Igna bargli daraxtlarning kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Reja: Qarag'ay novdalarining deformatsiyasi, qarag'ayning vertun kasalligi. Elim raki yoki seryanka raki. Ilma daraxtining qurishi yoki grafioz kasalligi. Barg va shoxlarning yuqumsiz kasalliklari. Qarag'ay novdalarining deformatsiyasi, qarag'ayning vertun kasalligi. Kasallik qo'zg'atuvchisi - Melampsora pinitorqua Rostr. zamburug'' ko'chatlar va 1-12 yoshgacha bo'lgan qarag'ay daraxtlarining shox, novda va barglarini, shuningdek tog'terak oq terak barglarini kasallantiradi, ya'ni u ikki xo'jayinli, to'liq rivojlanish doirasiga ega bo'lgan zamburug'' turi hisoblanadi. Ba'zan tog' va veymut qarag'ayida xam uchraydi. Kasallangan joylarda mitseliy daraxtining kambiy va lub to'qimalarini emiradi, nov-dalar yuqori qismining og'irligi natijasida egiladi, ammo o'sishdan to'xtamaydi va novda lotin xarfi «S»ga o'xshab qiyshaya boshlaydi. Shuning uchun kasallik «qarag'ay vertuni» deb ataladi. Kasallikning zarari tuproq va obhavo sharoitiga bog'liq. Kasallanish erta bahorda bazidiosporalar orqali yuzaga keladi. Yosh, yashil po'stloqli novdalarda va ignabarglarida spermagonial davri hosil bo'ladi. Spermagoniysi o'tmas piramida shaklida bo'lib, epidermis hujayralarida yoki kutikula tagida joylashadi. Ularning balandligi 45, eni 130 mkm. Bir yillik ko'chat va novdalar yosh po'sti parenximatik hujayralarining ikkinchi va uchinchi qatorida spermagoniylar tagida tillarang-sariq, yassi (uzunligi 1-2 sm va eni 2-3 mm) esiyalar hosil bo'ladi. Esiosporalar tuxumsimon yoki cho'zinchoq, o'lchami 14-22x12-17 mkm, yuzasi mayda qalqonlar bilan qoplangan. Esiyalar hosil bo'lgan po'stloq qorayadi va qurib qoladi. Urediniosporalari sarg'ish-qo'ng'ir bargning stki qismida joylashgan urediniopustulalarda rivojlanadi. Urediniosporalari oval yoki tuxumsimon, o'lchami 15-23x11-16 mkm. Sporalar orasida rangsiz, to'qmoqsimon, o'lchami 40-60 mkm, yuqorigi qismining eni 12-17 mkm bo'lgan parafizalar joylashadi. Yoz oxirida kasallangan barglarning pastki qismida zamburug'' to'q jigarrang qo'tirsimon teliopustulalar hosil qiladi. Teliosporalari jigarrang, qalin po'stli, noto'g'ri prizmasimon, birbiriga zich yopishgan, o'lchami 20-35x7-12 mkm bo'ladi. zamburug'' to'kilgan barglarda hosil bo'lgan teliosporalari bilan qishlaydi. Erta bahorda ular o'sib, geterobazidiyalarida bazidiosporalar hosil qiladi. Ular birlashib changlanuvchi tillarang, mayin g'ubor tashkil qiladi. Bazidiosporalar qarag'ayning yosh novdalariga o'tib, ularda esiyalar hosil qiladi. zamburug'' qarag'ay daraxti uchun xavflidir, chunki uning mitseliysi ta'sirida lub va kambiy to'qimalari yoriladi, o'sim-lik suvini yo'qotadi, uning mexanik chidamliligi pasayadi, novda egiladi va deformatsiya yuzaga keladi. Faqat jadal o'sayotgan baquvvat novdalargina egilmay qoladi. Bu kasallik ko'chatzorlarda, yosh daraxtzorlarda va tabiiy o'r-monlarda qarag'ay daraxtiga katta zarar keltiradi. Novdalarining deformatsiyasi yog'och qismining texnik sifatini yomonlashishiga olib keladi. Kasallik kuchli rivojlanganda daraxtning yuqori qismi qurib qoladi. Natijada «jodugar supurgisi» hosil bo'ladi. Bu zamburug'' bilan kasallangan qarag'ay va terak daraxtlarining barglari bevaqt to'qiladi. Kasallikning rivojlanishiga ob-havo sharoiti yuqori dara-jada ta'sir qiladi. Quruq va iliq kuzgi havo sporalarning qishga yaxshi tayyorlanishiga imkon beradi, uzoq muddatli sernam bahor esa bazidiosporalarning o'sishi va qarag'ay daraxtining ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.79 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:03
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.79 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:03 ]
Arxiv ichida: docx