IChKI NAZORAT TIZIMIDA DARS KUZATISh VA UNI TAHLIL QILISh Reja: 1. Dars ta'lim-tarbiya ishini tashkil qilishning asosiy shakli. 2. Darsga bo'lgan didaktik talablar 3. Darsni kuzatish va tahlil qilish-ichki nazoratning muhim shakli ekanligi 4. Dars kuzatishda maqsadni belgilash va tahlil qilishni rejalashtirish 5. Kuzatilgan darsni hujjatlashtirish 6. Dars tahlilining turlari Maktabda o'quv ishini tashkil etishning asosiy shakli dars hisoblanadi. Dars deb, bir hil yoshdagi o'quvchilarning bitta guruhga o'qituvchi rahbarligida aniq mavzu, aniq maqsad, aniq reja, aniq rejim va o'quv vositalari asosida tashkil etilgan mashg'ulotga aytiladi. Demak, dars maktabdagi ta'limning asosi bo'lib hisoblanadi. Chunki darsda asosiy ta'lim-tarbiyaviy vazifalar hal etiladi, izchil bilim berish yuzasidan turli ishlar olib boriladi. Dars o'quvchilarni ijodiy fikrlashga o'rgatishi, dalillarni izoxlash, talqin orqali yangicha tafakkur o'yg'otishi lozim. O'qituvchining serzahmat ishi sinfda darsdan boshlanadi. Har bir dar pedagogik mahorat ko'rigi bo'lishi, muayyan maqsadga erishilishi, har bir darsdan qoniqish va iftihor bilan chiqishi lozim. Demak, har bir maktab pedagoglar jamoasi ta'limning asosi - darsda samaradorlikka erishaylik, degan shior bilan ishlashi hozirgi kunning muhim talabidir. Hozir maktablarimizda qo'llanilayotgan sinf-dars tizimi quyidagi tashkiliy shaklda olib boriladi. Har qaysi sinf yoshi va bilimiga ko'ra bir hil darajadagi bolalarning doimiy guruhiga ega bo'ladi. Dars mashg'uloti asosan boshlang'ich sinflarda 40 minut, qolgan sinflarda esa 45 minutga mo'ljallangan bo'lib, qatiy o'quv jadvali orqali olib boriladi. Dars bevosita o'qituvchining rahbarligida jamoa va yakka shaklda olib boriladi. Dars o'tilayotgan materialning mazmuniga qarab hilma-hil usul bilan olib boriladi, ta'lim tizimining bir qismi sifatida, albatta, tugallangan bilim beradi va navbatdagi bilimlarni o'zlashtirish uchun zamin yaratadigan qilib uyushtiriladi. Darsga bo'lgan talablar Dars, yuqorida aytib o'tilganidek, o'qitishni tashkil etishning o'zgarmas shakli emas, o'quv amaliyoti va pedagogik tafakkur doimo uni takomillashtirish yo'llarini izlaydi. Bu sohada turli hil ko'rik tanlovlar, Respublika miqyosida o'tkazilayotgan pedagogik o'qishlar hamda turli ilmiy metodik, amaliy seminar va anjumanlarda o'rtaga qo'yilayotgan ilg'or o'qmtuvchilarning fikr va mulohazalari diqqatga sazovordir. Dars quyidagi didaktik talablarga javob berishi kerak: Har bir dars malum maqsadni amalga oshirishga qaratilgan va puxta rejalashtirilgan bo'lmog'i lozim. Har bir dars mustahkam g'oyaviy-siyosiy va milliy qadryatlar yo'nalishiga ega bo'lmog'i lozim. Har bir dars turmush bilan, amaliyot bilan bog'langan bo'lmog'i lozim. Har bir dars hilma-hil usul, metod va vositalarda unumli foydalanilgan holda olib borilmog'i lozim. Darsga ajratilgan har bir soat va daqiqalarni tejab, undan unumli foydalanmoq darkor. Har bir dars o'qituvchi va o'quvchining faolligi bilan belgilanmog'i lozim. Dars o'quv materiallarining mazmuniga oid ko'rgazmali qurollar, texnika vositalari va kompyuterlardan foydalanish imkoniyatini yaratmoq lozim. Dars mashg'ulotini butun sinf bilan yoppasiga olib borish ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.99 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.99 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:03 ]
Arxiv ichida: doc