Hunarmandchilik madaniyati Hunarmandchilik, hunarmandlik - milliy-an'anaviy mayda tovar ishlab chiqarish, oddiy mehnat qurollari yordamida yakka tartibda va qo'l mehnatiga asoslangan sanoat turi; shunday mahsulotlar tayyorlanadigan kasblarning umumiy nomi. Yirik sanoat i.ch.i vujudga kelishiga qadar keng tarqalgan, ayrim sohalari keyin ham saqlangan. Kam rivojlangan mamlakatlarning xalq xo'jaligida hozir ham muhim o'rin egallaydi. Hunarmandlik insonning i.ch. faoliyati bilan vujudga kelib, jamiyat rivojlanishi davomida asta-sekin dehqonchilik va chorvachiliksan ajralib chiqdi, turli ijtimoiytarixiy davrlar doirasida texnika rivoji bilan aloqador holda takomillasha bordi, turli ixtisosliklar (kulollik, duradgorlik, temirchilik, misgarlik, binokorlik, toshtaroshlik, o'ymakorlik, kashtado'zlik, ko'nchilik, tikuvchilik, to'quvchilik, zargarlik, degrezlik, rixtagarlik, zardo'zlik, bo'yoqchilik, kemasozlik, tunukasozlik va b.)ga ajraldi. Hunarmandlik . qanday tabiiy resurslarning mavjudligiga qarab, mas, paxta va pilla bor yerda to'qimachilik, sifatli xom ashyo bor yerda (mas, Rishton-da) kulolchilik, jun va teri ko'p yerda to'qimachilik va ko'nchilik, shunga qarab kosibchilik, o'rmonlar ko'p yerda yog'ochsozlikgma'danlarga boy yerlarda metall i.ch. va temirchilik, dengiz va daryo bo'ylarida kemasozlik va b. rivoj topgan. Jamiyat taraqqiyoti bos-qichlari, mehnat taqsimoti bilan aloqador Hunarmandlikning 3 turi shakllangan Hunarmandlik tovar - pul munosabatlariga kengroq va chuqurroq tortilganligi sari tabaqalashdi. Uddaburon va serharakat hunarmandlar boyib dastlabki kapital jamg'arilishi tufayli kapital sohibiga aylandi va ularning ustaxonalari negizida kichik zavod va f-kalar vujudga keldi, bu korxonalarda kambag'allashgan hunarmandlar yollanib ishlay boshladi. Natijada H.ning rivoji bozor iqtisodiyotining kapitalistik shaklini yuzaga keltirdi. H. Yevropashaharlarida sanoat rivojiga ham o'z hissasini qo'shdi (to'qish dastgohlari takomillashdi, 14-a. o'rtalarida Germaniyada domna pechlarining paydo bo'lishi metallurgiyapa jiddiy o'zgarishlarga olib keldi. 14-15-a.larda o'q otar qurollar ishlab chiqarila boshlandi). Kapitalistik i.ch. munosabatlari H.ning keyingi taraqqiyotiga zarba berdi, H.ning ko'pgina sohalari tush-kunlikka uchradi. Sanoat to'ntarishi oqibatida tez va arzon ommaviy ishlab chiqarila boshlagan f-ka, zavod mahsulotlari H. mahsulotlarini bozordan siqib chiqardi. Xonlik hujjatlariga ko'ra, Qo'qonda hunarmandchilikning miskar, zargar, o'ymakor, kulol, qog'ozgar, to'qimachi, do'ppi tikuvchi, kashtachi, ko'priksoz, temirchi, novvoy, aravasoz, baxmalbof, bo'yoqchi, dorukash, devorzan, degrez, ko'nchi, miltiqsoz, nayzagar, panjarasoz, pillakash, po'stindo'z, taqachi, paranjido'z, chevar, chitgar, gilamchi kabi turlari bo'lgan. Xonlikda oltin ma'dani Kosonsoy (Namangan)dan, Qoratog' shimolidagi Ko'krev daryosidan, Chirchiq daryosi bo'ylaridan, Chotqol daryosi yuqori oqimlaridan olingan. Samarqandda bo'lganidek, Qo'qon xonligida ham qog'oz ishlab chiqarilgan. Qog'oz juvozxonasi Qo'qon shahrining Mo'yi muborak darvozasi orqasida maqbara yonida joylashgan. Yurtimizda ota-bobolarimizdan meros, avloddan-avlodga o'tib kelayotgan xalq amaliy san'ati va hunarmandchilikni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilayotir. Ustoz-shogird an'analari davom ettirilishi samarasida milliy hunarmandchilik tobora rivojlanib bormoqda. Qadimdan milliy hunarmandchiligimizning yirik markazlaridan biri sanalgan Samarqandda ham mustaqillik yillarida ushbu soha jadal rivojlanib, hunarmandlar safi tobora kengayib bormoqda. Bunda Prezidentimizning 2010-yil 30-martdagi Xalq badiiy hunarmandchiligi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
620.3 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:03
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
620.3 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:03 ]
Arxiv ichida: pptx