Ijtimoiy pedagogikada axloq me'yorlari va undan chetga chiqish tushunchasi. Deviatsiya (axloq me'yoridan chetga chiqish) - ijtimoiy pedagogik muammo sifatida. Deviant xulqli bolalar bilan ijtimoiy pedagogik faoliyat Reja: 1. Axloq me'yorlaridan chetga chiqish tushunchasi, unga tavsif va uning tiplari. 2. O'smirlik yoshida me'yordan og'ish deviatsiya holatlari. Deviatsiya turlari. 3. O'smirlarda deviantlik xulqining sabablari 4. O'smirlarning deviantlik xulqining oldini olish (profilaktikasi) ga asosiy yondashuv. 5. Deviant xulqli o'smirlarda ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya ishlari. Asosiy tushunchalar: Anomal bolalar, iqtidorlilik, ijtimoiy me'yorlar, rivojlanishida og'ishlik bo'lgan bola, nogiron bola, deviant xulq, delikvant xulq, qarovsizlik. Me'yor va xulqiy og'ishganlik tushunchasi va ularni tavsiflash. Xulqini og'ishganlik tiplari. Rivojlanishning qaysi bosqichida bo'lishidan qat'iy nazar, qanday jamiyatda, u eng rivojlangan, farovon iqtisodiy rivojlangan mamlakat bo'ladimi, yoki rivojlanayotgan jamiyatmi, ularda o'zlariga alohida e'tibor talab etadigan insonlar bo'ladi. Bunday insonlar biror-bir jihatdan jismoniy, psixik yoki ijtimoiy rivojlanishida nuqsoni mavjud insonlardir. Bunday insonlar jamiyat va davlatda doimo alohida guruhga mansub bo'lib ajralib turadi. Ularga doimo maxsus alohida munosabatda bo'lib kelingan. Biroq bu toifadagi insonlarga jamiyatning tarixiy-madaniy sharoitiga muvofiq turli davrlarda turlicha munosabatda bo'lib kelingan. Masalan, qadimgi Spartada alohida qattiq jismoniy kamsitish (xasta, jismoniy nosog'lom bolalarni qadimgi spartachilar qoyalardan uloqtirganlar) bilan ajralib turgan. Boshqa jamiyatlarda esa bunday toifadagi insonlarga mehribonlik va g'amxo'rlik ko'rsatilgan. Hozirgi davrda AQSH va qator Yevropamamlakatlarida nosog'lom insonlarga ham barcha qatori, odatiy teng huquqli munosabatda bo'ladilar. Ularga jamiyatning teng huquqli a'zosi sifatida qarab, bu insonlarni muammoli yokti imkoniyati cheklangan shaxs sifatida alohida maxsus e'tibor beriladi. Muammoli inson tushunchasi AQSHda keng qo'llanilsa Yevropamamlakatlarida imkoniyati cheklangan insonlar iborasi ko'p ishlatiladi. Bugungi kunda iimkoniyati cheklangan insonlarga munosabatda, eng avvalo sog'liq masalasi eng dolzarb masala hisoblanadi. Chunki bunday insonlar soni dunyo miqyosida o'sib bormoqda. YUNESKOning istiqbol bo'yicha ma'lumotlarida yaqin vaqtda jahon hamjamiyati bu ko'rsatkichni o'zgartira olmaydi. Sog'lom muhit doimo insonlar ongida o'z chegarasiga ega bo'lib, chegaradan tashqi bo'lganlar nome'yoriy, potologik deb belgilanadi. Amaliyotda inson anglagan yoki anglamagan holda o'zgalarni belgilariga muvofiq layoqatli yoki layoqatsiz deb baholaydi. Me'yor tushunchasi tibbiyotda, psixologiya, pedagogik, sotsiologiya va boshqa fanlarda keng qo'llanilib kelinadi. Bu tushunchaga aniq va yaxlit, yagona ta'rif berishga bo'lgan intilish muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan. Masalan, faqatgina tibbiyotda olimlar 200 ga yaqin ta'rif berganlar. Me'yor tushunchasini ifodalab berishning murakkabligi shundaki, u nafaqat terminologik, balki mazmun, mohiyat jihatidan ham yagona ifodaga ega emas. Masalan, axloqiy me'yorlar doimo bir xil, hamma uchun deb belgilana olmaydi. Shu sababli ham ular birinchidan, milliy o'ziga xoslik, bundan tashqari vaqt o'tishi bilan qayta-qayta o'zgarib turadilar. AQSHda II jahon urushidan so'ng ikki-uch o'n yilliklar mobaynida ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.18 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:04
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.18 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:04 ]
Arxiv ichida: doc