Ijtimoiy psixologiyaning amaliy tadbiqiy sohalari Reja: hozirgi zamon ijtimoiy psixologiyasining asosiy tadbiqiy yo'nalishlari. Amaliy sohalarning umumiy xususiyatlari. Amaliyotchi psixologning asosiy funksiyasi. Maktabda kursatiladigan ijtimoiy psixologik xizmat Maktab psixologi faoliyatining asosiy yo'nalishlari. Fan- amaliyotga degan tamoyil bugungi kunda xar kachongidan dolzarb masalaga aylangan. Chunki yoshlarimizning mustaqil davlat ma'naviy negizlarini teran anglashga o'rgatish va ularni ma'rifatga chorlash jarayoni kator tadbiqiy sohalarni amalga oshirishni takoza etadi. Olimlar va tadqiqotchilar kuprok nazariy masalalarni xal qilish, umumiy qonun-qoidalarni sharhlash, tushuntirish orqali jamiyat va insoniyat taraqqiyoti sabablarini yoritishga uringanlar. Lekin biz uchun ijtimoiy taraqqiyot va inson tafakkuri rifojlanishini tezlashtiruvchi, uning davr va kishilar ruhiga xamoxang tarzda kechishini ta'minlab beruvchi tadbiqiy xususiyatli ishlar va ilmiy izlanishlar zarur. Zero, mamlakatimizda ruy berayotgan tub ijtimoiy-siyosiy islohotlar aynan shuni talab kilmokda. Bunda etiborga loyik dolzarb muammolardan biri-yoshlarda yangicha dunyoqarashni shakllantirish, ularni yangicha demokratik munosabatlarga ruhiy jihatdan tayyorlashdir. Bu vazifani ado etishda ijtimoiy psoxologiyaning o'rni va rolini aniqlash, tadbiqiy izlanishlarni amalga oshirish va ijtimoiy psixologik amaliyot doirasida ushubu vazifani amalga oshirish yo'llarini topish uchun hozirgi zamon ijtimoiy psixologiyasining asosiy tadbiqiy yo'nalishlarini belgilash maqsadga muvofik. hozirgi davrda ijtimoiy psixologiyaning dolzarbligi va uning jamiyatdagi sodir bulayotgan barcha jarayonlarga aloqadorligi uning tadbiqiy sohalarini doirasini xam kengaytirdi. Uning asosiy-tadbiqiy amaliy sohalariga:sanoat sotsial psixologiyasi, boshqaruv psixologiyasi, oilda va nikoh borasidagi sotsial-psixologik ishlar, siyosat va iqtisodiyotni takomillashtirib muammolari, qonunbuzarlikni oldini olish ehtiyoji hamda ommaviy axborot vositalari borasidagi amaliy vazifalar kiradi. Barcha amaliy sohalarga xos umumiy xususiyatlar mavjud, ularga : Ularning bevosita jamiyat talab ehtiyojiga ko'ra tashkil etilishi tadbiqiy ishlarning «tili» muammosining borligi, yani, professonal til (jargon) bilan tadqiqot natijalarini bayon etishdagi uygunlik masalasi Amaliy ehtiyojlarga monand ilmiy farazlarni ishlab yaikish Shartnomalarga mos tarzda buyurtmalarni o'z muddati va bosqichlarda bajarish majburiyati Samaradorlik mezonlarining o'ziga xosligi, yani bajarilgan ishga karab samaradorlikni baholash «nazariyotchi» bilan «amaliyotchi» rollarining aniq farqlanishi muammolari kiradi Amaliy sotsial psixologiya haqida gap ketganda kupincha «sotsial psixologik aralashuv» tushunchasi o'rtaga tushadi. Amaliyotchining aralashuvi nimalarda kurinadi? a) Individning o'zgarish strategiyasida, yani usha tashkilotdagi o'ziga xos shaxslarning borligi aniklanadi va ularga ta'sir qiladi. b) Texnologik tizim uzgaradi, yani malum tashkilot yoki muassasaning tuzilishida o'zgarish yuz beradi. v) Malum tipli ma'lumotlarga bog'liqlik, yani ma'lumotlarning tashkilot ichida yoki uning atrofida tuplanganligiga bog'liq holda natijalarning turlicha qiymatga ega bo'lishi mumkin. g) Ataylab o'tkazilgan tadbirlar ta'sirida korxona taraqqiyoti o'zgarishi mumkin. M: rejalashtirish xodimlar bilan ishlash sifati, karorlar kabul qilish va xk. Amaliyotda faoliyat kursatayotgan psixolog joylarda 3 asosiy funksiyani bajaradi: Ekspert-yani bu shunday shaxski, u klient yoki mijoz tomonidan taklif kilinadi, psixologik vaziyatni ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.84 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:04
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.84 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:04 ]
Arxiv ichida: doc