi fanining asosiy tamioyillari.qonuniyatlari hisoblanadi. Qiyosiy pedagogika fani pedagogika fanlari tizimidagi fanlar. adabiet tarix estetika. arxeologiya.biologiya. matematikamusiqa. jismoniy tarbiya va boshqa fanlar bilan yaqindan aloqada faoliyat ko'rsatadi. 2. Ta'limning iqtisodiy ahamiyatining oshib borishi Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi fan-texnikaning afsonaviy tarzda o'sib ketganligi, olimlar hayratlanarli kashfiyotlar qilganligi bilan tavsiflanadi. Atomning parchalanishi, oqsilning sintez qilinishi, EHM larning yaratilishi xuddi shunday inkilobiy o'zgarishlar jumlasiga kiradi. Insoniyat taraqqiyoti jadallashgan hozirgi davrda komil inson ta'lim tarbiyasining iqtisodiy ahamiyati oshib bormoqda. Hozir yer yuzidagi barcha mamlakatlarda bilim kapitalga aylandi. Ilg'or texnologiyalarga asoslangan ishlab-chiqarish qurollarini boshqarish, raqobatbardosh kadrlar va tovarlar tayyorlashni zamonaviy bilimlardan foydalanmasdan amalga oshirib bo'lmaydi. Murakkab texnologik jarayonlarni boshqarish, bunda boshqaruvning axborot texnologiyalaridan foydalanish taqoza etilmoqda. Ilmiy-texnika inqilobi iqtisodiyotga ta'sir etuvchi omillar nisbatini o'zgartirib yubordi. Ekstensiv omillar iqtisodiyot rivojida yetakchi o'ringa chiqib oldi. Bu hol kapital mablag' ajratish va ishchi kuchi miqdorida o'z aksini topayotir. Intensiv omillar birinchi planga chiqdi: texnikaning, ishlab chiqarishning (yuksak saviyada tashkil etish) ishchilar malakasining yuksak saviyaga ko'tarilishini ta'minladi. Ta'limning iqtisodiy ahamiyati ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.35 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.35 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:02 ]
Arxiv ichida: doc