Ijtimoiy psixologik bilimdonlik va samarali muomalaga o'rgatish texnikasi Reja: Yangicha ijtimoiy psixologik munosabatlarga o'rgatish munosabatlarga o'rgatish muammosi. sharq mamlakatlarida o'zaro munosabatlarning insonparvarlik tamoyillari. Yoshlarni yangicha ijtimoiy munosabatlarga o'rgatishning ayrim jihatlari. Shaxslararo sog'lom, samimiy munosabatlarni tarkib toptirish Insoniyat tarixi kanchalik kadimiy bulsa, insoniy munosabatlar,shaxslararo ijtimoiy munosabatlar masalasi xam shu darajada ko'hna va hamisha dolzarbdir. Inson tafakkuri va uning aql idrokiga xos bo'lgan muhim xususiyatlardan biri shuki, uning tarakiyoti eng avvalo, kishilik jamiyatidagi o'zaro munosabatlarni kay darajada mukammalligiga hamda insoniyligiga bog'liq. Demokratik munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning muhim bir shakli sifatida xar bir mutadil taraqqiy etayotgan insonning ma'naviy barkamolligi negizini tashkil etadi xalqimiz ma'naviyati va ma'rifatiga nazar tashlar ekanmiz, kadimiy sharq mamlakatlarida davlatchilik an'analari avvalo inson xak-huquqlari, erki, tafakkuri, rivojiga munosib o'zaro munosabatlar, bir so'z bilan aytganda, insonparvarlik tamoyillari asosiga kurilgan ekanligini ko'rishimiz mumkin. Aks holda tarix ulug bobolarimiz M. Gaznaviy, A. Temur, X.Boykarolarni bilmagan, ularning buyuk zexni va iktidori, jamiyat, fan, madaniyati va ravnakiga qo'shgan xissalaridan baxramand bo'lmagan bular edi. Lekin insonlar o'rtasidagi ijtimoiy munosabatlar sharqda o'ziga xos va xar bir millat psixologiyasi mos holda shakllangandir. Ijtimoiy psixologik munosabatlarning psixologik tabiatini tahlil kilar ekanmiz, uning shaxs kamoloti va salohiyatiga ta'siri masalasiga alohida tuxtab utish joizdir,. Chunki, aynan jamiyatda, shaxslararo munosabatlarda shaxsda o'zini-o'zi anglash, o'zini-o'zi kamol toptirish jarayonlari tezlashadi, samimiy, insoniy munosabatlar, inson xak-huquqlarini e'zozlashga asoslangan munosabatlar shaxsning o'zi haqidagi bilimlarini, o'z imkoniyatlarini va nasl-nasabini anikrok holda to'g'rirok tasavvur qilishga imkon beradi. Ikkinchidan, aynan to'g'ri ijtimoiy munosabatlar uzga shaxslar huquq va erkinliklarini xam anglash, ularni xurmat qilishga qaratilgan tasavvurlar majmuining bo'lishiga imkon yaratib, insoniy munosabatlarda madaniyat va iltifot tamoyillariga amal qilinishiga sharoitlar yaratadi. Yuqorida qayd etilgan ikki jihat oqibat natijasida inson shaxsini eng oliy qadiryatlar sifatida etirof etilishi va unga nisbatan jamiyatdagi yaxlit munosabatlarning o'zgarishi tufayli huquqiy ma'naviyat va fuqorolarning siyosiy faolliklarini tobora oshirib borishini ta'minlaydi. Shuning uchun xam tub islohatlar jarayonlarini boshidan kechirayotgan davlatimizda iqtisodiy, siyosiy islohatlar bilan bir qatorda ma'naviy-ma'rifiy islohatlarga katta etibor qaratilgan.Bu o'rinda, shu narsani alohida takidlash zarurki, hozirgi kunda Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohatlarning taqdiri yoshlarimizning ma'naviy qiyofasiga , shaxsiy barkamolligiga bog'liq. Bu vazifalarni amalga oshirish insoniy o'zaro munosabatlarda demokratik tamoyillarni ongga to'la singdirish taqqazo etiladi va ijtimoiy pisixologiya fani oldiga qator vazifalarni qo'yadi.Shu urinda ko'plab tadqiqotchilarni o'ylantirayotgan masala shuki, jamiyatda rivojlanadigan va uning ta'sirida shakillanuvchi shaxs uchun qanday ijtimoiy munosabatlar muhiti zarur yoki boshqacha qilib aytganda, uning barkamolligi uchun maqbul shart-sharoitlar yaratish mumkinmi yoki progressiv taraqqiyoti uchun muhim bo'lgan shaxslararo munosabatlar tizimini yaratish imkoniyati bormi?Bu fikrni paydo bo'lishiga sabab- ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.42 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:04
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.42 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:04 ]
Arxiv ichida: doc