Ijtimoiy-madaniy sohalarni boshqarish

Ijtimoiy-madaniy sohalarni boshqarish

O'quvchilarga / Pedagogika
Ijtimoiy-madaniy sohalarni boshqarish - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Ta'lim sohasini boshqarish 2. Madaniyat va sport sohasini boshqarish 3. Sog'liqni saqlash sohasini boshqarish 4. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasini boshqarish O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy-madaniy sohalariga - ta'lim, madaniyat, sog'liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish sohalari kiradi. O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligiga erishishi hamda O'zbekiston Respublikasining yangi qonunchilik bazasining yaratilishi bilan ijtimoiy-madaniy sohalarda tub o'zgarishlar sodir bo'ldi. Bu o'zgarishlarni ijtimoiy-madaniy sohalarni alohida-alohida ko'rib chiqqanimizda, yaqqol ko'rishimiz mumkin. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi, «Davlat tili to'g'risida»gi, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to'g'risida»gi va boshqa qonun hujjatlarining qabul qilinishi bilan O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimi tubdan isloh qilindi. O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o'ziga xos yo'lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo'ydi va qator chora-tadbirlarni: Ta'lim to'g'risidagi qonunni joriy etish; yangi o'quv rejalari, dasturlari, darsliklarini joriy etish, zamonaviy didaktik ta'minotni ishlab chiqishni; o'quv yurtlarini attestatsiyadan o'tkazishni va akkreditatsiyalashni, yangi tipdagi ta'lim muassasalarini tashkil etishni taqozo etdi. O'zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan «Ta'lim to'g'risida»gi qonuni fuqarolarga ta'lim, tarbiya berish, kasb-hunar o'rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta'minlashga qaratilgan. Ta'lim O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasidagi ustuvor yo'nalish bo'lib, bu sohasidagi davlat siyosati: ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; ta'limning uzluksizligi va izchilligi; umumiy o'rta, shuningdek o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining majburiyligi; o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi yo'nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o'qishni tanlashning ixtiyoriyligi; ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi; ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; bilimli bo'lishni va iste'dodni ragbatlantirish; ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uygunlashtirish kabi asosiy tamoyillarga tayanadi. O'zbekiston Respublikasining ta'lim tizimi: davlat standartlariga muvofiq ta'lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta'lim muassasalari; ta'lim tizimining faoliyat ko'rsatishi va rivojlanishini ta'minlash uchun zarur bo'lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar; ta'lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan iboratdir. O'zbekiston Respublikasida ta'lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi: maktabgacha ta'lim - bola shaxsini sog'lom va yetuk, maktabda o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko'zlaydi. Bu ta'lim olti-yetti yoshgacha oilada, bolalar bog'chasida va mulk shaklidan qat'i nazar boshqa ta'lim muassasalarida olib boriladi. Umumiy o'rta ta'lim - boshlang'ich ta'lim (I-IV sinflar) va umumiy o'rta ta'lim (I-IX sinflar)ni o'z ichiga oladi. Boshlang'ich ta'lim umumiy o'rta ta'lim olish uchun zarur bo'lgan savodxonlik, bilim va ko'nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir. Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-yetti yoshidan qabul qilinadi. Umumiy o'rta ta'lim bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.53 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.53 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga