Ijtimoiy - siyosiy barqarorlik, milliatlararo totuvlikning ta'minlanishi

Ijtimoiy - siyosiy barqarorlik, milliatlararo totuvlikning ta'minlanishi

O'quvchilarga / Pedagogika
Ijtimoiy - siyosiy barqarorlik, milliatlararo totuvlikning ta'minlanishi - rasmi

Material tavsifi

Ijtimoiy - siyosiy barqarorlik, milliatlararo totuvlikning ta'minlanishi Reja Ijtimoiy-siyosiy barqarorlik tushunchasi, uning belgilari, zarurligi. O'zbekistonda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning, fuqarolar o'rtasida tinchlikning ta'minlanishi. Iqtisodiy va siyosiy barqarorlikning o'zaro bog'liqligi. O'zbekistonda millatlararo munosabatlar. 1. Yangi demokratik jamiyat qurish jarayonida tinchlik va xotirjamlikning hukmron bo'lishi, fuqarolarning qonun oldida tengligini ta'minlanganligi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jabhalarda qonun ustuvorligi, jamiyat va davlatni boshqarishdagi izchillik ijtimoiy-siyosiy barqarorlik tushunchasi orqali ifoda etiladi. Bunday barqarorlikning muhim belgilaridan yana biri - millatlararo totuvlikdir. Demak ijtimoiy-siyosiy barqarorlik - har bir fuqaro kundalik faoliyatining bir maromda borishi, turli ijtimoiy guruhlar, millatlar orasida to'qnashuvlarning yo'qligi, davlat, hokimiyat hayotida tangliklarning bo'lmasligidir. Prezident I.Karimov takidlaganidek, keng xalq ommasining mitingbozlik, dabdababozlikka berilmasdan tinch, qadamba-qadam yaratuvchilik faoliyat bilan bandligi, ishchi-dastgox yonida, dehkon dalada, vrach-shifoxonada, muallim sinfxonada, xullas har kim o'z joyida mehnat qilishi - bu ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning mohiyati, mazmuni, ifodasi va namoyon bo'lishidir. Ijtimoiy-siyosiy barqarorlik ham ichki, ham tashqi omillar, yani siyosat bilan belgilanadi. Xalqning kundalik moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini tula kondirish bilan bog'liq siyosat ichki omilning mohiyatini tashkil qiladi. Barcha mamlakatlar bilan teng huquqlilik, o'zaro hamkorlik, hamjihatlik, ayni zamonda mamlakat manfaati ustuvorligini ta'minlash tashqi omilning asosini tashkil qiladi. Ijtimoiy-siyosiy barqarorlik hukmron bo'lgan jamiyatda barcha muammolar tinch yo'l bilan - kuch ishlatmasdan, muzoqaralar, malum darajada yon berishlar orqali hal qilinadi. Bu millatlararo va mamlakatlararo munosabatlarga ham taalluklidir. Mamlakatimizda xususiy mulk, mulkdorlar guruhi shakllanayotgan bir paytda bu masala katta ahamiyatga ega. Prezident I.A.Karimov takidlaganidek, Xususiy mulkni qonun himoya qilmasa, fermerlarning uylariga o't qo'yish boshlanadi. Mamlakat doimiy millatlararo va ijtimoiy mojarolar maydoniga aylanib ketadi. Tarixning muayyan davrlarida, haqiqiy davlatchilik qaror topayotgan bir paytda, ayniqsa bir tizimdan ikkinchi tizimga o'tishda kuchli ijroiya hokimiyati zarur. Qon to'qilishiga va qarama-qarshilikka yo'l qo'ymaslik, mintaqada millatlararo va fuqarolar totuvligini, tinchligi va barqarorlikni saqlash uchun shunday bo'lishi zarur. Tabir joiz bo'lsa, demokratiya sari harakat qilish uchun ham shunday bo'lishi zarur. Umuman ijtimoiy totuvlik va ahillik - ijtimoiy-siyosiy barqarorlik demakdir. Respublika Prezidenti I. Karimov Birinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining VI-sessiyasida so'zlagan nutqlarida aloqida takidlaganlaridek, O'zbekiston Respublikasining besh yil ichida qo'lga kiritgan eng muhim yutuqlaridan biri mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning, millatlararo totuvlikning ta'minlanishi, jamiyatning ko'pmillatlilik asosida shakllanishi bo'ldi. O'zbekistonda jamiyatni bir holatdan ikkinchi holatga qarab rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan keng demokratik islohotlarning amalga oshirilishi, ularning samaradorligi, nazariy va amaliy jihatdan ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni talab etadi va unga asoslanadi. Shuning uchun ham bunday barqarorlikni demokratik isloqotlarning mustahkam poydevori deyish mumkin. Bugun xalqimizga tinchlik va osoyishtalik kerak. Qonuniylik va huquq tartibotni qaror toptirish siyosiy va konstitutsiyaviy tizimga, yani demokratik, adolatli jamiyatga erishish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.01 KB
Ko'rishlar soni 33 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.01 KB
Ko'rishlar soni 33 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga