Ijtimoiy-madaniy faoliyat xodimining pedagogik tashkilotchilik qobilyati va mahorati Reja: Madaniyat hodimining pedagogik qobilyati Madaniy-ma'rifiy hodimining tashkilotchilik qobilyati Madaniy-ma'rifiy hodimining tadbirlardagi mahorati Ijtimoiy-madaniy faoliyatga uslubiy yordam berish Mustaqil O'zbekiston Respublikasining kadrlar tayyorlash siyosati madaniy qurilishda muhim tayanch hisoblanadi. U Respublikamizda ma'naviy hayotni yangilash masalalari bilan bog'liq bo'lib, milliy madaniyatni rivojlantirish, tiklash sohasi xodimlarini tayyorlashni taqazo etadi. Respublikamiz madaniy hayotida iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy, huquqiy o'zgarishlaryuz berayotganligi ijtimoiy-madaniy faoliyatga bo'lgan talab va ehtiyojli yanada oshirdi. Ijtimoiy-madaniy soha xodimining faoliyati inson faoliyatining barcha sohalari singari o'z xususiyatlariga ega. Uning eng birinchi xususiyati ijtimoiy-madaniy faoliyatning hayot bilan, mustaqillik davri vazifalari bilan uzviy bog'langanligidadir. Ijtimoiy-madaniy soha xodimi faoliyatining hayotdan, uning muammolaridan, kishilarning ehtiyojlaridan ajralib qolishi, ularni muhim ma'rifatchilarga quruq safsatabozlarga aylantirib qo'yadi. Ijtimoiy-madaniy soha xodimi faoliyatining yana bir muhim xususiyati shundan iboratki, u muntazam izlanishlarini, ishga xamma vaqt ijodiy yondoshishni talab qiladi. Mustaqillikni qo'lga kiritgan Respublikamiz jahon hamjamiyatida o'z o'rnini egallab, tobora rivojlanib bormoqda. Respublikamizda sodir bo'layotgan o'zgarishlar natijasida kishilarimizning ma'naviy-madaniy ehtiyojlari kundan kunga o'sib, o'zgarib bormoqda, axloqiy qiyofasi va fe'l-atvorida xam o'zgarishlar ro'y bermoqda. Bunday sharoitda ijtimoiy-madaniy ixlarning sho'rolar davrida maqbul bo'lgan shakl va usullari bugungi kunda eskirib, talabga javob bermayapti. Mustaqillik sharoiti kishilarning o'sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish, unga g'oyaviy ta'sir etishning yanada yangi, samarali usul va vositalarini qo'llashni talab qilmoqda. Bu esa ijtimoiy-madaniy ishlarning mazmunini takomillashtirib, yangilab borishni taqazo etadi. Ijtimoiy-madaniy faoliyat pedagogik faoliyatning boshqa turlaridan o'zining mazmunan murakkabligi, ko'p qirraliligi, shaqlan xilma-xilligi, ish shakllarining o'ziga xos tarzda bir-biriga chatishib ketganligi bilan farq qiladi. Ijtimoiy-madaniy soha xodimi faoliyati tarbiyaviy faoliyat xam hisoblanadi, lekin u tarbiyaviy ishlarni maktab va o'quv yurtlari pedagogik jamoalarida bo'lganidek bir xil yoshdagi, bir xil tayyorgarlikka ega bo'lgan o'quvchilar yoki talabalar bilan emas, balki yoshi, kasbi, bilim darajasi, qiziqish va ehtiyojlari turlicha bo'lgan kishilar orasida olib boradi. o'quv yurtlarida tarbiya jarayoni majburiy mashg'ulotlar orqali amalga oshirilsa, ijtimoiy-madaniy soha xodimlari kishilarning bo'sh vaqtini mazmunli uyushtirish, ma'naviy ehtiyojlarini qondirish, qobiliyat va iste'dodlarini rivojlantirish maqsadida ijtimoiy-madaniy muassasalarda tashkil etiladigan xilma-xil ommaviy tadbirlar o'tkazish yo'li bilan xal qiladilar. Ijtimoiy-madaniy soha xodimi faoliyatining yana bir xususiyati ijtimoiy-madaniy tadbirlarda kishilarning aql-idroki bilan birga ularning hissiyotiga xam ta'sir ko'rsatish lozim. Ijtimoiy-madaniy muassasalarda o'tkaziladigan xar bir tadbir chuqur mazmunli, yuksak darajada g'oyaviy bo'libgina qolmay, qiziqarli, jozibali, odamlarni maftun etadigan xam bo'lishi kerak jonsiz, quruq o'qilgan ma'ruza, puxta tayyorlanmay ko'rsatilgan konsert, bahs-munozara kechasi yoki boshqa tadbirlar qatnashchilarni qiziqtirmaydi, bekor o'tkazgan vaqt uchun achinish xissini, uyg'otadi. Ijtimoiy-madaniy soha xodimining kasbiy (professional) faoliyati o'z mohiyati bilan tarbiyaviy ish ekanligini biz yuqorida ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.3 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:04
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.3 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:04 ]
Arxiv ichida: doc