Hozirgi zamon oilalarning turlari va vazifalari

Hozirgi zamon oilalarning turlari va vazifalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Hozirgi zamon oilalarning turlari va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Hozirgi zamon oilalarning turlari va vazifalari Hozirgi zamon oilalarining qanday turlarga ega ekanligi va ularning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini bilish, ularga xos muammolarni o'rganish, oilaviy hayotda ro'y berishi mumkin bo'lgan noxushliklarning oldini olish imkonini beradi. Quyida shular haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz. Oila uni xarakterlovchi turli mezonlarga ko'ra quyidagilarga farqlanadi: 1. To'liqligiga ko'ra: to'liq, noto'liq va qayta tuzilgan (ikkinchi nikoh) oilalar. 2. Bo'g'inlar soniga ko'ra: nuklear (ota-ona va bolalardan iborat bo'lgan) va ko'p bo'g'inli (ikki va undan ortiq avloddan iborat oila a'zolari birga yashovchi) oilalar. 3. Bolalar soniga ko'ra: farzandsiz, bir bolali, ikki bolali, 3-4 bolali, 5 va undan ortiq bolali oilalar. Turli mamlakatlarda bu mezonlar turlichadir. Masalan, AQSH, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlarda 3-4 bolali oilalar ko'p bolali oilalar hisoblanadi. Har bir oila ijtimoiy tizim struktura sifatida jamiyat oldida ma'lum bir vazifalarni bajaradi. Oilaning ijtimoiy vazifalari haqida gapirganda, bir tomondan jamiyatning oilaga ta'sirini, ikkinchi tomondan esa umumiy ijtimoiy tizimda oilaning o'rnini, oilaning hal qiladigan ijtimoiy (jamoatchilik) vazifalarini hisobga olish lozim. Barcha oldingi jamiyatlarda oila quyidagi asosiy vazifalarni bajargan: iqtisodiy, reproduktiv, tarbiyaviy, rekreaktiv, kommunikativ, regulyativ (boshqaruv). Bu haqda Sharq allomalari Yusuf Xos Hojib, Ibn Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy, Ahmad Donish va boshqalar o'z asarlarida yozib qoldirganlar. Albatta, bu sanab o'tilganlar hozirgi zamon oilasini asosiy vazifalarining yagona klassifikatsiyasini tashkil eta olmaydi. Chunki ayrim manbalarda: naslni davom ettirish, tarbiyaviy, xo'jalik va o'zaro yordam kabi vazifalar hozirgi zamon oilasining muhim vazifalari sifatida ko'rsatib o'tilgan, sotsiolog olimlar (U.M.Sverdlov, V.A.Ryasensov, V.P.Klyuchnikov) esa inson zotini davom ettirish, bolalarni tarbiyalash va xo'jalik vazifalarini farqlaydi; S.D. Laptenok xo'jalik-maishiy, aholi sonini qayta tiklash, tarbiyaviy va oila a'zolari dam olishi - hordig'ini tashkil etish; N.G.Yurkevich - ma'naviy muloqot, seksual, bolalarni dunyoga keltirish, tarbiya jarayonidagi hamkorlik, uy xo'jaligini yuritish uchun zarur vositalarni ta'minlash, dam olishni tashkil qilish, o'zaro moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlash; A.G. Xarchev - aholi sonini qayta tiklash, ijtimoiylashuv, xo'jalik, iste'mol va dam olishni tashkil qilish kabilarni farqlaydi. Mana yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, qator oilashunos mutaxassislar tomonidan oilaning asosiy vazifalari turlicha klassifikatsiya qilinmoqda. Bu o'rinda oila vazifalarini shunchaki sanab o'tish emas, balki ularni bir tomondan odamlarning moddiy, xo'jalik-maishiy va ikkinchi tomondan emotsional va ijtimoiy-psixologik ehtiyojlarini qondiruvchi vazifalarga farqlash muhim. Shuni ham aytib o'tish joizki, hozirgi zamon oilasida emotsional va ijtimoiy-psixologik jarayonlarni qondirish vazifasining ahamiyati ortib bormoqda. Hatto sof moddiy xarakterga ega bo'lgan vazifalarda ham hissiylik ko'proq tus olib bormoqda. Hissiy, emotsional kontaktlarning ahamiyati shahar oilalarida kuchliroq anglanmoqda. Qishloq oilalari esa uy hayvonlari va tomorqa yerlarining borligi evaziga shahar oilalariga qaraganda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 379.27 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:02 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 379.27 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga