Hozirgi zamon noan'anaviy ta'limi

Hozirgi zamon noan'anaviy ta'limi

O'quvchilarga / Pedagogika
Hozirgi zamon noan'anaviy ta'limi - rasmi

Material tavsifi

Hozirgi zamon noan'anaviy ta'limi Reja: an'anaviy o'qitish metodlari. Noan'anaviy o'qitish metodlari. an'anaviy ta'limning afzalliklari va kamchiliklari. Noan'anaviy ta'limning o'ziga xos xususiyatlari. Rivojlantiruvchi ta'limning mohiyati. Tayanch iboralar: an'anaviy o'qitish modeli, noan'anaviy o'qitish modeli, rivojlantiruvchi ta'lim, modellashtirish, an'anaviy dars, hamkorlikda o'rganish modeli, tadqiqot modeli. an'anaviy o'qitish modellari O'nlab yillab o'tkazilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko'rsatadiki, an'anaviy dars o'tish ta'limning o'ziga xos modellaridan biri bo'lib qolmoqda. an'anaviy dars - muayyan muddatga mo'ljallangan, ta'lim jarayoni ko'proq o'qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta'lim modelidir. O'quv materiali yangi va ancha murakkab bo'lganda, an'anaviy dars - ko'p hollarda ta'lim jarayonining birdan-bir metodi bo'lib qolmoqda. Malumki, an'anaviy darsda ta'lim jarayonining markazida o'qituvchi turadi. Shu bois bazida an'anaviy darsni markazida o'qituvchi turgan o'qitish usuli deb ham atashadi. Markazda o'quvchi bo'lgan o'quv jarayonining, darsning maqsadi va uning ijobiy jihatlari quyida keltirilgan asoslarga tayanadi: O'quvchining o'qishga bo'lgan ishtiyoqini oshirib borish; Ilgari egallagan bilimlarni ham inobatga olish; O'qish jarayoni tezligini muvofiqlashtirish; O'quvchi tashabbusi va majburiyatini qo'llab-quvvatlash; Amaliyot orqali o'rganish; Ikki tomonlama fikr-mulohazalar bilan ta'minlash; O'qish jarayonini to'g'ri yo'lga qo'yish; O'qituvchi-o'quvchilar uchun o'quv jarayonini engilashtiruvchi shaxs; O'quv jarayonini baholash. an'anaviy dars o'tish modelida ko'proq ma'ruza, savol-javob, amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi. Shu sabab, bu hollarda an'anaviy dars samaradorligi ancha past bo'lib o'quvchilar ta'lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, an'anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli - tuman o'quvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish o'quvchilarning o'zlashtirish darajasini ko'tarilishiga olib kelar ekan. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi o'qituvchi tomonidan o'quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta'lim jarayonida faolligi muttasil rag'batlantirilib turilishi, o'quv materialini kichik-kichik bo'laklarga bo'lib, ularning mazmunini ochishda bahs, munozara, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash tadqiqot rolli o'yinlar metodlarini qo'llash, rang-barang qiziqtiruvchi misollarning keltirilishi, o'quvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash rang-barang baholash usullaridan foydalanish ta'lim vositalaridan joyida va vaqtida foydalanish talab etiladi. an'anaviy dars o'tishning asosiy tarkibiy qismlari Kirish. - o'tgan materialni takrorlash - dars maqsadini tushuntirish - dars mazmuni va rejasi bilan tanishtirish. Yangi mavzuni yoritish. - yangi mavzuni kichik-kichik bo'lakchalarga bo'lib berish - rang-barang misollar imkoni boricha ko'rgazmali taqdim qilish - mavzudan cheklashmaslik - materialning murakkab tomonlarini qayta tushuntirish - o'quvchilarning tushunuvchanlik darajasini tekshirib borish - teskari aloqani ta'minlash. «Teta - poya» mashq. Biror misol (yoki masalani) o'quvchilar bilan qadamba-qadam hal qilish va tahlil qilish. Yo'naltirib turiluvchi mashq. O'quvchilar mashq (yoki masalani) mustaqil bajarishadi o'qituvchi esa ularni nazorat qilib, tuzatish kiritib boradi. Mustaqil bajariladigan mashq. O'quvchilar mashqni mustaqil holda o'qituvchi yordamisiz bajariladi. O'quvchilar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.35 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.35 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga