Ilg'or pedagogik texnologiya va uning tamoyillari Reja: 1. Ona tili ta'limini rivojlantirishning yangi bosqichida pedagogik texnologiyalarning mohiyati va muammolari. Pedagogik texnologiya. 2. Pedagogik texnologiya ko'rinishlari 3. Pedagogik texnologiya bilan metodika orasidagi ayrim farqlar 4. Ona tili ta'lim texnologiyasining tarkibiy qismlari. 5. Ona tili ta'limini didaktik loyihalash natijasi tanlangan pedagogik nazariyaga bog'liq. 6. Ta'limning adaktivlik va optimallik ko'rsatkichlariga ega bo'lishi. 7. Ona tili ta'limida pedagogik texnologiya tushunchasining muhim belgilari. Bugungi jamiyatda har tomonlama yetuk, barkamol shaxslar kerak ekan, ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlar bunday shaxslarni tarbiyalashda katta imkoniyatlar ochib bermoqda. Demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o'rganmasa, berilgan ta'lim samarasi past bo'lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak. Ammo bilim o'z yo'liga. Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir,-deyiladi. Prezident Islom Karimovning O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisi IX sessiyasida so'zlagan nutqida. Darhaqiqat, hozirgi ta'lim oldida turgan eng muhim vazifalardan biri o'quvchilarni mustaqil fikrlay oladigan qilib tarbiyalashdan iborat. Xususan, yoshlarda ijodiy tafakkur, ijodiy izlanish, mavjud imkoniyatlardan eng qulay va serunumini tanlay olish ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, ularni milliy qadriyatlarimiz, udum va an'analarimiz ruhida tarbiyalashda ona tili fanining tutgan o'rni hamda imkoniyatlari benihoya katta. Shu ma'noda, hozirgi davr ta'limi oldida turgan dolzarb vazifa haqida muammolarni to'g'ri anglash va amaliyotga joriy etish mas'uliyati mavjuddir. Bu masalalar o'z o'rnida ta'lim mazmuniga yangi pedagogik texnologiyalarni singdirish va joriy etish orqali amalga oshiriladi. Yangi pedagogik texnologiya Ta'lim to'g'risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida olib borilayotgan tub islohotlar asosiy yo'nalishlarining bosh harakatlantiruvchi kuchidir. Yangi pedagogik texnologiya shunday bilimlar sohasiki, bunda 3-ming yillikdan tub burilishlar, o'qituvchi faoliyatini yangilab, o'quvchilarda hur fikrlilik, mustaqillik, bilimga chanqoqlik, vatanga muhabbat, insonparvarlik, ma'naviy va ruhiy barkamollikni tizimli ravishda shakllantiriladi. Pedagogik texnologiya tushunchasi keng ko'lamli, serqirra tushuncha bo'lib, u ta'lim - tarbiya amaliyotini rivojlantirish ehtiyojlari asosida kelib chiqqan va hozirda pedagogika, psixologiya fanlarida o'z o'rniga ega. Ta'lim-tarbiya faoliyatining mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o'tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy yo'nalishlari shu faoliyatdan ko'zda tutilgan maqsadlarni to'liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, ya'ni texnologiyaga aylanib bormoqda. Shu asosda ta'lim-tarbiya sohasida so'nggi davrda pedagogik texnologiyaga amal qila boshladi. Istiqlol mavkurasi va sharqona pedagogikaga yo'g'rilgan ta'limning milliy modeliga mos o'zbek maktabini yaratish, yangicha tafakkur va dunyoqarash, milliy g'oyani shakllantirish hamda mustaqil yurtimiz xalq ta'limini jahon andozalari darajasiga ko'tara borish uchun ilmiy asoslangan pedagogik texnologiya zarurati tobora sezilmoqda. Shuningdek, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ham ta'lim tizimiga ilg'or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
41.07 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:04
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
41.07 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:04 ]
Arxiv ichida: doc