I. A. Karimov ma'naviyat va ma'rifatni yuksaltirish haqida

I. A. Karimov ma'naviyat va ma'rifatni yuksaltirish haqida

O'quvchilarga / Pedagogika
I. A. Karimov ma'naviyat va ma'rifatni yuksaltirish haqida - rasmi

Material tavsifi

Prezident I.A.Karimov ma'naviyat va ma'rifatni yuksaltirish haqida Reja: Prezidentimiz I.A.Karimov asarlarida ma'naviyat tushunchasi. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch asari. Yurtboshimizning ma'naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar to'g'risidagi fikrlari. 24. Prezident I.A.Karimov ma'naviyat va ma'rifatni yuksaltirish haqida. Mustaqillik davrida chop etilgan juda ko'plab ilmiy, falsafiy, pedagogik-tarixiy va o'quv-metodik adabiyotlarda, olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda hamda ayrim lug'atlarda ma'naviyat tushunchasiining ijtimoiy-pedagogik mazmuni va uning asosiy tamoyillari, jamiyat, millat va xalq hayotida tutgan o'rni haqida xilma-xil ta'rif va tavsiflar, qisqacha ma'lumotnomalar berilgan. Ularga asoslanib, ma'naviyat tushunchasi va ijtimoiy-pedagogik mazmuni haqida quyidagi muxtasargina to'xtamga kelamiz: Ma'naviyat nihoyatda keng qamrovli tushuncha bo'lib, aslida arabcha ma'no, ma'ni fe'lidan olingan, o'zbek tili lug'at boyligida faol qo'llanadigan, insonlarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, madaniy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalarining majmuini ifodalaydigan, inson ongida kechadigan, amaliyotda ijobiy mazmun-mohiyatga ega bo'lan his-tuyg'u va g'oyalar yig'indisidir. Ammo, afsuski, yaqin-yaqinlargacha, aniqrog'i, mustaqilligimiz qo'lga kiritilguncha ko'pchilik ma'naviyat masalasiga jiddiy yondashishga, inson va jamiyat hayotida muhim hisoblangan bu sohaga ilgari nazariy tizim darajasida ko'rib chiqilmagan. Milliy taraqqiyotimizning ma'naviy-axloqiy asoslarini maxsus o'rgangan va tadqiq qilgan prof. M.Imomnazarovning haqli ravishda ta'kidlashicha, inson ma'naviy dunyosi - nozik soha. Undagi vaziyatni osonlikcha, muayyan farmon yoki qaror qabul qilish bilan tuzatib bo'lmaydi. Uni o'nglash uchun yillar davomida muntazam va sabr-toqat bilan mafkuraviy, tarbiyaviy, ma'rifiy ish olib borish, amaliy chora-tadbirlar, hayotiy o'zgarishlar joriy etish taqozo qilinadi. Milliy ma'naviyat millatning o'tmishi, buguni va kelajagini qamraydi, ularni yaxlit tizimda tutib turadi. O'tmish ajdodlarimiz merosi bugungi jahon darajasi bilan uyg'unlashtirilsa, mamlakatimizdagi voqe ahvolga tatbiq etilsa, undan kelajak kurtaklari unib chiqadi, kelajak siymosi shakllanadi. SHu sababli ham I.A.Karimov O'zbekiston Prezidenti lavozimiga saylangan dastlabki kunlardan beri xalq ma'naviyatini yuksaltirishga birinchi darajali e'tibor qaratib kelmoqda. 1990 yil 24 mart Oliy Kengash sessiyasida O'zbekistonda birinchi marta prezident lavozimi joriy etilib, Islom Abdug'anievich Karimov ushbu lavozimga munosib topilgach, O'zbekiston Prezidentining birinchi nutqidayoq xalqni ma'naviy yuksaltirish, insonni axloqiy va ma'naviy yuksaltirish masalasi davlat rahbarining eng muhim vazifalaridan ekanligi alohida ta'kidlab o'tildi. Milliy mustaqilligimizning ikkinchi yilida Prezident O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li risolasini e'lon qildi. Ushbu kitobning alohida bobi Mustaqil O'zbekistonni rivojlantirishning ma'naviy-axloqiy negizlari deb nomlandi va unda ilk bor xalq ma'naviyatini rivojlantirish masalalari batafsil tahlil etildi. Ma'naviyat - insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yo'q joyda hech qachon baxt-saodat bo'lmaydi,-deb yozgan edi Prezident mustaqillikning dastlabki yillaridayoq, keyinchalik «O'zbekiston XX1 asrga intilmoqda» asarida bu g'oya yanada muayyanlik kasb etib, ma'naviyat «insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da'vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, e'tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg'otadigan qudratli botiniy kuch» sifatida ta'riflandi. Prezidentning ta'riflari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 495.34 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:03 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 495.34 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga