Ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi yillarda O'zbekistonda xalq maorifi va pedagogika Tarixdan malumki, sobiq Sovet davlati, xalqi o'z boshidan kechirgan og'ir davrlardan biri ikkinchi jahon urushi yillaridir. O'sha davrda mamlakatimiz yoshlarini, xususan Respublikamiz yoshlarini yuqori axloq ruhida, ayniqsa vatanparvarlik, do'stlik, mehnatsevarlik, ongli intizom, fidokorlik, birdamlik ruhida tarbiyalash avj olib ketdi. Bu tarixiy sharoit taqozosi edi. 1941 yil 22 iyunda fashistlar Germaniyasi hujum qilmaslik haqidagi bitimni buzib, urush elon qilmay turib sobiq Sovet Ittifoqiga bostirib kirdi. Sobiq Sovet Ittifoqi hamma xalqlarni Vatanni yakdillik bilan mudofaa qilish uchun otlantirdi. Sharqda mashal - O'zbekiston ham himoyaga o'zining munosib hissasini qo'shdi. Kishilar fabrika va zavodlarda, shaxta va temir yo'llarda, kolxoz, sovxoz va MTS larda - hamma joyda Hamma narsa front uchun, hamma narsa g'alaba uchun degan shior ostida fido korona ishladilar. Butun kuch, vosita va imkoniyatlar Vatan mudofaasiga, dushman ustidan g'alaba qilishga safarbar etildi. Mudofaa fondi tuzish, tanklar, samolyotlar hamda boshqa jangovar texnikalar qurish uchun mablag' yig'ishda umumxalq harakatining avj olishi xalqlarning vatanparvarligini yana bir bor isbot etdi. Mamlakatlar mudofaa fondiga pul, qimmatbaho narsalar, davlat obligatsiyalari, xullas kimda nima bo'lsa, hammasini topshirdilar. Urushning dastlabki kunlaridayoq birgina Toshkent shahrining o'zida mudofaa fondiga 5,5 million so'mdan ortiq pul yig'ildi. Vatan uchun belgilangan shanbaliklar vatanparvalik ruhi ostida o'tdi. Dushman vaqtinchalik bosib olgan erlardagi anchagina zavodlar, fabrikalar, ishlab chiqarish korxonalari, turli muassasalar O'zbekistonga ko'chirildi. O'zbekiston ularni joy, ishchi kuchi bilan ta'minladi. Buning ustiga frontdagi armiyani oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan ta'minlash asosan o'zbek xalqi zimmasiga tushdi. Ishchi kuchi etishmaganidan qishloq xo'jalik mahsulotlarini yig'ib-terib olish ancha orqaga cho'zilib ketmoqda edi. Sobiq SSR Oliy Sovet Prezidiumining 1942 yil 13 fevralda chiqargan Urush yillarida mehnatga qobiliyatli bo'lgan barcha kishilarni ishlab chiqarish sohasiga va qurilishga jalb qilish to'g'risidagi farmoni mamlakat ichkarisidagi ishlarni birmuncha izga soldi. Ikkinchi jahon urushi davrida maktablarning o'quv dasturlari sharoitga moslashtirildi. Sobiq SSR Xalq Komissarlari Soveti 1943 yil iyul oyida bir qator yirik shaharlarda o'g'il bolalar bilan qiz bolalarni alohida o'qitishni joriy etdi. Masalan: O'zbekistonda alohida o'qitish 1943 yil sentyabrdan boshlab Toshkent shahrida amalga oshirildi. 1 dekabrdan boshlab yana 4 ta yirik shaharlarda - Buxoro, Urganch, Farg'ona va Marg'ilonda amalga oshirildi. Urush yillarida harbiy-fizkultura darslari soati ko'paydi. harbiy o'qish 1-sinfdan boshlab o'tila boshlandi, harbiy ta'lim faqat o'g'il bolalarga emas, qiz bolalarga ham o'rgatila boshlandi. O'quvchilar BGTO, GTO, VS normalarini juda yaxshi o'zlashtirib, havo harbiy hujumiga qarshi kurashish malakalarini egalladilar. Yuqorida eslatib o'tganimizdek, urushning dastlabki kunlaridan boshlab urushh ketayotgan joylardan O'zbekistonga ko'plab yosh bolalar va kattalar evakuatsiya qilingan edi. 1942 ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.47 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:04
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.47 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:04 ]
Arxiv ichida: doc