Ijtimoiy pedagogik g'oyalarning Markaziy Osiyo, Rossiya va G'arbdagi tarixi Reja: O'zbekiston va chet elda ijtimoiy pedagogika fanining rivojlanish tarixi O'zbekistonda ijtimoiy pedagogika rivojining o'ziga xos xususiyatlari. Chet el ijtimoiy pedagogika rivojlanish tarixidan. Markaziy Osiyoda ma'rifatparvarlik g'oyalari va xalq pedagogikasi. Xalq pedagogikasi konsepsiyasi va uning o'ziga xos xususiyatlari 1. O'zbekistonda ijtimoiy pedagogika rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlari. Har bir fan aniq bir haqiqatdan o'sib chiqadi, uning aksini ifodalaydi. Ilmiy bilimlar amaliy faoliyatdan uzilgan holda rivojlana olmaydi. Aynan amaliyot istalgan fanning manbai hisoblanadi. Boshqa tomondan, barcha amaliy faoliyat ham agar ilm-fan yutuqlariga asoslangan bo'lsa yanada samarali bo'ladi. Ijtimoiy pedagogikani fan sifatida ham, amaliy faoliyat muhiti sifatida ham farqlaydilar, aslida ular bir-biri bilan o'zaro bog'liq. Amaliy faoliyat - bu ijtimoiy pedagogning aniq bir bola yoki bolalar guruhi bilan olib boradigan ishidir. Ijtimoiy pedagogika o'quv fani sifatida ham oldinga chiqishi mumkin. O'quv fani - bu umumta'lim yoki maxsus ta'lim muassasalarida o'rganiladigan predmetdir. O'zbekistonda fan, ilmiy bilimlar sohasida maxsus amaliy faoliyat hamda o'quv fani sifatida ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi - o'ziga xos xususiyatga ega. Qadim antik davrlardayoq bolani himoya qilish maqsadida o'z ijtimoiy pedagogik tarbiyaga oid muammolarini oldinga surganlar. Eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda jahon dinlari orasida eng qadimgi din, Markaziy Osiyo hududida zardushtiylik dini hukmronlik qildi. Bu din insoniyatga katta ta'sir etdi, ya'ni insonni birinchi o'ringa olib chiqdi. Zardushtiylar muqaddas kitobi Avesto (olovga sig'inish) o'z erasining o'ziga xos qomusiy asari deb hisoblash mumkin. Zardushtiy dinda axloqiy me'yorlar asosi (axloqiy mezonlar) uchlikka tayangan edi. Avesto da Inson yaxshi fikrlarga ega bo'lishi, faqat yaxshi so'zlar so'zlashi va savobli ishlar qilishi lozim deb yozilgan (xulq-atvor). Avesto ning katta qismi bo'lgan yasna larda inson kamolini ko'rsatuvchi axloq-odob mezoni ana shu uchlikda humata (gumata) - yaxshi fikr, hukta (gukta)-yaxshi so'z va hvarta (gvarshta) - yaxshi ishlarda ifodalanadi Men yaxshi fikr, yaxshi so'z, yaxshi ishga shon-shavkat bahsh etaman. Men yaxshilikdan iborat Mazda qonuniga shon-shavkat bahsh etaman (Yasna, 14), deyiladi. Avesto tadqiqotchisi A.O.Makovelskiy inson fikri, so'zlari va ishlariga ikki qarama-qarshi kuch: Voxu Manna (Ezgu fikr) va Apo Mana (Yovuz fikr) ta'sir ko'rsatadi deydi. Barcha fikrlar, so'zlar va ishlar ichida aslida ezgulik va yovuzlik yotadi. Yaxshi fikr deganda ilohiy qonun ruhidagi yaqin kishisiga mehribon bo'lish, muhtojlarga ko'maklashishga, yovuzlikka qarshi kurashishga doimo tayyor turish, kishilarning baxt-saodati uchun harakat qilish, ahillik va do'stlik, totuvlikda yashashga intilish ruhidagi niyatlar va fikrlar musaffoligi tushunilgan. Inson o'z fikr-xayolida boshqalarga hasad qilmasligi lozim. Yaxshi niyatli kishi darg'azab bo'lmaydi va boshqa jaholatlarga berilmaydi. Chunki bunday holatda inson yaxshi niyatini yo'qotadi, burch va ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.32 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
35.32 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:03 ]
Arxiv ichida: doc