Ilg'or metodlar tajribalar shakl va metodlardan foydalanib talabalarda kasbiy bilim ko'nikma va malakalarini shakllantirish Reja: Dars hunar bilim yurtida ham ta'limning tashkil etishning asosiy shakli Kasb-hunar ta'lim tizimida qo'llaniladigan interfaol usullar Dars hunar bilim yurtida ham ta'limning tashkil etishning asosiy shakli Dars deganda o'qituvchning o'quv guruhiga uyushgan tayyorgarlik darajasi bir xil, tarkibi o'zgarmas o'quvchilar bilan mashg'ulot o'tkazishi tushuniladi. Dars hunar bilim yurtida ham ta'limning tashkil etishning asosiy shakli hisoblanadi. Xar bir dars o'quv jaryonining bir qismi hamda bilim, ko'nikma va malakalarni egallashning bir butun mantiqiy yakunlangan bosqichidir. Xar bir dars quyidagi talablarga javob berishi kerak: Maqsad va mazmunning aniqligi; bu talab darsning butun o'quv materialini va uning xar qaysi qismini to'g'ri tanlash bilan amalga oshadi. ta'limiy va tarbiyaviy vazifalarning birligi; ta'limning tarbiyaviy xarakteri uning obyektiv qonuniyati hisoblanadi. Shu bilan birga o'qituvchi o'quvchilarning kasbiy bilimlarini shakllantirishda xamma imkoniyatlaridan foydalanishi kerak. Darsning xar qanday bosqichida ta'limning eng kerakli metodlarini tanlash; o'qitish metodini to'g'ri tanlash o'qituvchi mehnatining samaradorligini va o'quvchilarning eng yuqori faolligini ta'minlaydi, o'quvchilarga chuqur va puxta bilimlar berishni, ularda bilimlarni amalga tadbiq etish malakalarini shakllantiradi. Darsda o'quvchilarning jamoa va yakka tartibdagi ishini to'g'ri qo'shib olib borish; o'qituvchi dars davomida butun guruh bilan ishlashdan tashqari o'quvchilarning yakka tartibdagi topshiriqlar bo'yicha mustaqil ishlashini ham keng joriy qilishi lozim. Darsni samarali tashkil etish; bu talab darsga ajratilgan vaqtdan unumli foydalanishni, o'qituvchi va o'quvchilarning darsga yaxshi tayyorlanishini, mashg'ulotning yangi texnik jiHozlar bilan ta'minlanishini, uning barcha elementlari, strukturasi puxta tuzilishini taqozo etadi. Didaktik maqsadlar bo'yicha darsning quyidagi turlari mavjud: Yangi bilimlarni o'rganish darsi. Umumiy yoki aralash dars. Bilimlarni mustahkamlash darsi. Sinash - tekshirish darsi. Muammoli dars. O'qituvchi tomonidan o'z o'qitayotgan fanning har bir mavzusi, har bir dars mashg'uloti bo'yicha tuzilgan yuqoridagi kabi texnologik xarita unga fanni, predmetni yaxlit holda tasavvur etib yondishishga, tushunishiga, (bir semestr, bir o'quv yili bo'yicha), yaxlit o'quv jarayonning boshlanishi, maqsadidan tortib, erishiladigan natijani ko'ra olishiga yordam beradi. Ayniqsa, texnologik xaritani o'quvchi talabaning imkoniyati, ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuzilishi, uni shaxs sifatida ta'limning markaziga olib chiqishga olib keladi. Bu esa o'qitishning samaradorligini oshirishga imkon yaratadi. Kasb-hunar ta'lim tizimida qo'llaniladigan interfaol usullar Ushbu zamonaviy metodlar yoki interfaol usullar, o'qitishning samarasini oshirishga yordam beruvchi texnologik treninglar o'quvchi talabalarda mantiqiy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirishga, qobiliyatlarini rivojlantirishga, yetuk mutaxassis bo'lishlariga hamda mutaxassisga kerakli bo'lgan kasbiy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Ushbu o'quv jarayonini tashkil etish uchun havola etilgan texnologik treninglarni xuddi shu tartibda, o'tkazishlari shart emas, har qaysi o'qituvchi bu treninglarni umumiy shaklni olgan holda o'zlarining dars ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.59 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:04
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.59 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:04 ]
Arxiv ichida: doc