Ijtimoiy maktabgacha ta'limni tashkil qilish vazifalari va rivojlanishining asosiy bosqichlari

Ijtimoiy maktabgacha ta'limni tashkil qilish vazifalari va rivojlanishining asosiy bosqichlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Ijtimoiy maktabgacha ta'limni tashkil qilish vazifalari va rivojlanishining asosiy bosqichlari - rasmi

Material tavsifi

Ijtimoiy maktabgacha ta'limni tashkil qilish vazifalari va rivojlanishining asosiy bosqichlari Reja: Maktabgacha ta'limning Davlat xarakteri, uning xalq ta'limi tizimida tutgan o'rni. O'zbekistonda ijtimoiy maktabgacha ta'limning vujudga kelish va taraqqiyot bosqichlari. ta'lim to'g'risida qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturda - maktabgacha ta'limning maqsad va vazifalari. Maktabgacha ta'lim bo'yicha asosiy hujjatlarni o'rganish. Mavzuning matni Maktabgacha ta'limning Davlat xarakteri, uning xalq ta'limi tizimida tutgan o'rni. Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining boshlang'ich turi hisoblanadi. hamda O'zbekiston Respublikasini ta'lim to'g'risida «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to'g'risida qonunlari talablari asosida tashkil etildi. Maktabgacha ta'lim sog'lom, xar tomonlama yotuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoitlar yaratadi, bolalarni maktabda muntazm ravishda ta'lim olishga tayyorlashda ota-onalarga yordam beradi. Maktabgacha ta'lim bola 6-7 yoshga etguncha oilada, hamda davlat va davlatga qarashli bo'lmagan maktabgacha bolalar muassasalarida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim, bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga kulladigan Davlat talablariga muvafik sog'lom va yetuk, maktabda o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini kuzlaydi. Maktabgacha ta'limning vazifalari: bolalarni xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va umumbajariy qadriyatlar asosida va umumbajariy qadriyatlar asosida aqliy va ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash; Bolalarda milliy gurur, vatanparvarlik xislarini shakllantirish; Maktabgacha yoshdagi bolalarni bilim olish ehtiyojini, o'qishga intilish manbalarini shakllantirish, ularni muntazam ravishdagi ta'lim jarayoniga tayyorlash. Bolalarning tafakkurini rivojlantirish, uzining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish. Bolalarning jismoniy va ruhiy sogligini ta'minlash. Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'limning xamma turlari bilan mustahkam alohida olib boriladi. «O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida - oila jamiyatning asosiy buginidir, hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega» deyilgan. Shuningdek, voyaga yetmaganlar - davlat himoyasidadir - deb uktiriladi. Maktabgacha ta'lim muassasasi oila va jamiyatning bolalarga gamxurlik qilish, milliy va mintaqa xususiyatlarini hisobga olgan holda xar tomonlama barkamol qilib tarbiyalash va rivojlantirishga bo'lgan ehtiyojini kondirish maqsadida tashkil etiladi. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyada onalik va bolalikni Davlat tomonidan muhofaza kilinadi deb uktiriladi. Ijtimoiy maktabgacha ta'lim - bu Davlat tomonidan tashkil etiladigan Davlat muassasalari bo'lib, unda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta'lim va tarbiya beriladi. Ijtimoiy maktabgacha ta'limning vujudga kelishi asosan 1917-1918 yillardan keyingi davrlarga to'g'ri keladi. Bunda xalq komissarligining maktabgacha tarbiya bo'yicha deklaratsiyasi «Bolalar himoyasi Sovetining tuzilishi mamlakatda Davlat tomonidan maktabgacha tarbiya muassasasalarini kuplab ochilishi maktabgacha tarbiya bo'yicha xodimlarni tayyorlash vazifalarini kuyadi. Xotin-kizlarni mamlakatimizning xo'jalik va siyosiy hayotiga etish ishlari bolalar bog'chalari tarmoqlarini kengaytirish va qishloqda dastlabki bolalar bog'chalarini tashkil etishda kadam kuydi . 1918 yilda Turkiston xalq komissarligi koshida maktabgacha tarbiya bo'limi tashkil etiladi. Bu bo'limning vazifasi joylarda katta tashkiliy ishlarni-bolalar bog'chalari uchun joy kidirish va ularni kerakli jihozlar bilan ta'minlash, tarbiyachilar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.23 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.23 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga