Ijtimoiy pedagogning reabilitatsion xizmati modeli va mexanizmi

Ijtimoiy pedagogning reabilitatsion xizmati modeli va mexanizmi

O'quvchilarga / Pedagogika
Ijtimoiy pedagogning reabilitatsion xizmati modeli va mexanizmi - rasmi

Material tavsifi

Ijtimoiy pedagogning reabilitatsion xizmati modeli va mexanizmi Reja: Bolalar va o'smirlarga yordam ko'rsatish majmuasining umumiy konsepsiyasi. Bolalar va o'smirlarga yordam ko'rsatish xizmati strukturasi va tuzilish tamoyillari. Ta'lim tizimidagi hududiy reabilitatsion xizmat. Reabilitatsion xizmatni boshqarish modeli va uni amalga oshirish mexanizmi. Maxsus statistika va sotsiologik tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, ko'plab mamlakatlarda bolalar va o'smirlar nochor ahvolda yashamokdalar. Bu nochorlik ularning : psixologik va fiziologik rivojlanishining susayishida; hak -huquqlarining buzilishida; ularga nisbatan kuch ishlatilishda; alohida pedagogik faoliyat talab etiladigan hamda ijtimoiy kelib chiqishi past oila farzandlarining maktablardan siqib chikarilishida; ishga joylashtirishda umumdavlat tizimining ish olib bormasligida; defekti bor, aqliy yoki jismonan zaif yoshlarni ish bilan ta'minlash muammolarining nazardan chetda qolganligida namoyon bo'lmokda. Bu masalalar balog'atga yetmagan bolalar orasidagi jinoyatchilik sonining ortib borishiga sabab bo'lmokda. Shuning uchun ham: 1 Bolalar va yoshlarning ijtimoiy hayotini sog'lomlashtirishga. 2. Ularning ichki ma'naviy dunyosini sog'lomlashtirishga doir chora-tadbirlar kerak bo'ladi. Buning uchun: bolalar va o'smirlar rivojlanishining buzilish sabablarini aniqlash, ularni hal etish usul va vositalarini aniqlash normal shaxsni rivojlantirishta qaratilgan tarbiya jarayonini adekvat tahlil etish. Voyaga yetmagan yoshlarning psixologik krizisini bartaraf etish faqatgina jamiyatni (iqtisodiy, ma'naviy va siyosiy) sog'lomlashtirish va umuminsoniy qadriyatlar asosida shaxsni rivojlantirishni ta'minlaydigan tarbiya tizimini yaratish asosida amalga oshiriladi. Bunda eng asosiy vazifalardan biri bolalar va o'smirlarga yordam ko'rsa-gash tizimini tubdan isloh qilishdir. Bu tizim bolalar va o'smirlarning ma'naviy - axloqiy sog'ligini, konstitutsion haq -huquqlarini himoya qilishga qaratiladi. Bulardan biri bolalar huquqini himoya qilish haqidagi Konvensiyadir. Bolalar va o'smirlarga yordam ko'rsatish xizmati strukturasi va tuzilish tamoyillari yordam ko'rsatishning reabilitatsion xizmati bolalar va o'smirlarga ijtimoiy - huquqiy, psixologik, tibbiy va pedagogik jihatdan qo'llab quvvatlashni ta'minlashga qaratilgandir. Bu xizmat ularning: turmush sharoiti va tarbiyasini jadallashtirishga ko'mak berish orqali; shaxsiy mol-mulkka egalik huquqlarini himoya qilish orqali; voyaga yetmagan yoki ekstremal (masalan haloqatga uchragan) holatlarga tushgan, sharoiti og'ir oila farzandlariga turli xil yordam berish orqali; qaltis guruhdagi oilalar va voyaga yetmaganlarga yordam berish orqali; kashandachilikka ruju qo'ygan oilalarning, ekstremal holatlarning qurbon bo'lgan yoki ota - onasiz qolgan voyaga yetmagan bolalarga turli xil yordam berish orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy, huquqiy, psixologik, tibbiy va pedagogik yordam quyidagi tamoyillarga asoslanadi: qonunga muvofiklik; insonparvarlik; adolatparvarlik; demokratiya; tashkilotchilik va nazorat; differensial va individual yondoshish; o'z vaqtida yordam berish; yordamning yetarli va kompleksli bo'lishi; ilmiy asoslanganlik va xizmat ko'rsatishda hududni hisobga olish. hududiy tamoyildan kelib chiqqan holda xizmat ko'rsatish ma'lum davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. xizmat tajribalarini umumlashtirish, ilmiy metodik tavsiyalar berish, xizmat ko'rsatish xodimlarining malakasini oshirish uchun shahar, viloyat, tuman va Respublika ilmiy metodik markazlarini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 48.78 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 48.78 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga