Hozirgi zamon rahbar axloqiy falsafasi

Hozirgi zamon rahbar axloqiy falsafasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Hozirgi zamon rahbar axloqiy falsafasi - rasmi

Material tavsifi

Hozirgi zamon rahbar axloqiy falsafasi Rahbarlik yuksak aql-farosat, ko'p kuch-g'ayrat, izlanish va topqirlikni, o'z ustida tinmay ishlashni, o'rni kelganda, zaruriy tadbirkorlikni talab qiladi. Rahbarlik tushunchasiga quyidagi ta'riflarni keltirish mumkin: 1. Rahbar ijtimoiy shaxs sifatida ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish resurslarini birlashtirib, uning asosiy harakatlantiruvchi kuchini boshqaruvchi sifatida omilkorlik bilan ish yurituvchi shaxsdir. 3. Rahbar o'z sohasiga yangi g'oya, yangi tashabbus, yangi texnologiyalarni joriy etuvchi tadbirkor shaxs hisoblanadi. 2. Rahbar har qanday ishni amalga oshirish uchun, avvalo, mustaqil qaror qabul qiladi. Bu qaror rahbarning tadbirkorlik, ishbilarmonlik faoliyati maqsadini belgilaydi. Rahbar - ustoz, murabbiy, rahbar-millat tarbiyachisi, abadiyatga daxldor shaxs. Uning mashaqqatli mehnati o'laroq kelajagimiz vorislari kamol topib boradi. Demak, rahbarlarga qaratilgan e'tibor Vatan taqdiriga qaratilgan e'tibordir. Davlat rahbarlaru fuqarolarning sadoqati va fidoiyligila qudratlidir, - degan edi Amir Temur. Amir Temur Bundan tashqari rahbar quyidagilarga e'tibor qaratishi zarur: 1. Biz yashayotgan o'zgaruvchan muhit rahbarlardan o'zlarini va o'z vaqtlarini samarali boshqarish imkoniyatiga ega bo'lishni talab etadi. 2. An'anaviy qadriyatlarning yemirilishi bilan bog'liq holda zamonaviy rahbar o'z shaxsiy qadriyatlarini ko'rsata olishni talab etadi. 3. Tanlash uchun ulkan imkoniyat bo'lganligi sababli, rahbardan bajarilayotgan ishning maqsadlarini ham, o'z maqsadlarini ham aniq belgilash talab etiladi. 4. Uzluksiz o'rganish orqali o'zlarining o'sishini, rivojlanishini doimiy qo'llabquvvatlash. 5. Muammolarni tez va samarali yechish talab etiladi. 6. Rahbarlar vaziyatning o'zgarishiga ta'sirchan munosabatda bo'lish uchun mohir va moslashuvchan bo'lishi kerak, ya'ni strategik boshqaruv usullarini o'zlashtirishi kerak. 7. An'anaviy ierarxik munosabatlardagi qiyinchiliklar tufayli samarali boshqarish to'g'ridan-to'g'ri buyruqlarga murojaat qilmasdan, odamlarga ta'sir o'tkazish qobiliyatlaridan foydalanishni talab qiladi. 8. Ko'plab an'anaviy boshqaruv usullari o'z imkoniyatlarini tugatganligi tufayli, yangi, zamonaviy boshqaruv uslublari talab qilinadi. Ularning bo'ysunuvchilariga nisbatan turli xil yondashuvlarni o'zlashtirish kerak. 9. Rahbar tezda ixtirochi va ishda samarali bo'la oladigan jamoalarni tuzishi va takomillashtirishi kerak. Bundan tashaqari doimo rahbar shaxs qo'l ostidagilarga o'rnak bo'lishi darkor. Shuning uchun ham Albert Eynshteyn bejiz Kishilarni nimagadir o'rgatishning eng ma'qul usuli-ularga o'rnak bo'lish, - demagan. Har bir rahbar faoliyat mezoni - bu xalqning orzu-umidlarini o'zi uchun asosiy maqsad qilib, ularni izchil ro'yobga chiqarishdan iborat, - degan edi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev. С В Ю З DIZAYN ESTETIKASI Bajardi: Qayumova Umida ESTETIKA «Estetika» atamasi yunoncha so'z (aisthetikos - sezish, his etish, idrok qilish)dan olingan bo'lib, kishining olamga bo'lgan dunyoqarashini nafosat tushunchalari va qonun-qoidalariga bog'liq holda o'zlashtirish, ichki va tashqi his-tuyg'ularining voqelikda namoyon bo'lish jarayonidir. Estetika atamasini birinchi marta XVII asrda nemis faylasufi Aleksandr Baumgarten (1714-1762yy) o'zining «Poetik asarning ba'zi bir masalalari to'g'risida falsafiy mulohazalar» (1735-yil yozilgan) nomli asarida qo'llagan. Ammo bu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 8.96 MB
Ko'rishlar soni 34 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:02 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 8.96 MB
Ko'rishlar soni 34 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga