Ijtimoiy-madaniy faoliyatning nazariy asoslari

Ijtimoiy-madaniy faoliyatning nazariy asoslari

O'quvchilarga / Pedagogika
Ijtimoiy-madaniy faoliyatning nazariy asoslari - rasmi

Material tavsifi

Ijtimoiy-madaniy faoliyatning nazariy asoslari Reja: Nazariya haqida ma'lumot Madaniy-ma'rifiy faoliyat, ijtimoiy-madaniy faoliyat Madaniy-ma'rifiy ishlar, madaniy-ma'rifiy faoliyat turlari Madaniy-ma'rifiy sohaning ish shakllari Har qanday fan, o'quv predmeti, umuman, bilimning barcha sohalari ilmiy asos yoki nazariyasiz rivojlana olmaydi. NAZARIYA - hayot hodisalari, inson tajribasi, amaliy faoliyat haqidagi bilimlarni yig'adi, umumlashtiradi, mantiqiy bir sistemaga soladi. Nazariya - ma'lum bilimlar sohasidagi inson tafakkurining obyektiv qonunlarini aks etiradi, mantiqiy fikrlash yo'li bilan ishlab chiqargan bilim - qoidalar asosi va majmuasini vujudga keltiradi. Nazariyaning asosiy vazifalaridan biri kishilar bilimini boyitib va chuqurlashtirib borishidir. Hozirgi davrda «Madaniy - ma'rifiy faoliyat» asoslari fanini shakllantiradigan asoslar, ya'ni uning mohiyati, hayotda tutgan o'rni, vazifalari, o'ziga asos xususiyatlari va ularni tashkil qilish qonun - qoidalari haqidagi bilimlar mavjud. O'zbekiston mustaqillikni qo'lga kiritgan dastlabki kunlardayoq ijtimoiy hayotni qayta qurish, bozor iqtisodiyotiga o'tish, ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalari bilan bir qatorda aholining turmush madaniyatini tubdan yaxshilash, kishilarning bo'sh vaqtini mazmunli uyushtirish, ularning o'sib borayotgan ma'naviy ehtiyojlarini to'laroq qondirish, xalqning badiiy havaskorlik ijodi va qobiliyatlarini rivojlantirish kabi dolzarb muammolarga jiddiy e'tibor berildi. «Madaniy - ma'rifiy faoliyat», avvalo, ijtimoiy-madaniy muassasa, madaniyat uylari, madaniyat va istirohat bog'lari, muzeylar, kutubxonalar faoliyatidir. Ijtimoiy-madaniy muassasalar bu g'oyaviy va tarbiyaviy ishlar jarayonining tarkibiy qismi hisoblanib, ular xalqimizning ijtimoiy-madaniy hayotida muhim rol o'ynaydi. Ularni xar tomonlama rivojlantirish, havaskorlik ijodiga jalb qilish va mazmunli xordiq chiqarishni uyushtirish orqali olib boradi. Ijtimoiy-madaniy faoliyat, asosan kishilarning ishdan bo'sh vaqtlarida olib boriladi, kishilarga asosiy ishdan tashqari har xil mazmundagi va shakldagi «ikkinchi» faoliyat bilan shug'ullanishlariga imkoniyat yaratadi. Bu faoliyat kishilarning xordiq chiqarishga, bilimini, dunyoqarashini o'stirishga, ijodkorligini oshirishga qaratilgan bo'lib, ular o'z navbatida asosiy ish faoliyat bilan yaxshiroq shug'ullanishga samarali yordam beradi. Madaniy - ma'rifiy faoliyat - aholini ma'naviy kamol toptirish, madaniy saviyasini oshirish, bilimini o'stirish, dunyoqarashini kengaytirish, ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, bo'sh vaqtini samarali o'tkazishga ko'mak beruvchi ijodiy-tashkiliy ishlar majmuasidir. Ijtimoiy-madaniy faoliyatning o'z obyekti, predmeti va ish faoliyati mavjud. Madaniy - ma'rifiy faoliyat quyidagi ishlardan iborat: 1. Tashviqot va targ'ibot ishlarini olib borish. 2. Xalq havaskorlik ijodini o'stirish. 3. Kishilarning dam olishini tashkil qilish. Bu ish faoliyatlari madaniy-ma'rifiy ishlarning shakllarini vujudga keltiradi. Madaniy-ma'rifiy faoliyat turlariga spektakl, ommaviy tomosha, xalq sayllari, bayramlar, karnaval, raqs kechalari, viktorina, ko'rgazma, konkurs, sayohat va ekskursiya kabilar kiradi. Ko'rinib turibdiki, ijtimoiy-madaniy faoliyatining ish shakllari xilma xil va ko'pdir. Ular haqida to'liq tushunchaga ega bo'lish uchun maxsus tasnif mavjud. Ular ichida ikki xil tasnif diqqatga sazovordir. Birinchi tur tasniflashga madaniy - ma'rifiy ish shakllariga qatnashadigan kishilarning soni asos qilib olinadi. Ular quydagilarga bo'linadi: yakka, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.81 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.81 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga