Ifodali o'qish malakalarini shakllantirish

Ifodali o'qish malakalarini shakllantirish

O'quvchilarga / Pedagogika
Ifodali o'qish malakalarini shakllantirish - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1.Kirish: a) mashg'ulotning maqsadi; b) ifodali o'qishning o'quvchilar tarbiyasidagi ahamiyati; d) o'qituvchining nutqi - eng asosiy omil. 2.Ifodali o'qish tarixidan. 3.Nutq texnikasi: a) ovoz va uning hosil bo'lishi; b) unli va undosh tovushlar talaffuzi; d) urg'u, pauza, ohang, intonatsiya. 4.Badiiy asarlarni ifodali o'qish: she'rlarni o'qish; ertaklarni, hikoyalarni o'qish; xalq og'zaki ijodi kichik janrlarini o'qish. Ifodali o'qish qoidalari. Ifodali o'qishga qo'yilgan talablar. Ifodali o'qish bo'yicha chop etilgan uslubiy adabiyotlar, ularning mualliflari, yutuq va kamchiliklari. Ifodali o'qish metodikasi. O'qish texnikasi. Ifodali o'qish tarixi. Tez va ifodali o'qishning farqi. Turli uslubdagi matnlarni o'qish qoidalari. She'r, g'azal, ruboiylarni o'qish. Xalq og'zaki ijodi asarlarini - doston, ertak, latifa, lof, masal, matal, topishmoq, tezaytish, sanama, maqol va boshqalarni o'qish. Obrazlarga bo'lib rolga kirib, taqlid qilib o'qish. Turli tadbirlarga, radio, televideniyeda tabriknoma kabilarni o'qib berish usullari. Yuqorida sanab o'tilgan asarlardan namunalar o'qib berish. Boshlang'ich sinflar O'qish darsliklariga kiritilgan asarlardan o'qish. Sinfdan tashqari o'qish mashg'ulotlarida o'qib kelinadigan asarlardan o'qish. Ishtirokchilarning ifodali o'qishlariga baho berish. Yangi alifboda ifodali o'qishlarini tushuntirish. 1. a) mashg'ulotning maqsadi ishtirokchilarning davlat talablarida ta'kidlangan lotin yozuviga asoslangan yangi alifboda bir qarashda ifodali o'qiy olish ko'rsatkich bo'yicha malakalarini aniqlash hamda ularga bu boradagi yangiliklar to'g'risida ma'lumot berib, o'quvchilarda ifodali o'qish malakalarini shakllantirish yuzasidan tavsiyalar berish. b) ifodali o'qish boshlang'ich sinf o'quvchilarining har taraflama mukammal rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bola ifodali gapirsa, badiiy matnlarni ifodali o'qisa, o'zini sinfda, jamoa orasida erkin sezadi. Bu hol esa, uning barcha ishlarini, topshiriqlarni tez tushunib, to'g'ri bajarishiga imkon beradi. Bola bir yumushni a'lo darajada bajarsa, uni quvonib, to'lqinlanib ota-onasiga, o'qituvchisiga va do'stlariga so'zlab beradi. Xuddi shunday psixologik jarayon bola biror bir badiiy asarni ifodali o'qiganda va bu uchun uni o'qituvchisi rag'batlantirganda namoyon bo'ladi; d) yosh murg'ak qalbda ifodali o'qishga qiziqish, havas uyg'otishda o'qituvchuning mahorati, nutqi katta o'rin tutadi. Ulug' Sharq pedagoglarining ta'kidlashicha, birinchi darajali ko'rgazmali qurol o'qituvchining o'zi, ya'ni uning qiyinishi, yurish-turishi va boshqa xususiyatlari hisoblanar ekan. Ikkinchi o'rinda esa o'qituvchining nutqi turar ekan. Shularni e'tiborga olganda, o'qituvchi doimo o'z nutqi ustida ishlashi lozim. 2. Ifodali o'qish insoniyat tarixida biror bir voqeani, ma'lumotni aniq, tushunarli darajada yetkazishdan, xalq og'zaki ijodi asarlarini qoidaga rioya qilgan holda hikoya qilib berishdan, ya'ni ifodali o'qishga ma'lum miqdorda poydevor vazifasini o'tagan. Badiiy adabiyot paydo bo'lgandan so'ng esa, uning ifodali o'qishi, og'zaki ijrochiligi ham rivojlana bordi. Badiiy asar yaratuvchilar xalq orasida so'z san'atkori sifatida emas, balki ijrochi sifatida ko'proq e'tiborga ega bo'lganlar. Jumladan, Avesto ning yaratuvchilari xalq orasida uning ijrochilari- kohinlar toifasi sifatida ham obro' ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.91 KB
Ko'rishlar soni 34 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.91 KB
Ko'rishlar soni 34 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga