Ichki ishlar organlari profilaktik faoliyatini tashkil etishda tarbiya va ta'lim jarayonining qonuniyatlari va prinsiplari Reja: Ichki ishlar idoralari faoliyatida tarbiya jarayonining tizimi, prinsiplari va qonuniyatlari. Tarbiyaviy profilaktik vazifalarni hal etishda ta'lim jarayonining o'rni va uning prinsiplari. Ichki ishlar idoralari faoliyatida tarbiyaviy ishlarni olib borishning asosiy yo'nalishlari. Ichki ishlar idoralari faoliyatida tarbiya jarayonining tizimi, prinsiplari va qonuniyatlari Ma'lumki, insoniyat tarbiyasiz yashashi va muvaffaqiyatli rivojlanishi mumkin emas. Yosh avlodni tarbiyalash kishilik jamiyati vujudga kelgan paytdan beri mavjud. Tarbiya ishlab chiqarishda va ijtimoiy hayotning boshqa sohalarida avlodlar o'rtasidagi davomiylik aloqasi uchun zarurdir. Ichki ishlar organlari faoliyatida tarbiyaviy jarayon o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, bu turli huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarni tarbiyalash, jinoiy jazoni o'tab qaytgan shaxslar bilan tarbiyaviy profilaktik ishlarni tashkil etishda namoyon bo'ladi. Ichki ishlar organlarida «tarbiya» va «jinoyatning oldini olish» tushunchalari o'zaro bog'liq bo'lib, bir-birini to'ldiruvchi ahamiyatga ega. Chunki tarbiyaga profilaktik funksiya, profilaktikaga esa tarbiyaviy funksiya taalluqlidir. Tarbiya - inson hayoti uchun zarur bo'lgan bilim, tajriba va odob-axloq qoidalarini o'rgatuvchi ijtimoiy jarayon. Tarbiyaning asosiy maqsadi shaxsni aniq maqsadga va ijtimoiy faol, ijodkor, ma'naviy-kasbiy yetuk va komillikka intilib yashashga yo'naltirishdan iborat. Uning vazifasi esa: shaxsning yosh davrlari dinamikasiga xos sifat va miqdor o'zgarishlarini o'rganish; yosh, jins, va individual-psixologik xususiyatlar asosida shaxs «men»iga oid munosabatlar mezonini o'rganish; shaxs erkinligi va uni ijtimoiy faollikka undovchi omillarni aniqlash; - shaxs «men»i va uning chegarasini aniqlashdan iborat. Tarbiyaning asosiy metodlari: kuzatish (bevosita va bilvosita). suhbat. tarbiyalanuvchining faoliyatini o'rganish. so'rovnoma va boshqalar. Ichki ishlar xodimlari faoliyatida tarbiyaviy-profilaktik ishlarni olib borishdan asosiy maqsad - har kimga so'zsiz bo'ysunadigan shaxsni tarbiyalash emas, balki dunyoqarashi keng, erkin fikrlaydigan shaxsni tarbiyalashdan iborat. Ichki ishlar xodimlari tinimsiz izlanish, o'qibo'rganish, bilimlarini boyitish orqali ham o'zlarini o'zlari tarbiyalab borishlari kerak. Tarbiya ma'naviy manbalar, hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan holda tarbiyalovchining tarbiyalanuvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o'zaro amaliy va nazariy muloqotidir. Ichki ishlar organlari faoliyatida tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari xodim shaxsi tomonidan rejalashtiriladi va quyidagicha tartibga solinadi: tarbiyalanuvchida ijobiy xislatlarni shakllantirishga oid maqsadlarni rejalashtirish; salbiy xislatlarni bartaraf etishga xizmat qiluvchi usullarni tanlash va ulardan unumli foydalanish; belgilangan maqsad uchun xizmat qiladigan nazariy va amaliy manbalardan foydalanishni rejalashtirish. Bunday rejalashtirilgan tarbiya mohiyatini ta'lim-tarbiya tizimi, jamiyat va insonlarning intellektual va jismoniy faoliyati tashkil qiladi. Tarbiya jarayonining tuzilishi qo'yilgan aniq maqsadlar va ularni amalga oshiruvchi usullarni o'z ichiga qamrab oladi. Shu ma'noda ichki ishlar organlari faoliyatida tarbiya jarayonining tizimi quyidagilardan tashkil topadi: tarbiyaviy jarayon subyektlari; tarbiyaviy jarayon obyektlari; tarbiya prinsiplari; tarbiya metodlari. Tarbiyaning jamiyat ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
34.87 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:03
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
34.87 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:03 ]
Arxiv ichida: docx