Ilg'or pedagogik texnologiyalar yo'nalishlari Reja: 1. Pedagogik texnologiyaning yo'nalishlari 2. Axborotli texnologiya yo'nalishi bo'yicha 3. Fikrlar hujumi texnologiyasi 4. Aqliy hujum texnologiyasi K I R I Sh Davlatimizning rivojlangan mamlakatlar qatoridan o'rin olishi uchun zamonaviy iqtisodiyot, fan, madaniyat, texnika, texnologiya asosida mutaxassislar tayyorlashning takomillashgan tizimiga bosqichma-bosqich o'tilmoqda. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim tizimini tubdan isloh qilish va kadrlar tayyorlash milliy dasturini zamonaviy ilmiy tafakkur yutuqlariga, ilg'or tajribalarga tayangan holda, uzluksiz ta'lim tizimini barcha akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ta'lim jarayonini taminlovchi omil hamda ilmiy - uslubiy texnologiya sifatida amalga oshirishdir. Pedagog o'z mutaxassisligi bo'yicha o'zlashtirgan bilimidan qatiy nazar, ta'lim jarayoniga qadam qo'yar ekan, pedagogik - psixologik bilimlar, pedagogik texnologiyalar va o'qitish-o'rgatish uslublari yig'indisi bo'lgan zarur pedagogik ko'nikmalarni egallagan bo'lishi kerak. Hozirgi dolzarb muammolardan biri yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayyorlash, ularning kasbiy mahoratini takomillashtirish, zamon talabi darajasida tadbirkorlik qobiliyatini shakllantirish, pedagog va muhandis-pedagoglarni yangi pedagogik texnologiyalar bilan qurollantirish bo'lib qolmoqda. Ushbu uslubiy qo'llanmaning asosiy maqsadi ta'lim jarayonida qo'llanilayotgan ilg'or o'qitish uslublari haqida tushuncha berishdir. Shuningdek, mazkur uslubiy qo'llanmadan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o'tkazilayotgan seminar-treninglarda foydalanish mumkin. Pedagogik texnologiyaning tamoyillari va elementlari Ilg'or ijodkor pedagoglar tomonidan an'anaviy ta'lim texnologiyasidagi kamchiliklarga javob topish, samarali uslublarini takomillashtirish, o'quvchining aqliy mehnatini amalga oshirish usullarini izlashlari natijasida o'ziga xos ta'lim usuli vositalari yaratildiki, buning oqibatida yangicha pedagogik fikrlash tarzi vujudga keldi. Ana shu izlanishlar zamirida yangi pedagogik texnologiyaga asos solgan pedagogik texnologiyalar yaratila boshlandi. qo'llaniladigan pedagogik texnologiyalarni bir tizimga solish, unga maqsadli yo'nalish berish ta'limni amalga oshirishdagi shakl va mazmun yaxlitligini ta'minlagan holda kutilishi zarur natijani olishni belgilaydi. ta'limga testlarning joriy etilishi, diagnoz va diagnostik tahlilning kiritilishi, monitoring nazoratining yuritilishi, bilimlarni reyting tizimida baholashga o'tish, fanning bob, bo'lim mazmunini yaxlit holda o'zlashtirishni modellashtirish, tizimga solingan nazorat turlarida o'quvchilarning ishlashi va nihoyat noan'anaviy dars shakllarining vujudga kelishi o'quv jarayonidagi an'anaviy ta'lim o'rniga vujudga kelgan yangi pedagogik texnologiyalar bo'lib, ular yangicha fikrlash tizimidagi ta'limga o'tishni taqozo etadi. Hozirgi davrda o'quv mehnati ham boshqa mehnat turlari kabi o'ziga xos bilim, ko'nikma va malakalarini shaxsda shakllantirishini talab qiladi, buning uchun esa iroda, diqqat, kuzatuvchanlik, fikr yuritish, xayolparastlik kabi shaxsiy sifatlarning tarbiyalanganligi zarur. Biz ta'lim samaradorligini oshiruvchi omillarni to'xtovsiz tahlil qilish, mutaxassislarning uzluksiz malakasini oshirish hamda qo'yiladigan uslublarning nechog'lik mosligiga to'g'ri baho berish tamoyillarni belgilashimiz va ta'limning olinishi zarur bo'lgan natijasini ifodalay olishimizga ko'rsatadigan yo'l hisoblanadi. Mana shu tamoyillarga tayanib ta'lim jarayoni samarali bo'lishini ta'minlaydigan texnologiya yangi pedagogik texnologiya hisoblanadi. ta'limning amalga oshirish jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni kiritish quyidagilarga asoslanadi: ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.2 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.2 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:05 ]
Arxiv ichida: doc