Ifodali o'qishda nutq a'zolarining roli

Ifodali o'qishda nutq a'zolarining roli

O'quvchilarga / Pedagogika
Ifodali o'qishda nutq a'zolarining roli - rasmi

Material tavsifi

Reja: Nafas - ifodali o'qishning asosiy vositalaridan biri. Nafas mashqlari. Badiiy asarlarni ifodali o'qishda ovozning turli ohangda ishlatilishi. Diksiya - notiq va adabiyot o'qiituvchining nutqining asosiy qurollaridan biri. Ifodali o'qish jarayonida nafas, ovoz va nutq a'zolari faol ishtiirok etadi. Nafas - ifodali o'qiishning muhim vositalaridan biridir. U kishi organizmi uchun ham asosiy oziqa hisoblanadi. Shuning billan birga, nutq so'zlash jarayoni, ayniqsa, ifodali o'qiish san'ati nafas negizi bilan uzviy aloqadordir. Nafas olinganda havo burun bo'shlig'idan kekirdakka boradi va nafas yo'li orqali o'pkaga o'tadi. O'pkaga kirgan havo qovurg'a muskullarini kengaytiradi, natijada qovurg'alar qorin bo'shlig'idan uzoqlashib ikki yonga gengayadi. Aniqrog'i, ko'krak qafasi har tomonga kengayadi. Shu bir vaqtda qorin bo'shlig'ini ko'krak bo'shlig'idan ajratuvchi diafragma o'pkaning havoga tushib kengayishi hisobiga pastga yaqqol sezilib turadi. To'g'ri nafas olish inson hayoti uchun ham,ifodali o'qish uchun ham juda katta ahamiyatga ega. Agar noto'g'ri nafas olishsa - o'rinsiz pauzalar qilishsa, o'qilayotgan mantiqan buziladi. Matndagi muallif maqsadi tinglovchiga to'g'ri yetib bormaydi fikr tushunarsiz bo'lib qoladi. Shuning uchun oliy va o'rta maktablarning o'qituvchilari o'zlarining va o'quvchilarning nafas organlari muskullarini chiniqtirib borishlari lozim. bu borada amalga oshiriladigan chora va tadbirlar insonni sog' va baquvvat qiladi, tovush va nutqning aniq, ravon, burro va jarangdosh bo'lishini ta'minlaydi. 1 mashq. Dastlabki holat. Gavda to'g'ri tutilib, oyoq tovonlari bir-biridan yelka kengligida uzoqlashtiradi. qo'llar yelka kengligida oldinga cho'zilgan holda ko'tariladi, kaftlar bir-biriga tegib turadi va ko'llar ikki yonga yo'naltirilib, burun orqali nafas olinadi. Ikki deganda, gavda o'z holiga qaytariladi, ko'llar yana oldinga cho'zilgan holda kaftlar bir-biriga tegizilib, og'izdan nafas chiqariladi. Shu tarzda, bir deganda, yuqorida aytilgan holatga kelib, nafas olinadi, ikki deganda esa asl holatga qaytib nafas chiqariladi.Bu mashq har safar 4-5 marta qaytariladi. Eslatma:har bir mashqdan nafasni faqat burun orqali olib,og'izdan chiqarishni unutmang. 2-mashq. Bu mashqda gavdani to'g'ri tutgan holda tomonlar bir-biriga yaqinlashtiriladi, panjalar bir oz kenglikda tutilib, qo'llar bo'yinga olinadi. Bir deganda, tovon ko'tarilib, oyoq uchida turiladi. qo'llar ikki tomnga cho'zilib, burun orqali nafas olinadi. Ikki deganda, oyoq uchida turgan holatda o'tiriladi. Tizza bir-biri bilan juftlashtirilib, qo'llar oldinga cho'ziladi va nafas chiqariladi. Nega deganda, asta-sekin o'sha holatda o'rnidan turib, qo'llar ikki tomonga cho'zilib, nafas olinadi. Bu mashq ham har safar 4-5 marta qaytariladi. To'g'ri nafas olish hayot uchun naqadar zarur bo'lsa, ovoz ham kishilarning bir-birlari bilan bo'ladigan muomalasida katta ahamiyatga egadir. Xo'sh ovoz qanday hosil bo'ladi? Ovoz oliy asab tizimi signallarining mahsulidir. Oliy asab tizimi biror narsaga tiqilish uchun ko'zlarga, biror narsani olish uchun qo'llarga, oldinga qo'dash uchun oyoqlarga buyruq (signal) bergani kabi ovoz ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.46 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.46 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga