I. Karimovning O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida nomli asari

I. Karimovning O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida nomli asari

O'quvchilarga / Pedagogika
I. Karimovning O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida nomli asari - rasmi

Material tavsifi

I.A.KARIMOVning «O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida» nomli asari Reja: Iqtisodiy islohotlar strategiyasi va yo'lini shakllantirish mexanizmi. Iqtisodiy islohotlar huquqiy negizining barpo etilishi. Maqsadimiz - kuchli ijtimoiy kafolatni taminlovchi demokratik davlatni qaror toptirish. 1. Bozor iqtisodiyotini belgilab beruvchi quyidagi qator shart-sharoitlar mavjuddir: - iqtisodiy nematlarni ishlab chiqarish borasidagi vazifalarni odamlar, odamlar guruhlari va mintaqalar o'rtasida taqsimlanishiga erishish orqali erkin tovar almashuviga o'tish; - Mustaqil davlat hamda zamonaviy iqtisodiyot qonunlarini yaxshi biladigan, qolaversa, ularni ijodiy rivojiga xissa qo'sha oladigan, iqtisodiy qonunlarni amaliyotga tadbiq etishga qodir bo'lgan ijtimoiy-siyosiy kuchlar tub islohotlarni o'tkazishga tayyor bo'lishlari; - erkin tadbirkorlik, pul talabi va bozor raqobati ishlab chiqaruvchilarni jamiyat uchun zarur bo'lgan sifatli mahsulotlarni yetkazib berishga buyruqlar va ko'rsatmalarga qaraganda birmuncha jiddiyroq majburlaydi; - keng ishlab chiqarish omillariga (jumladan ishchi kuchiga ham) ega bo'lish uchun zamonaviy ishlab chiqarish vositalari, etarli ishchi kuchi, axborot bozori, rivojlangan bozor xo'jaligi zarur; - raqobat bo'lgandagina bozor me'yorida ishlaydi. Har qanday monopoliyalar bozor qonunlariga amal qilinishiga to'sqinlik qiladi. O'zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, ijtimoiy larzalarsiz, qatiyat va izchillik bilan bozor munosabatlariga o'tish, turmush darajasi yuksak bo'lgan mamlakatlar qatoriga chiqib olishni ta'minlaydigan qudratli iqtisodiy negizni vujudga keltirayotgan davlatchilikning mustahkam poydevorini vujudga keltirish zarur edi. Sobiq ittifoq sharoitida xom ashyo bazasiga aylanib qolgan O'zbekistonni endilikda tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradigan, barcha istemol tovarlari va texnika-texnologiya bilan o'zini-o'zi ta'minlaydigan, chetga jahon andozalari talablariga mos raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga qodir bo'lgan Respublikaga aylantirish maqsadi mustamlaka-totalitar tuzum merosining og'ir oqibatlarini tugatish hamda keng miqyosda tub iqtisodiy islohotlar o'tkazishni obyektiv shart qilib qo'ydi. O'zbekiston Respublikasi ichki siyosatining negizi - inson manfaatlariga qaratilgan mehnatga rag'batlantirishning kuchli mexanizmiga ega bo'lgan va aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini davlat yo'li bilan himoya qiladigan bozor iqtisodiyotini qurishdir. Lekin shuni takidlash kerakki, bozor faqat maqsad emas, balki yangi qadriyatlarni shakllantirish, insonlar farovonligini sifat jihatdan tubdan yuqori darajaga ko'tarish uslubi va vositasidir. Bozorga erishish uchun uni eng kam yo'qotishlar bilan amalga oshirish, ijtimoiy larzalarga yo'l qo'ymaslik kerak. O'zbekiston Respublikasining ichki siyosati ham yangilanish va ijtimoiy taraqqiyot yo'limizning umumiy tamoyillaridan hamda Respublikaga xos xususiyatlardan kelib chiqadi. Bozor tomon harakat qilingan sari, ijtimoiy siyosatning ustivor yo'nalishlari ham, ijtimoiy himoya tadbirlari ham o'zgarib boradi. Islohotlarning turli bosqichiga - deydi I.A.Karimov ijtimoiy siyosatning o'ziga xos qoidalari mos keladi. Ijtimoiy himoyalash tizimining asosiy yo'nalishi - kam daromadli tabaqalarga, qiyin ahvolga tushib qolganlarga amaliy yordam ko'rsatish hisoblanadi. Narxlarning o'sishi munosabati bilan ish haki miqdorini qayta ko'rib chiqish hamda aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida jamg'armalar, shahar va tumanlarda mehnat birjalarining tashkil qilinishi muhimdir. Ijtimoiy sohaning eng ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.55 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.55 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga