Ichki nazorat tizimida ijroni tekshirish

Ichki nazorat tizimida ijroni tekshirish

O'quvchilarga / Pedagogika
Ichki nazorat tizimida ijroni tekshirish - rasmi

Material tavsifi

Ichki nazorat tizimida ijroni tekshirish Reja: 1. Ijroni tekshirish; 2. Ichki nazorat tizimida dars kuzatish; 3. Dars tahlili turlari. Tayanch iboralar: Ichki nazorat tizimi, ijro, dars tahlili, didaktik tahlil, umumiy pedogogik tahlil. Mamlakatimiz mustaqil bo'lgandan so'ng ta'lim sohasiga alohida etibor berilmoqda. 1997 yilda ta'lim to'g'risida yangi qonun qabul qilindi. ta'lim tizimini tubdan qayta ko'rib chiqish vaqti etdi, professional bilimlarni egallash imkoniyatini kengaytirish, mamur-menedjerlarni tayyorlashni yo'lga qo'yish, yangi sharoitlarda, yangi zamonaviy texnologiyalarda ishlashga qobil ishchi va mutaxassislarni tayyorlashni yo'lga qo'yish lozim. Bugungi kun yoshlar bilan muntazam, qunt bilan ish olib borish, istedodli bolalarni saralab, ularga chet-elning yaxshi o'quv markazlarida professional bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratishni taqoza etyapti. Bu maqsadni amalga oshirishga yaqinda tuzilgan UMID jamg'armasidan umidimiz katta. Eng muhimi shuni anglab etishimiz kerakki, kadrlar masalasini hal etmas ekanmiz, sayi-harakatlarimiz kutilgan natijalarni berishi, hayotimiz, ma'naviyatimiz o'zgarishi qiyin kechadi. Demakki, zamonaviy ta'lim-tarbiya tizimini isloh qilish, zamon talablariga mos kadrlar tayyorlash ishini yo'lga qo'yish faoliyatimizning bosh qilinadi bo'lmog'i darkor. Maktab rahbarlarining tashkilotchilik ishida hukumatimizning xalq maorifi va maktab to'g'risidagi qarorlari, O'zbekiston xalq ta'limi vazirligi, viloyat, shahar va nohiya xalq ta'limi bo'limlari tomonidan qabul qilingan qarorlarining va maktabning o'z qaror va buyruqlarining ijrosini nazoratga olish va tekshirish maktab ichki nazoratini ta'sirchanligini hamda har bir o'qituvchi va maktab xodimlarining ishiga nisbatan shaxsiy javobgarligini oshiradi. Bu esa, o'z navbatida maktabda o'quv-tarbiya ishlarining yanada takomillashuviga tez ta'sirini ko'rsata. Shuni alohida takidlash lozimki, ijroni tekshirish bilan masul xodimlar shug'ullangandagina u ta'sirchan bo'ladi. Shuning uchun ham ijroni muntazam ravishda tekshirishni tashkil etish uchun rahbarlarning shaxsan javobgar bo'lishi shuningdek, xodimlarni tanlash, omma bilan aloqada bo'lish, ishda ommani boy tajribasiga tayanishini nazorat qilish va ijroni tekshirish bilan uzviy ravishda birga bog'lab olib borish bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. qabul qilingan qaror bilan ijroning borligi, so'z bilan ishning borligi rahbarlik uslubining negizini tashkil qiladi. Ishning kuzini bilib tashkil etilgan ijroni tekshirish ana shunday borliqni shubhasiz mustahkamlaydi. U o'qituvchi, tarbiyachi, maktab xodimlarida o'ziga va boshqalarga nisbatan yuksak talabchanlikni intizomni tarbiyalaydi, topshirilgan ish uchun mas'uliyat hissini kuchaytaradi qo'yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishni to'g'ri yo'llarini qidirib topish kishilarda qiyinchiliklarni engish sabot-matonat, tashabbuskorlik muvaffaqiyatiga erishish uchun uzluksiz va sobitqadamlik bilan intilish hissini tarbiyalaydi. Bu maktabning to'g'ri boshqarishning muhim shartlaridan, hozirgi bozor iqtisodiyotida davri eng zarur talablaridan biridir. Maktabda dars o'quv ishini tashkil etishni asosiy shakli hisoblanadi. Yoki boshqacha qilib aytganda, maktabdagi ta'limning asosi darsidir. Darsda maktabning ta'lim-tarbiyaviy vazifalari hal etiladi, o'qituvchi o'quvchilarga izchil bilim berish yuzasidan turli ishlar olib boradi. Dars-fikrni uyg'otish va zehnini yangi dalillar, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.59 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.59 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga