Ijtimoiy pedagogika asoslari. Ijtimoiy pedagogika alohida fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida

Ijtimoiy pedagogika asoslari. Ijtimoiy pedagogika alohida fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida

O'quvchilarga / Pedagogika
Ijtimoiy pedagogika asoslari. Ijtimoiy pedagogika alohida fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida - rasmi

Material tavsifi

Ijtimoiy pedagogika asoslari. Ijtimoiy pedagogika alohida fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida Reja: 1. Sotsiologiya va ijtimoiy tarbiya, ijtimoiy pedagogika haqida tushuncha. 2. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari. 3. Ijtimoiy pedagogikaning tamoyillari. 4. Ijtimoiy-pedagogik tadqiqot ishlari. Tayanch tushunchalar: ijtimoiy pedagogika, kategoriya, tamoyil, tabiat, madaniyat, insonparvarlik. Fuqarolar o'z konstitutsiyaviy huquqlariga, konkret tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy - tarixiy, milliy ma'naviy - madaniy sharoitlarga asoslangan axloq normalariga to'la rioya etgan holdagina rivojlana oladi. Ijtimoiy ta'lim va tarbiya tizimidan o'tgan har bir odam-shaxs sifatida shakllanadi. Ijtimoiy vazifalarni bajarish layoqatiga ega bo'lgan, o'zining qiziqishi, qobiliyatini ijodiy namoish eta oladigan, jamiyatning boshqa a'zolari bilan mustaqil munosabatga kirisha oladigan odam shaxs sifatida ijtimoiy mavqega erishadi. Ayni vaqtda ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlar amaliy faoliyati bir-biriga juda yaqin, bu yaqinlik vazifasiga ko'ra, mazmuniga ko'ra va ish metodiga ko'ra yuz beradi, ular hech qachon biri ikkinchisini kesib o'tmaydi. Prezidentimiz Islom Karimov «Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» kitobining kirish qismida takidlaganidek, milliy davlatchilikka doimo xavf bo'lgan, bor va bo'ladi. Bu xavf-hatarini bartaraf etish uchun ma'naviy-ma'rifiy faoliyatni yangi bosqichga ko'tarish, milliy istiqlol g'oyasini joriy etish masalasida ijtimoiy pedagogik yondashuvidan keng foydalanish, differentsiatsiyalashgan psixologik-pedagogik dasturni, yangi darslik va qo'llanmalarni yaratish zarur. Jamiyat dunyo hamjamiyatining dinamik o'zgarishi munosabati bilan o'qitish, tarbiyalash, targ'ibot va tashviqot ishlarini uzviy ravishda qo'shish, yani ma'naviy - mafkuraviy, ma'rifiy faoliyatini pedagogika bilan birga olib borish uchun zarur sharoit yaratish lozim. Bu ijtimoiy pedagogika sohasidagi yangi ijtimoiy buyurtma bo'lib, tadqiqot ishlarini yo'lga qo'yishda haqiqiy jo'shqinlik kasb etadi. Ijtimoiy pedagogika pedagogika sohasining pedagog faoliyati bilan bog'liqdir. Shuning uchun ijtimoiy pedagogika Universitstlarida etishib chiqadilar. Ijtimoiy pedagog pedagoglik sohasida asosiy bog'liqliklaridan biri soha obyekti bolalardir. Ijtimoiy pedagog faoliyatining markazida esa normal ijtimoiy faoliyatdan chetlashgan - bolalarni jamiyatdagi tengdoshlari qatoriga qaytarish hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogika fanining obyekti ijtimoiylashtirishga muhtoj bo'lgan bolalar, ularga aqliy, pedagogik-psixologik, Sotsial axloqiy normalardan chetlashgan ijtimoiy tarbiya ola olmagan va jismoniy, aqliy, psixik tomondan buzilishga yo'l qo'yiladigan bolalar ular hammasi jamiyatining alohida yordamiga muhtojdir. Ijtimoiy pedagog - faqat o'qituvchi emas, bola qanday o'qiyotganini va rivojlanayotganini tushunadigan va his etadigan shaxsdir. U bola hayotini, kechinmalarini xuddi o'zinikidagidek tushunadigan va uning ma'naviy, madaniy, axloqiy rivojlanishida yo'llanmalar bera oladigan mutaxassis bo'lmog'i kerak. Shuning uchun haqiqiy pedagog faqat o'z fanini bilibgina qolmay, ayni vaqtda bolalar va kattalar bilan ijodiy muloqot qila oladigan, o'z ustida ishlaydigan inson bo'lishi muhim ahamiyatga ega. Fan bilimlar tizimi uning tushunchalari va mezonlarida aks etadi. Tushunchalar mavjud dunyoni idrok etish jarayonidagi aks etilishi shakllaridan biri. Har qanday fan rivojlanish jarayonida tushunchalar fan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.11 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.11 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga