Ilk etnopedagogik fikrlar va xalq pedagogik tafakkuri taraqqiyoti

Ilk etnopedagogik fikrlar va xalq pedagogik tafakkuri taraqqiyoti

O'quvchilarga / Pedagogika
Ilk etnopedagogik fikrlar va xalq pedagogik tafakkuri taraqqiyoti - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Markaziy Osiyoda ilk pedagogik tasavvurlarning bayon etilishi. 2. Qadimgi miflarda bayon etilgan pedagogik fikrlar. 3.qadimgi turkiy etnopedagogika manbalarida komil inson tarbiyaviy sifatlarining talqini. 4. O'zbek xalq pedagogik tafakkurining tarixiy taraqqiyot yo'li. 1. Markaziy Osiyoda ilk pedagogik tasavvurlarning bayon etilishi Xalq pedagogikasi - xalq ma'naviy madaniyatining tarkibiy qismidir. Shunday ekan Markaziy Osiyoda ilk pedagogik tasavvurlarning vujudga kelishi va taraqqiyoti ham mahalliy xalq ma'naviy madaniyatining o'sishi bilan bog'liqdir. Xalq pedagogikasining rivoji esa nazariy pedagogika ilmi taraqqiyoti bilan bevosita bog'liq. Biz ushbu holni Markaziy osiyoda pedagogik fikr taraqqiyoti misolida ko'rishimiz mumkin. Ibn Sino, Beruniy, Jomiy, Xorazmiy, Dehlaviy, Xayyom, Navoiy, Forobiy, Sa'diy, Nosir Xisrav va boshqa mutafakkirlar ilmiy merosi tahlili shuni ko'rsatadiki, ularning pedagogik qarashlari bevosita xalq pedagogikasi manbalari tizimi: maqollar, matallar, ertaklar, afsona va rivoyatlar mantiqiga mos keladi. Ayni paytda ko'plab rivoyatlar va ertaklar mazkur mutafakkirlarning hayoti va faoliyati bilan bevosita bog'liq holda vujudga kelgan. Demak, Markaziy Osiyoda ham xalq pedagogikasining ijodkori, yaratuvchisi xalq ommasidir. Uning paydo bo'lishida mehnat hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Mehnat jarayonida odamlar samaradorlikni g'oyat oshiruvchi g'aroyib mashinalar haqida orzu qilganlar: uchar gilam lar, uchar ot lar, oynai jahon lar, chopqir etik lar, sehrli dasturxon, ur to'qmoq larni orzu qilganlar. Chunki, ibtidoiy ishlab chiqarish usullari, darajasi kishilarni qoniqtirmagan. Ular bir kechada ko'plab mato to'qishni, bir lahzada uzoqlarga borishni orzu qilib, otga minishni, qayiqda suzishni, himoyaga bardoshli qasrlar qurishni, kamon otishni, to'quv dastgohlari, charx yasashni o'rganganlar. Mehnat turli tarmoqlarga bo'lina borib, so'z san'ati xilma - xil xarakter kasb eta borgan. Og'zaki so'z paydo bo'lganida ibtidoiy odam so'zning magik (ilohiy) qudratiga sig'inar va o'z mehnati samarasini unga bog'lar edi. Oqibatda so'z bilan marosim bog'lana borib, so'zda u yoki bu marosim mohiyati ifoda etila boshlandi. Jamiyat taraqqiy etgani sari ommani itoatkorlikka chorlovchi, diniy ruhdagi asarlar paydo bo'la boshladi. Ko'pincha, etnopedagogik asarlarda zulm va yovuz kuchlar ustidan g'alaba qiluvchi, komil shaxs darajasiga ko'tarilgan qahramonlarni tasvirlash kuchaydi. Ularda eng oliy insoniy (tarbiyaviy) sifatlar: ilm egallash, kasb-hunar o'rganishga undaydi. Adolatli jamiyat va odil hukmdorlar orzu qilindi. Vatanparvarlik, ma'naviy va jismoniy komillik, halollik va adolat, insonparvarlik, do'stlik g'oyalari targ'ib etildi. Xalq pedagogikasi asarlarida xalq ideal darajadagi fazilatlar sohibi bo'lib, barcha yaxshi va yomon tarbiyaviy sifatlarni ko'ra biladi. Shuning uchun u eng barkamol, ommani ergashtira oluvchi qahramonlarnigina tan oladi. Shuning uchun ularda ijobiy qahramonlar tipiklashtiriladi. Masalan, Alpomish, Go'ro'g'li, Avaz, Ravshanxon, Nasriddin afandi, Aldar ko'sa va boshqalarda yuksak tarbiyaviy sifatlar mujassamlashgan. Dostonlarda qahramon va uning dushmani, ertaklarda dono dehqon va zolim boy, o'gay ona va jafokash ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.95 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.95 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga