Ijtimoiy-madaniy faoliyatning mazmuni tamoyillari va usullari

Ijtimoiy-madaniy faoliyatning mazmuni tamoyillari va usullari

O'quvchilarga / Pedagogika
Ijtimoiy-madaniy faoliyatning mazmuni tamoyillari va usullari - rasmi

Material tavsifi

Ijtimoiy-madaniy faoliyatning mazmuni tamoyillari va usullari Reja: Ijtimoiy-madaniy faoliyatning mazmuni Ijtimoiy-madaniy faoliyatning tamoyillari Ijtimoiy-madaniy faoliyatning o'ziga hos xususiyatlari Madaniy-ma'rifiy faoliyatning usullari Davlat, jamoat va boshqa tashkilotlarning madaniy - ma'rifiy faoliyatlari Ijtimoiy-madaniy faoliyat nazariyasini uzlashtirishda ularning mohiyati va ijtimoiy-madaniy hayotda tutgan o'rnini bilish muhim bo'lganidek, ularning tamoyillari, o'ziga xos xususiyatlari va vazifalarini ilmiy asosda o'rganish xam katta ahamiyatga egadir. mustaqillik Respublikamiz ijtimoiy-madaniy muassasalari zimmasiga bo'sh vaqt sharoitida ijtimoiy-madaniy faoliyatning mohiyatini ifodalaydigan va uning yo'nalishi, mazmuni hamda shakllarini belgilaydigan eng umumiy qoidalarni - ijtimoiy-madaniy faoliyat tamoyillarini shakllantirish imkonini xam berdi. Ijtimoiy-madaniy faoliyatning o'ziga xos tamoyillari ularni tashkil qilishda yul-yuriklar ko'rsatadigan asosiy manba hisoblanib, ular kuyidagilardan iboratdir: hayotiylik; ommaviylik; ixtiyoriylik; ilmiylik. Hayot bilan, mustaqil davlatimizni rivojlantirish amaliyoti bilan hamohanglik, buning uchun kishilar oldida turgan vazifalarning mohiyatini tushuntirish, ularni mustaqillikni mustahkamlash va kelajagi buyuk davlat yaratishdagi tarixiy rolini anglash ruhida tarbiyalash ijtimoiy-madaniy faoliyatning hayotiyligidan darak beradi. Ijtimoiy-madaniy faoliyatning hayotiylik tamoyili aniqlik va maqsadga yo'naltirilganlik xususiyatlarini ham o'z ichiga qamrab oladi. Bu shuni anglatadiki, madaniyat muassasasidagi har bir tadbir muayyan xususiyatga ega bo'lishi va mustaqillik davri talablari bilan bog'lik holda aniq ifodalangan maqsadga ega bo'lish kerak. Shuningdek, u o'zining butun tabiati va mazmuni bilan har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirishni ragbatlantiradi, insonga o'z qobiliyati va talantini namoyon qilish, rivojlantirish uchun keng imkoniyat beradi, inson hayotiga rang-baranglik kiritadi. Tabiat bilan muloqotda bo'lishiga yordamlashadi. Ijtimoiy-madaniy faoliyatning ommaviylik tamoyili bir qator ijtimoiy jihatdan ahamiyatli vazifalarni bajaradi, ya'ni ommaning ijtimoiy-madaniy ijodiyotini hamda ijtimoiy faolligini rivojlantiradi, ommaviy muloqotda bo'lishni tashkil etadi va shular asosida jamoatchilik fikrini shakllantiradi. Shaxsga ta'sir etish nuqtai nazaridan ommaviylik tamoyilining o'ziga xos tamoyili shundan iboratki, har bir kishi ijtimoiy-madaniy tadbirlarda faqat tomoshabin yoki kuzatuvchi sifatida emas, balki ruy berayotgan hodisalarning faol qatnashchisi, o'z qarashlarini isbot qiluvchi shaxs sifatida ishtirok etishi mumkin. Shu bilan birga ommaviylik tamoyili insonga ijtimoiy jihatdan o'z-o'zini namoyon qilish imkonini ham yaratadi. Ijtimoiy-madaniy muassasasi insonni ixtiyoriy asoslarda, unga doimiy hurmat va ishonch ruhida ijtimoiy-ijodiy faoliyatga tortadi. Ijtimoiy-madaniy faoliyat xamma vaqt tula ixtiyoriylik tamoyillari asosida kuriladi. Agar mehnat jamoalarida insonning faoliyati ba'zan sof moddiy sabablarga ko'ra belgilansa, ijtimoiy-madaniy faoliyatda, birinchi navbatda, faoliyatning mazmuniga kizikish asosida namoyon bo'ladi. boshqacha aytganda, ijtimoiy-madaniy muassasa jamoasi shaxsning ma'naviy-ijodiy qobiliyatini namoyon qilish va rivojlantirish uchun erkinlik beradi. Bu tamoyilning ahamiyati ijtimoiy-madaniy muassasasiga katnashishning ixtiyoriyligi, u yoki bu ijtimoiy-madaniy uyushmalarida ishtirok etishni tan olish bilan cheklanib kolmaydi. Ixtiyoriylik ijtimoiy-madaniy muassasalari tomonidan taklif kilinadigan kuplab faoliyat turlaridan birini erkin tanlab olish imkoniyatini aks ettiradi va shaxsning bo'sh vaqt sharoitida o'z ijtimoiy-madaniy faoliyatining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.94 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.94 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga