Ijtimoiy-pedagog va uning kasbiy faoliyati

Ijtimoiy-pedagog va uning kasbiy faoliyati

O'quvchilarga / Pedagogika
Ijtimoiy-pedagog va uning kasbiy faoliyati - rasmi

Material tavsifi

Ijtimoiy-pedagog va uning kasbiy faoliyati Reja: Ijtimoiy-pedagog va uning kasbiy faoliyati. Ijtimoiy-pedagog ta'lim tizimida. Ijtimoiy-pedagogning bolalar va o'smirlar orasidagi reabilitatsion xizmati modeli va mexanizmi. Ijtimoiy pedagoglarni kasbiy tayyorlash uzluksnz ta'lim tizimda amalga oshiriladi. Ijtimoiy pedagoglarni kasbiy tayyorlash ikki turdagi o'quv yurtlarida olib boriladi: o'rta kasbiy ta'lim muassasalari (litsey va kollejlar) va oliy kasbiy ta'lim maktablari (Institut va universitetlar). O'rta kasbiy ta'lim muassasalarida kichik sinflarla va maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiyalanuvchi bolalar bilan ishlovchi pedagoglar tayyorlanadi. O'rta ma'lumotli pedagoglarning asosiy vazifasi bolalarga qiyin vaziyatlarpi singib o'tishda yordam beradi, bolalarning ishonishiga ko'maklashuvchi faoliyat turlarini tashkillashtirish. Bolalarning rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning ota-onalari bilai hamkorlik qilish, o'z malakasini oshirish maqsadida mustaqil ravishda o'qib borishdan iboratdir. O'rta kasbiy ta'lim bilim yurtini tugatgach ular oliy ta'lim muassasida o'z o'qishini davom ettirishi mumkin. Ijtimoiy pedagog-faqat o'qituvchi emas, bola qanday o'qiyotganini va rivojlanayotganini tushunadigan va his etadigan shaxsdir. U bola hayotini, kechinmalarini xuddi o'zinikidagidek tushunadigan va uning ma'naviy, madaniy, axloqiy rivojlanishida yo'llanmalar bera oladigan mutaxassis bo'lmog'i kerak. Shuning uchun haqiqiy pedagog faqat o'z fanini bilibgina qolmay, ayni vaqtda bolalar va kattalar bilan ijodiy muloqot qila oladigan, o'z ustida ishlaydigan inson bo'lishi muhim ahamiyatga ega. ta'lim jarayonini ijtimoiylashtirish natijasida o'quvchi inson mohiyatini anglaydi. O'z hayoti davomida inson to'g'risida hosil qilingan tushunchalar asosida, shaxs haqiqiy fuqaro bo'lib etishadi. Insonparvarlikka asoslangan ta'lim-ijtimoiy fanlar va yondosh fanlarning funksiyalarini kengaytiradi, ta'lim jarayonini, mutaxassis shaxsi va uning dunyoqarashi yaxlitligini ta'minlaydi. ta'limni insonparvarlashtirishdan ko'zlangan asosiy maqsad yoshlarga tegishli bilim, ko'nikma, malaka, malaka berish, ularning insoniy dunyoqarashini shakllantirishdan iborat. U bo'lajak fuqarolar tomonidan insonlar faoliyatining turli sohalarida insonparvarlik g'oyasi va qadriyatlarini amalga oshirishning asosi bo'lib xizmat qiladi. ta'limda metodologik hayot tajribasiga ziddiyatli holatlarda ijtimoiy moslashuv modelini ishlab chiqishni taqozo etadi: - ijtimoiy - shaxsiy hayot tajribasiga asoslangan muntazam davom etadigan jarayon hisoblanadi; - real vaziyatdan kelib chiqib, ziddiyatli holatlarida ijtimoiy moslashuv modelini ishlab chiqishni takozo etadi; - mavjud amaldagi holatga doim moslashish jarayoni hisoblanadi; - shaxslararo aloqalarni qamrab oladi; - shaxsning shakllanish jarayonini yo'naltiradi. Ijtimoiy pedagog kasbiy faoliyatining xususiyatlari - Ijtimoiy pedagog mutaxassisi pedagog so'zidan olingan bo'lib, avvalo o'qituvchi manosini anglatadi. Shu bois mazkur lavozimning joriy etilganidan so'ng aynan o'qituvchilarning birinchi ijtimoiy pedagoglar bo'lgani ajablanarli emas. Ijtimoiy pedagoglarni qayta tayerlash bo'yicha kurslar tinglovchilarining aksariyat qismini dam o'qituvchilar tashkil etadi. Yana shuni takidlamoq joizki, ijtimoiy pedagoglarnipg kasbiy tayyorgarligi ham pedagogik oliy o'quv yurtlarida amalga oshiriladi. Darxaqiqat, pedagog na o'qituvchining kasbiy faoliyatida ko'pgina umumiyliklar mavjud. Bu ikkala kasbning ham obyektn bola, uning rivojlanishi va ijtimoiy shakllanishidir. Bu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.48 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.48 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga