Huquqiy davlat va uning belgilari Reja: Huquqiy davlat tushunchasi va uning belgilari O'zbekistonda dnmokratik huquqiy davlat qurishning konstitutsiyaviy asoslari 1. Huquqiy davlat tushunchasi va uning belgilari. Hukuqiy davlat - bu jamiyatdagi barcha millat va tabaqalarping insonparvarlik adolatli qoidalariga asoslangan, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlaydigang byurokratiya va mahalliychilikka qarshi kurashadigan hokimiyatiniig shaklidir. Huquqiy davlatning shakllanishi va amalga oshirilishi fuqarolarning huquq va erkinliklarini to'la ta'minlashi, davlat va fuqarolarning bir - biri oldida javobgarligi, qonunlar ustunligi tan olinishi, davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar qonunlarga asosan ish ko'rishi bilan belgilanadi. Huquqiy davlat qurish O'zbekistonning ijtimoiy - siyosiy hayotiga joriy etilar ekan, bu haqdagi ta'limotlarning pado bo'lishi va rivojlanishini bilish juda muhimdir. Davlat haqidagi ta'limot uzoq o'tmishga borib taqaladi. Ammo uning mustaqil va bir butun siyosiy - huquqiy ta'limot sifatida shakllanishi XVII - XVII asrlardagi burjua inqiloblari, yani feodalizmning emirilib, kapitalizmning paydo bo'lishi davriga to'g'ri keladi. Huquqiy davlat g'oyasi dastlab qadimgi quldorlik davlatlarida Rimda va Yunonistonda antik davr olimlari Platon va Aristotel tomonidan ifoda etilgan. Platon huquqiy davlat g'oyasi haqida barcha davlat fuqarolari qonunlarga amal qilishliklarini ko'rsatadi. Aristotel esa bu haqda mamlakatda davlat qonunining kuchi bo'lmasa, uning obrusi bo'lmaydi, deb ko'rsatadi. Qadimgi Sharqda ham ko'pgina mutafakkirlar va podsholar adolatli jamiyat qurish uchun qonunlarga asoslanishi va bu asosda huquqiy davlat qurishni takidlaganlar. Bu haqda sharqning buyuk faylasuf olimi A.N.Farobiy shunday dedi; «Chinakam qonuno'rnatuvchi yangi qonun qabul qilayotganda uning mamlakatdagi barcha tabaqalar va avlodlarga, barcha viloyatlarning aholisiga baxt - saodati keltirishini hisobga oladi». Buyuk jaqongir Amir Temur o'z tuzuklarida davlatni idora qilishda un ikki qoidaga asoslanganligini ko'rsatadi. Bu qoidalardan to'rtinchisida: - «davlat ishlarini saltanat qonun - qoidalariga asoslangan holda boshqardim. To'ra tuzukka tayanib saltanatda o'z martaba va maqomimni mustaqkam turdim. Amirlar, vazirlar, sipox, raiyat har biri o'z lavozimi va martabasidan mamnun holda xizmatimda bo'lib, undan ortig'iga da'vogarlik qila olmadim, deb ko'rsatgan edi. Bunda biz Temur davlatining faqat harbiy diktaturaga emas, balki qonunlar asosida huquqiy qoidalarga amal qilganligini ko'ramiz. huquqiy davlat nazariyasining asoschisi, nemis faylasuf olimi I.Kantdir (1724 - 1804). U davlatning qokimiyatlar taqsimlanishi asosida boshqaruvining Respublika shaklini davlat bo'lishligini ko'rsatadi. Bu haqda shunday deb yozadi: «Respublikanizm -ijroiya hokimiyatini qonun chiqaruvchi qokimiyatdan ajratishning davlat prinsipidir. Despotizm - davlat qonunlarini o'zboshimchalik bilan ijro etish prinsipidir». Sobiq sovet yuridik fani 70 yil davomida huquqiy davlat nazariyasini tan olmasdan keldi. Markscha -lenincha ta'limotda huquqiy davlat g'oyasi mavjud bo'lib, bu mamlakatda qonunchilikka barcha fuqarolar amal qilishligida berilgan. Bu haqda K.Marks shunday degan edi: «Aqlli qonunchi jinoyat uchun jazolashda majbur ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:19:57
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.01 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:19 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.01 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:03 ]
Arxiv ichida: doc