Ijtimoiy pedagogika mezonlari va tamoyillari

Ijtimoiy pedagogika mezonlari va tamoyillari

O'quvchilarga / Pedagogika
Ijtimoiy pedagogika mezonlari va tamoyillari - rasmi

Material tavsifi

Ijtimoiy pedagogika mezonlari va tamoyillari Reja: Pedagogika ijtimoiy pedagogika mezonlari. Ijtimoiy pedagogik faoliyat. Ijtimoiy ta'lim (o'qitish). Ijtimoiy tarbiya. Ijtimoiy pedagogika prinsiplari: a) tarbiyaning tabiat bilan uyg'un bo'lish prinsipi; b) madaniyat bilan uyg'un bo'lish prinsipi; в) gumanizm prinsipi. Asosiy tushunchalar: mezon va prinsiplar, ijtimoiy pedagogik faoliyat, ijtimoiy ta'lim va tarbiya, tabiatlashuv, madaniyatlashuv, gumanizm Pedagogika va ijtimoiy pedagogika mezonlari Fanning bilimlar tizimi uning tushunchalari va mezonlarida aks etadi. Tushunchalar - mavjud dunyoni idrok etish jarayonidagi aks etishi shakllaridan biri. Har qanday fan rivojlanishi jarayonida tushunchalar fan mezoniga birlashadi, kengayadi va qayta hosil qilinadi. Mezonlar yanada umumiy, fundamental asliy deb atalmish tushunchalarni bildiradi. Bu tushunchalardan mazkur fanda ishlatiladigan qolgan tushunchalar hosil bo'ladi. Oxirgi yillarda pedagogikada farqlanish jarayoni kuchaydi. Ko'pgina yangi ilmiy sohalar yuzaga keldi, bular soniga ijtimoiy pedagogika ham kiradi. Pedagogikaning har bir yangi ilmiy sohasi o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar uning mezon va tushunchalari tizimida o'z aksini topadi. Ijtimoiy pedagogika mezonlarini ko'rib chiqishda avval biz pedagogika mezonlarini ajratamiz. U (pedagogika) boshqa fanlardan nimani o'zlashtirganini, qaysi mezonlar asl o'ziniki ekanligini ko'rib chiqamiz. So'ng u boshqa fanlardan nimani o'zlashtirganini va qaysi tushunchalar o'zinikiligini bilish uchun pedagogika mezonlarini ijtimoiy pedagogikaga loyihalashtiramiz. Ma'lumki, pedagogika boshqa fanlar tushunchalarini o'zlashtiradi va ulardan keng foydalanadi, masalan, shaxs, rivojlanish, faoliyat, sotsializatsiya (ijtimoiylashuv), jamiyat. Uning asl mezonlari tarbiya, ta'lim va o'qitish hisoblanadi. Hozirgi kunda shuningdek, umumqabul qilingan pedagogik faoliyat mezoni ham kiradi. Ijtimoiy pedagogika mezonlariga ijtimoiy pedagogik faoliyat, ijtimoiy ta'lim va ijtimoiy tarbiya kiradi. Pedagogika va ijtimoiy pedagogika mezonlarining qiyosiy jadvali Ijtimoiy pedagogik faoliyat Pedagogik faoliyat - ta'lim va tarbiya orqali ijtimoiy madaniy tajribani berishga yo'naltirilgan kasbiy faoliyat turidir. Bu faoliyat ta'lim standartlari, o'quv rejalari, dasturlari bilan belgilanadi. Ijtimoiy pedagogik faoliyat bolaga ijtimoiylashuvi jarayonida (bolaning jamiyatga kirishi) yordam ko'rsatishga qaratilgan kasbiy faoliyat turidir. Bola bilan bo'lishi mumkin turli xil ta'lim muassasalari, tashkilotlari, birlashmalari ijtimoiy pedagoglar bilan amalga oshiriladi. Ijtimoiy pedagogik faoliyat har doim manzilli, ya'ni aniq bir bolaga va ijtimoiylashuv, jamiyatga integratsiya jarayonida yuzaga keladigan muammolarini hal etishga yo'naltirilgan bo'ladi. Pedagogik va ijtimoiy pedagogik faoliyatning qiyosiy jadvali 3. Ijtimoiy ta'lim (o'qitish) Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy maqom va o'rinlar, ijtimoiy o'zini tutish me'yor va qoidalari haqida ko'pgina bilimlarni o'zlashtiradi. U shuningdek, integratsiyasi va jamiyatga kirishga yordam beradigan turli xil malaka va ko'nikmalarni egallaydi. Agar normal oilada normal bola (jismonan va psixik sog'lom) tug'ilsa, unda uning jismoniy, psixik va ijtimoiy shakllanishi ma'lum qonunlarga ko'ra sodir bo'ladi. Bola avval jismoniy makonni o'zlashtiradi, unda yo'lini topishga o'rganadi: emaklash, o'tirish, yurish, yugurish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.69 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.69 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga