Ijtimoiy pedagogika asoslari Reja: 1. Ijtimoiy pedagogika alohida fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida. 2. Odam-individ va shaxs sifatida. Inson shaxsining moddiyati, biologik, psixologik va ijtimoiy jihatlarning uyg'unlashuvi; 3. Shaxsning tarkib topishida irsiyat, muhit va kamolot (ta'lim tarbiya); 4. Rivojlanish - shaxsning jismoniy va aqliy jihatdan yetishish jarayoni ekanligi; 5. O'quvchi shaxsi kamolot jarayoning obyekti va subyekti fuqarolar o'z konstitutsiyaviy huquqlariga, konkret tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy-tarixiy, milliy ma'naviy-madaniy sharoitlarga asoslangan axloq normalariga to'la rioya etgan holdagina rivojlana oladi. Ijtimoiy ta'lim va tarbiya tizimidan o'tgan har bir odam-shaxs sifatida shakllanadi. Ijtimoiy vazifalarni bajarish layokatiga ega bo'lgan, o'zining qiziqishi, qobiliyatini ijodiy namoyish eta oladigan, jamiyatning boshqa a'zolari bilan mustaqil munosabatga kirisha oladigan odam shaxs sifatida ijtimoiy mavkega erishadi. Ayni vaqtda ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlar amaliy faoliyati bir-biriga juda yaqin, bu yaqinlik vazifasiga ko'ra, mazmuniga ko'ra va ish metodiga ko'ra yuz beradi, ular hech kachon biri ikkinchisini kesib o'tmaydi. Prezidentimiz Islom Karimov «Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» kitobining kirish qismida ta'kidlaganidek, milliy davlatchilikka doimo xavf bo'lgan, bor va bo'ladi. Bu xavf-xatarini bartaraf etish uchun ma'naviy-ma'rifiy faoliyatni yangi bosqichga ko'tarish, milliy istiqlol g'oyasini joriy etish masalasida ijtimoiy pedagogik yondashuvidan keng foydalanish: differensatsiyalashgan psixologik-pedagogik dasturni, yangi darslik va qo'llanmalarni yaratish zarur. Jamiyat, dunyo hamjamiyatining dinamik o'zgarishi munosabati bilan o'qitish, tarbiyalash, targ'ibot va tashvikot ishlarini o'zviy ravishda qo'shish, ya'ni ma'naviy-mafkuraviy, ma'rifiy faoliyatini pedagogika bilan birga olib borish uchun zarur sharoit yaratish lozim. Bu ijtimoiy pedagogika sohasidagi yangi ijtimoiy buyurtma bo'lib, tadqiqot ishlarini yo'lga kuyishda haqiqiy jo'shqinlik kasb etadi. Ijtimoiy pedagogika pedagogika sohasining pedagog faoliyati bilan bog'liqdir. Shuning uchun ijtimoiy pedagoglar pedagogika universitstlarida yetishib chikadilar. Ijtimoiy pedagog pedagoglik sohasida asosiy bog'liqliklaridan biri-soha obyekti bolalardir. Ijtimoiy pedagog faoliyatining markazida esa normal ijtimoiy faoliyatdan chetlashgan-bolalarni jamiyatdagi tengdoshlari qatoriga qaytarish hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogika fanining obyekti ijtimoiylashtirishga maqsad bo'lgan bolalar, ularga aqliy, pedagogik psixologik, sotsial axloqiy normalardan chetlashgan ijtimoiy tarbiya ola olmagan va jismoniy, aqliy,psixik tomondan bo'z ilishga yul qo'yiladigan bolalar ular hammasi jamiyatining alohida yordamiga maqsaddir. Ijtimoiy pedagog -faqat o'qituvchi emas, bola qanday o'qiyotganini va rivojlanayotganini tushunadigan va his etadigan shaxsdir. U bola hayotini, kechinmalarini xuddi o'zinikidagidek tushunadigan va uning ma'naviy, madaniy, axloqiy rivojlanishida yo'llanmalar bera oladigan mutaxassis bo'lmogi kerak, shuning uchun haqiqiy pedagog faqat o'z fanini bilibgina kolmay, ayni vaqtda bolalar va kattalar bilan ijodiy muloqot qila oladigan, o'z ustida ishlaydigan inson bo'lishi muhim ahamiyatga ega. Shaxs tarbiyasi va rivojlanishi pedagogika fanining muhim muammosi hisoblanadi. O'sib va rivojlanib boruvchi inson tarbiya obyekti hisoblanadi. Insonning rivojlanishi butun hayoti ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
990.83 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
990.83 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:03 ]
Arxiv ichida: doc